83
roli masalasini qayta ko’rib chiqish muammosini keltirib chiqaradi. Haqiqatan
ham, qo’shma gaplar bog’lovchisiz qo’llana olish
imkoniyatiga ega ekan va
shunday holatda ham murakkab denotativ voqealarni aks ettira olar ekan, unda
bog’lovchi va bog’lovchi vositalarning qo’shma gapdagi o’rni masalasida tayinli
fikrlar bildirish lozimligi ma’lum bo’ladi.
Qadimgi turkiy tilda va eski o’zbek tilining dastlabki taraqqiyotida qo’shma
gaplar, asosan, hech qanday bog’lovchilarsiz o’zaro birikkan (Abdurahmonov
G’., 1974, 12). Bunga sabab u paytlarda hali bog’lovchilar juda kam bo’lgan. Bu
haqda G’.Abdurahmonov shunday yozadi: «Hali teng va tobe bog’lovchilar
bo’lmagan yoki juda kam bo’lgan davrlarga oid bo’lgan o’rxun yozuvlari va XI
asr yodnomalarida murakkab fikr sodda gaplarni yonma-yon keltirish hamda
ma’lum intonatsiya va boshqa vositalar orqali ifodalangan» (Abdurahmonov G’.,
1974, 12). Bog’lovchisiz qo’shma gaplarning ba’zilari hozirgi zamon bog’langan
qo’shma
gaplari uchun, ba’zilari hozirgi zamon ergash gapli qo’shma gaplari
uchun asos bo’ladi, ayrimlari esa, ma’lum o’zgarishlar bilan hozir ham qo’llanadi
(Abdurahmonov G’., 1974, 12).
Demak, ilk davrlarda bog’lovchilar qo’llanilmagan ekan, shakliy vositalarsiz
ham sodda gaplar o’zaro bog’langan ekan, keyingi davrlarda ularning qo’shma
gap tarkibida kelishi shakliy ravonlikni, turli
modallikni ifodalash uchun,
deyishga asos bor. G’.Abdurahmonov to’g’ri ta’kidlaganidek, bog’lovchisiz
qo’shma gaplarni tashkil etgan qismlar orasidagi semantik munosabatlar quyidagi
yo’llar bilan ifodalangan:
1.
Turli intonatsiya; pauza;
2.
Gap bo’laklari va gaplarning o’rinlashishi;
3.
Ayrim gap bo’laklari (asosan, olmosh va fe’l bilan ifodalanuvchi) ning
semantikasi;
4.
Ayrim gap bo’laklarining takrori. Bunda olmoshlarning roli kattadir
(takrorlangan bo’lak gaplarni semantik jihatdan bog’laydi);
5.
Qo’shma gap qismlari orasidagi semantik munosabatni konkretlashtirish
uchun ayrim leksik elementlar (
Dostları ilə paylaş: