Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Uzoq Sharq Respublikasining Vashingtondagi delegatsiyasi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
Uzoq Sharq Respublikasining Vashingtondagi delegatsiyasi.
Uzoq 
Sharq 
delegatsiyasining 
Vashington 
konferensiyasiga 
kelishi 
davlatlarni 
kutilmagan vaziyatga olib keldi. Delegatsiyaga norasmiy ravishda NKVD vakili 
Yazikov boshchilik qildi. 
Delegatsiya kelishi bilanoq memorandum chop ettirdi. Memorandumda 
delegatsiya Amerika bilan diplomatik aloqalar o’rnatishni va yapon interventlarini 
qurolli kuchlarini evakuvatsiya qilish maqsadida Vashington konferensiyasida 


159 
ishtirok etishni xohlayotganini yozadi. AQSh UShR Yaponiyaga qarshi qo’llashga 
qarshi emasdi. Ammo, shu bilan birgalikda AQSh UShR boshqalar bilan 
tenglashtirgisi kelmasdi. 22- dekabr kuni Yuz UShR delegatsiyasini qabul qildi. 
Delegatsiya konferensiyada ishtirok etishni talab qildi. Yuz ularga “Sibir 
masalasi”da yordam berishga va’da berdi, biroq, konferensiyada ishtirok etishiga 
qarshilik qildi. Ayniqsa, delegatsiyani ishtirokiga yapon va fransuzlar qarshilik 
qildi. Yaponlar Vladivostokda oq gvardiyachilardan guruh tuzib, ularni 
konferensiyaga UShR delegatsiyasiga qarshi yubordi. 
Yaponiyani bu manyovrga javoban UShR delegatsiyasi 1922- yil yanvarda 
bir qancha oshkor etuvchi muhim hujjatlarni chop etdi. Bu materiallar ichida 
Yaponiya va Fransiya o’rtasida UShRda Yaponiyaga butkul qaram davlat tuzish 
to’g’risidagi kelishuv bor edi. Yana unda Yaponiyaning 1921- yil 2- sentyabrdagi 
Fransiya bilan yashirin kelishuvini tasdiqlovchi notasi bor edi. Shuningdek, 1921-
yil 12- martdagi Fransiya, Yaponiya va oq gvardiyachilar o’rtasidagi kelishuv ham 
chop etildi. Bu kelishuvda Yaponiya va Fransiya hukumati Vrangelning armiyasini 
UShRga tashlashi va ularga UShR hukumatini chetlashtirishga yordam berishi 
aytilgandi. Yaponiya kompensatsiya sifatida Uzoq Sharqda butkul hukmronlikni 
qo’lga kiritishi kerak edi. 
UShR delegatsiyasini bunday oshkora sensatsiyaga olib keldi. AQSH katta-
katta gazetalari bu hujjatlarni qayta-qayta chop eta boshladi. Amerikada bu 
faktlarni tekshirishni talab qilishdi. Fransiya va Yaponiya bu dokumentlar sohta 
ekanini ta’kidlashardi. Biroq, senator Bor bu hujjatlar haqiqiy ekanini ta’kidladi. 
23- yanvar kuni “Sibir muammosi” konferensiyaning Uzoq Sharq 
komissiya yig’ilishiga taqdim etildi. Birinchi bo’lib Yapon delegati Sidehara 
chiqish qildi. Sidehara dayren kelishuvlari Yaponiyani Uzoq Sharqda hech qanday 
ustunlikka harakat qilishi kerak emasligini ta’kidladi. Shu qatori komissiya qo’lida 
Yaponiyaning UShRga qaratilgan 17 ta talabi bor edi. Sidehara o’z chiqishida 
Yaponiya Rossiyani chegara daxlsizligiga hurmat bilan qarashini aytib o’tdi. U 
yana Yaponiya Rossiya hududidan o’z askarlarini olib chiqishga va’da berdi. 
Biroq, yapon delegati buni qancha vaqt davomida qilishini aytmadi. 


160 
Shu kuniyoq UShR delegati javob deklaratsiyasini chop ettirdi. Delegatsiya 
Yaponiya 1921- yilning o’zidayoq shunday va’da bergani va ularni birontasini ham 
bajarmaganini aytdi. 
24- yanvarda Uzoq Sharq komissiyasida Yuz chiqish qildi. AQSh 1921- yil 
31- mayda o’zining notasini e’lon qildi. Yuz ta’kidladiki, AQSh hozir ham 
Yaponiyani qo’llab-quvvatlaydi. Fransuz delegatining chiqishidan so’ng komissiya 
protokolga Yaponiya va AQSh deklaratsiyasini kiritishni hamda uni konferensiya 
plenumida ovoza qilishga qaror qildi. “Sibir muammosi” shu bilan tugadi. Biroq, 
UShR delegatsiyasi o’zining hujjatlari bilan imperialistik davlatlarni rejalarini 
oshkor etdi. Bu davlatlar o’rtasida kelishmovchiliklarga olib keldi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin