Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
Nazorat uchun savollar: 
1. Vashington konferensiyasiga muvofiq “To’rtlar shartnomasi”ni tuzgan 
davlatlar va ularning maqsadlari nimadan iborat edi? 
2. Versal shartnomasiga muvofiq Millatlar Ligasini tuzish bo’yicha 
Fransiya, Angliya va AQSh proektlarining bir-biridan farqi nimada? 
3. Birinchi jahon urushi yakuniga ko’ra, Germaniyaga nima uchun 
ko’ngillilardan iborat 100 ming qo’shin saqlash huquqi berildi? 
4. Birinchi jahon urushi yakuniga ko’ra, Avstriya-Vengriyaga qanday 
choralar ko’rildi? 


166 
5. Vashington konferensiyasiga ko’ra, Yaponiya qaysi hududlarni Xitoyga 
berishga majbur bo’ladi? 
6. “To’qqiz davlat shartnomasi”ning maqsadi haqida so’zlab bering! 
ENG YANGI
DAVRDA XALQARO MUNOSABATLAR VA 
DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. Ikkinchi Jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar. 
2. Ikkinchi jahon urushiga SSSRning tortilishi. 
3. Tub burilishning amalga oshirilishi va Stalingrad va Kursk janglarining 
tarixiy ahamiyati. 
4. Tub burilishdan so’ng fashizmga qarshi koalitsiya davlatlarining 
hamkorligi.
5. Shimoliy Afrikadagi harbiy harakatlar. 
6. Italiyaning kapitulyasiyasi va fashistik blokning inqirozi. 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
A. Gitler. B. Mussolini. Myunxen bitimi. 
“Vays” rejasi. I. V. Stalinning qatag’onchilik siyosati. 10 yillik shartnoma. 
Pol’shaning bo’lib olinishi. Fin urushi. “Uchlar ittifoqi”. Ikkinchi jahon urushining 
boshlanishi. Fransiyaning bosib olinishi. SSSRga hujum. Barbarossa rejasi.
 
Moskva uchun jang. Stalingrad qamali.
 
Tub burilish. Tehron konferensiyasi. 
Ikkinchi front.
 
Ikkinchi jahon urushi arafasida xalqaro munosabatlar. 
1933- yilda 
Germaniyada Gitlerchilar hokimiyat tepasiga kelishi bilanoq dunyoni bo’lib olish 
uchun urushga tayyorlana boshladi. Shuni aytish kerakki, dastlabki mo’ljallarga 
ko’ra, gitlerchilar “hayotiy kenglik”ni ta’minlash bo’yicha harbiy harakatlarga 
1942–1945- yillarda kirishishni mo’ljallagan edilar. Biroq, vujudga kelgan vaziyat 
bu harakatlarning boshlanishini tezlashtirdi. Birinchidan, Germaniyaning 
harbiylashuvi, uning qurolli kuchlarining tezlik bilan o’sishi gitlerchilar uchun 


167 
ichki qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Mamlakatga aholining noroziligi tug’dirishi 
mumkin bo’lgan moliyaviy-iqtisodiy tanglik xavf solar edi. Gitlerchilar paydo 
bo’lgan qiyinchiliklarni bartaraf etishning eng oddiy va tez usuli boshqa 
mamlakatlarning boyliklarini bosib olish hisobiga iqtisodiy bazani kengaytsrishda 
deb bildilar. Buning uchun esa urushni boshlash kerak edi. Ikkinchidan, ingliz-
fransuz-amerika lageri hukmron doiralarining beparvolik bilan yo’l qo’yib berishi 
Germaniya va boshqa fashistik-militaristik davlatlarni agressiv harakatlarni 
tezlikda boshlab yuborishga undar edi. Natsistlar Germaniyasi qo’shinlarining 
1936- yil martda Reyn zonasiga bostirib kirishi jazosiz qoldi. 1936- yil yozda 
Italiya-Germaniya Ispaniya ichki ishlariga aralashib, uning hududlariga kira 
boshlangan paytda G’arb davlatlari o’zlarining “aralashmasliklarini” ma’lum 
qildilar va bu bilan agressorlarga yo’l qo’yib berdilar. 1937- yilning iyulida 
Yaponiyaning Xitoyga hujum qilishi ham G’arb davlatlarining qarshiligiga 
uchramadi. 
G’arb davlatlari hukmron doiralarining fashist agressorlarga nisbatan 
yumshoqligi 1938- yil 29–30- sentyabrda Myunxen bitimi bilan yaqqol namoyon 
bo’ldi. Bu bitim Buyuk Britaniya bosh vaziri N. Chemberlen, Fransiya bosh vaziri 
E. Dalade, Germaniyaning fashist diktatori A. Gitler va Italiyaning fashist diktatori 
B. Mussolini tomonidan imzolangan. Sudet viloyatini Chexoslovakiyadan ajratib 
olib Germaniyaga berishni, shuningdek, Vengriya va Pol’sha hukumatlarining 
Chexoslovakiyaga nisbatan bo’lgan hududiy da’volarini qondirishni nazarda 
tutgan. Bu bitim ikkinchi jahon urushining ochilishiga imkoniyat yaratdi. Natijada 
Angliya Chexoslovakiyani qurbon qilib, Germaniyani ataylab SSSRga qarshi 
qo’ydi. Bu masalada Fransiya uni qo’llab-quvvatladi. Myunxen bitimi o’z o’rnida 
xalqaro huquqlarning oyoqosti qilinishini bildirardi. Kuch ishlatish tahdidi yo’li 
bilan birorta ham o’q otilmasdan, Chexoslovakiya taqdiri uning ishtirokisiz hal 
etilgan edi. Mamlakat aholisining chorak qismi yashaydigan o’z hududining 
beshdan bir qismidan mahrum bo’ldi, qudratli chegara mudofaasi qurilmalari, og’ir 
sanoatning yarmi qo’ldan ketdi.


168 
Yevropada kuchlar nisbatining keskin o’zgarishi qit’ada natsistlar 
hukmronligi o’rnatilishi uchun aniq shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi. Gitler 
avvalroq urush boshlash imkoniyatiga ega bo’ldi. Urush muddati 1939-yilga surib 
qo’yildi. 
Millatlar Ligasi o’z obro’sini yo’qotdi, agressorga ko’pchilik bo’lib zarba 
berish g’oyasiga putur yetdi. Butun dunyo oldida Angliya va Fransiyaning 
Yevropa xavfsizligini ta’minlash borasida qobiliyatsiz ekanligi ayon bo’lib qoldi. 
Germaniya o’z bosqinchilik siyosatini ushbu mamlakatlar boshliqlari qo’llab-
quvvatlashiga muhtoj bo’lmay endilikda bejazo harakat qilish mumkin edi. 
Myunxen bitimi natijasida SSSR xalqaro miqyosida yakkalanib qoldi. Gitler 
va Chemberlen o’zaro hujum qilmaslik haqida nemis-ingliz deklaratsiyasiga imzo 
chekdilar. Bu bilan Germaniyaga Sharqiy Yevropada bemalol harakat qilish 
erkinligi berildi. Xuddi shunday deklaratsiya 1938- yilning dekabrda Germaniya va 
Fransiya o’rtasida imzolandi, bu esa Sovet Ittifoqi bilan o’zaro hamkorlik haqidagi 
shartnomaning ahamiyatini yo’qotdi. Myunxen bitimining AQSh tomonidan 
qo’llab-quvvatlanishi va uning Yaponiya tomonidan ma’qullanishini hisobga 
oladigan bo’lsak, kelgusida SSSR ga qarshi antisovet koalitsiyasi tuzilishi 
mumkinligi yaqqol ko’rinib qoldi. 
Ingliz va fransuz siyosatchilari Myunxen bitimi SSSRga qarshi Sharqda 
natsistlar bosqiniga yo’l ochganini yashirib o’tirishmasdi. Biroq voqealar rivoji 
Germaniya va SSSR to’qnashuvi yaqin orada ro’y berishi xususidagi homcho’tlar 
noto’g’riligini ko’rsatdi. Gitlerchilar va ularning ittifoqchilari birinchi navbatda 
birmuncha kuchsizroq raqiblarga zarba berishga qaror qilishdi. 
1939- yil 15- martda Chexoslavakiyaning mustaqil davlat sifatida mavjudligi 
barham topdi. 1939- yilnng martda natsistlar Litvaga qarashli Klaypeda (Memel) 
port shahrini bosib oldilar. 1938- yilning kuzidayoq Germaniya Pol’shadan Gdansk 
(Dansig)ni “reyx”ga qo’shishni va “Antikomintern pakti”da ishtirok etishni talab 
qilgan, ammo rad javobini olgan edi. 
1939- yil bahorda Berlin qaytadan Varshavaga talabgor bo’lib chiqdi. 
Pol’shaning Germaniya bilan SSSR ga qarshi qaratilgan ittifoqqa kirmasligini 


169 
bilgan Gitler 1939- yil aprelda Pol’sha davlatini yo’q qilish rejasini ma’qulladi. 
“Vays” deb nom olgan plan ishlab chiqildi. U “kutilmagan kuchli zarbalar” 
berishni va “tezlikda muvaffaqiyatga” erishishni ko’zda tutar edi. Germaniya 
qurolli kuchlari oliy bosh qo’mondonligi shtabi boshligi V. Keytelshshg 1939- yil 
3- apreldagi buyrug’i bilan “Vays” planini amalga oshirish 1939- yil 1- 
sentyabrdan boshlab “istalgan paytda” boshlanishi kerak edi. Germaniyaning 
siyosiy rahbariyati “imkoni boricha Pol’shani yakkalab qo’yishga”, Angliya, 
Fransiya va Sovet Ittifoqining Pol’sha ishlariga aralashishiga yo’l qo’ymaslikka 
intildi.
Hujum qilmaslik haqida Pol’sha-Germaniya deklaratsiyasini gitlerchilar 
bekor qilishdi. Germaniya Angliya bilan tuzgan dengiz bitimiga bir tomonlama 
tartibda rioya etmasligini bildirdi. Aprel oyida italyan fashistlari Albaniyani bosib 
oldilar.
Urushning boshlanishi arafasida antifashistlar kurashiga I. V. Stalinning 
qatag’onlik siyosati katta zarar yetkazdi. Sovet ittifoqidagi qatag’on to’lqinlari 
G’arbdagi keng jamoatchilikka salbiy ta’sir ko’rsatdi. SSSR ning siyosatiga 
ishonchsizlikni keltirib chiqardi, kommunistlar bilan sotsialistlar o’rtasidagi 
hamkorlikda jiddiy to’sqinliklar paydo bo’ldi. 
Yevropada yuzaga kelgan yangi holatda G’arb davlatlari Myunxen kursini 
amalga oshirish borasidagi o’z taktikalarini o’zgarishlariga to’g’ri keldi. Ulkan 
miqyosdagi harbiy to’qnashuvlarga qarshi bo’lga holda, Angliya va Fransiya o’z 
mamlakatlari mudofaasini mustahkamligi yuzasidan bir qator tadbirlarni amalga 
oshirildilar. Parlamentlar yirik harbiy harakatlar uchun pul ta’minotlarini tasdiqdan 
o’tkazishdi. 
Angliyada umumiy harbiy majburiy xizmat joriy etildi. Kichik mamlakatlar, 
shu jumladan Pol’sha va Ruminiya agressiya bo’lgudek bo’lsa ingliz – fransuz 
ittifoqi tomonidan himoya etilishi kafolatini oldilar. Biroq, G’arb davlatlari bu 
mamlakatlar himoyasi bilan shug’ullanishni istamas edi. Ular faqatgina 
Germaniyani yangi agressiyalarda ushlab qolish uchun tazyiq o’tkazishni 
o’ylashar, buning bilan esa, “Ikkinchi Myunxen”ga yo’l ochib berishardi. Ammo 


170 
Angliya va Fransiyaning uzoqni ko’ra biluvchi siyosat arboblari agressiyaga qarshi 
SSSR bilan hamkorlik qilishni astoydil yoqlashardi. 
1939- yil 17- aprelda sovet hukumati G’arb davlatlariga harbiy konvensiya 
va majburiyatlarda tenglikka asoslangan o’zaro yordam to’g’risidagi uch 
tomonlama shartnoma tuzishni taklif etdi. Bunda Boltiq va Qora dengiz oralig’ida 
joylashgan davlatlarga agressiya bo’lgan taqdirda ularga yordam ko’rstaish ham 
ko’zda tutilgandi. Lekin, Angliya bunday yordam ko’rsatish haqidagi shartnomani 
tuzishga shoshilmas, Pol’sha va Ruminiya borasidagi bir tomonlama majburiyatlar 
bilan SSSRni chalg’itishga urindi. Faqatgina Gitler va Mussolini 22- mayda 
Germaniya bilan Italiya o’rtasida harbiy ittifoq, ya’ni “Po’lat shartnoma”si 
imzolangach, Moskvada uch tomonlama muzokaralar boshlandi. Angliya 
hukumatga qarshi muxolifatda bo’lgan siyosiy kuchlar tazyiqi, qolaversa 
Fransiyaning qistovi va Germaniya tomonidan xavf-xatarning o’sib borayotganligi 
oqibatda ushbu muzokaralarga rozilik bildirdi. 
Muzokaralar g’oyat sekinlik bilan oldinga siljidi. Angliya va Fransiya 
so’zdagi o’zaro hamkorlik prinsiplarini qabul qilib, amalda bu majburiyatlarning 
hammaga to’la taalluqli ekanligiga rioya qilishni istamas edi. Iyul oyining 
oxirlariga borib shartnoma matni asosan ishlab chiqilgan bo’lsada, ingliz hukumati 
o’z diplomatlariga Moskvada shartnomaga erishishni chippakka chiqarish haqida 
ko’rsatma berdi. Tor xudbinlik tasavvurlari va Stalin siyosatiga ishonchsizlikdan 
kelib chiqib, Angliya Germaniyaga sharqqa agressiyasini davom ettirish 
imkoniyatini yaratish, uch tomonlama muzokaralar bilan esa Germaniyaga tazyiq 
o’tkazish, shu bilan birga sovet-german yaqinlashuviga to’sqinlik qilishni afzal 
bo’lardi. 
Shu bilan birga, Angliya 1939- yil mayda bozor munosabatlarida hamkorlik 
qilish va qayta bo’lib olish borasida maxfiy muzokaralar olib bordi. London 
gitlerchilariga Berlin bilan munosabatlarni yaxshilash va nemislarning G’arbga 
intilishdan qaytishi evaziga yirik chekinishlarga ham roziligini shama qildi. 
Germaniya Pol’shaga hujum qilish uchun tinimsiz tayyorgarlik ko’rdi. U Angliyani 
bartaraf qilishni istar va ingliz siyosatdonlari ongida hademay kelishuvga 


171 
erishilishi mumkinligi haqidagi xira manzalarlarni chizar, shu bilan birga ingliz va 
fransuz ittifoqchilarni SSSR bilan muzokaralrni uzishga undardi. Ayni paytda 
Berlin istagan paytida Sharqqa qo’l uzatish erkinligi sharti bilan keng ko’lamli 
german-ingliz bitimini tuzish uchun “eshik”ni katta ochib qo’ygan edi. 
G’arb mamlakatlari iyul oyining oxirida G’arbiy masalalar bo’yicha 
muzokaralarni boshlash haqidagi sovet takliflarini qabul qilishdi, ammo bu borada 
tezkorlik ko’rsatishmadi. Ikkinchi darajada mavqega ega bo’lgan harbiy 
boshliqlardan iborat bo’lgan ularning missiyasi sekin suzadigan kemaga o’tirib 
Moskva tomon yo’lga chiqdi va 11- avgustda manzilga yetib oldi. Delegatsiya 
muzokaralari imkoni boricha uzoqroq muddatga cho’zish vazifasi yuklatildi. 
Angliya missiyasi ushbu delegatsiyani safa oxirida ko’rish kafolatiga muyassar 
bo’ldi. Har ikkala delagatsiya ham harbiy konvensiyasini imzolash huquqiga ega 
emasdi. 
Angliya va Fransiya bilan Sovet Ittifoqi hamkorlikka erishish maqsadida 
SSSR tomonidan agressiyani bartaraf etish uchun qo’yiladigan kuch va 
qo’shinlarning aniq harakat yo’nalishlari xususiyatdagi harbiy harakatlarning uch 
varinatdan iborat takliflarni ilgari surdi. Ingliz va fransuz missiyalari aniq 
masalalarni muhokama etishdan cheklanib, muzokaralarni boshi berk ko’chaga 
olib kirishdi. Pol’sha hukumati Germaniya agressiyasini daf etishda o’z hududiy 
chegaralaridan sovet qo’shinlarini o’tkazib yuborish taklifini rad etdi. Angliya va 
Fransiya Varashavaga zarur ta’sirlarni o’tkaza olmadilar, bu bilan Moskva 
muzokaralarining qimmati yo’qqa chiqarildi. 
1939- yil avgustda uchala mamlakat G’arbiy ittifoqi tuzilganida edi, 
Germaniyaning Pol’shaga bosqiniga Yevropaning urush maydoniga aylanishiga 
aniq to’siq qo’yilishi imkoni yaratilgan bo’lardi. Biroq bu voqea sodir bo’lmadi. 
G’arb mamlakatlarining Germaniya bilan qarama-qarshiliklarini boshqa davlatlar 
hisobiga, ayniqsa SSSR hisobiga hal etishga bo’lgan sa’yi harakatlari yanada 
yuksaldi. Angliya va Fransiyaning konservativ doiralari G’arbda so’l kuchlarning 
o’sishiga umid bog’lashardi. Ular SSSR ning tashqi siyosatiga shubha bilan 
qarashar, boshqa mamlakatlarda sodir bo’layotgan inqilobiy harakatlarda uning 


172 
qo’lib or deb o’ylashardi. Stalin qatag’onlari oqibatida qizil armiya oliy 
rahbariyatining jazoga tortilishi natijasida jangovar tayyorgarlikning pasayishi ham 
ko’pchilik davlatlarning diqqat e’tiborida edi. Natijada jahon va Yevropa 
siyosatida Rossiyaga ikkinchi darajali mavqe bilan qarashlar tasdiq topa boshladi. 
Albatta, Myunxen bitimidan so’ng I. Stalinning G’arb davlatlari siyosatiga 
ishonchsizligi ortdi, Moskva muzokaralarida esa ular ko’rsatgan xulq-atvor hech 
qanday yaxshilikdan darak bermadi. Ayni paytda sovet rahbariyati tomonidan 
muammolarni yechishda zarur qat’iylik chidam va mahorat ko’rsatilmadi, Yevropa 
mamlakatlar bilan bitimlar buzish, antifashist kuchlarni jipsligiga tahdid 
solayotgan xavf-xatarning kuchayib ketishiga putur yetkaza olmadi. Barcha 
tomonlarning o’zaro hamkorligini ta’minlovchi imkoniyatlardan foydalanilmadi. 
Germaniya va uning ittifoqichilari o’z harbiy qudratlarini oshirar edi. Nemis 
qo’shinlari I. V. Stalinga ishonmaydigan va mamlakat mustaqilligini himoya 
etishda SSSRga tayanishga istamayotgan hukumat boshqarayotgan Pol’shaga 
hujum qilishga tayyor edi. Moskva Angliya SSSRni Germaniya bilan urushga 
tortib, o’zi bir chapda tomoshabin bo’lib qoladi, deya o’yladi. Fransiya o’z 
mustaqilligini sezilarli darajada yo’qotib, Angliya siyosati pog’onasiga o’ynardi. 
AQSh Angliya - Fransiya nuqtai nazorini tushunardi. 
Sovet hukumati harbiy tahdid o’sib borayotgan favqulodda holatlar tazyiqi 
bilan Moskvaga yo’l topishning qiyin sharoitida hujum qilmaslik to’g’risidagi 
Germaniya taklifini qabul qildi. Berlin uch tomonlama ahdnomalar borligi 
sharoitidagi 
mushkulliklarni 
yaxshi 
bilar 
va 
shunga 
ko’ra 
SSSRni 
“beteraflashtirish” fikriga zo’r berardi, u ham G’arbda, ham Sharqda birdaniga 
urush olib borishdan o’zini olib qochardi.
1939- yil bahorda Germaniya elchixonalar yo’li bilan german-sovet 
munosabatlarini yaxshilash mumkinligini bildirdi. Ammo sovet tomoni Angliya va 
Fransiya bilan ahdnomaga erishishga intilib, Germaniya bilan bevosita 
yaqinlashishdan o’zini tiydi. Keyinchalik esa, uch tomonlama muzokaralar 
inqirozga yuz tutgach, nemislar taklifini muhokama qilish boshlandi, oxir oqibatda 
sovet tomoni Germaniya tashqi ishlari vaziri Ribbentropning Moskvaga kelishiga 


173 
rozi bo’ldi. 23-avgust ertalab Robbentrop Moskvaga uchib keladi. U bilan I. V. 
Stanlin va V. M. Molotov o’rtasida muzokaralar olib boriladi. 1939- yil 23-
avgustda hujum qilmaslik haqidagi 10 yillik shartnoma imzolandi. Bu 
shartnomaning maxfiy qo’shimcha ahdnomasiga muvofiq, Germaniya va SSSR 
Sharqiy Yevropada o’zlarining ta’sir doiralarini bo’lib oldilar. Har ikki mamlakat 
manfaatlari, avvalo, Pol’sha davlati bilan bog’liq edi. Sovet tomoni G’arbiy 
Ukraina, G’arbiy Belorussiya va Bessarabiya (1921- yilda boy berilgan) 
hududlarini qaytarib olmoqchi edi. Shuningdek, Germaniya Boltiqbo’yi 
mamlakatlariga da’vo qilishdan ham voz kechdi. 
Germaniya bilan SSSR shartnomaga muvofik, Pol’shaga bir vaqtda qo’shin 
kiritishlari kerak edi. SSSR bu majburiyatni bajarmadi. 1939- yil 1- sentyabrda 
Germaniyaning bir o’zi Pol’shaga bostirib kirdi va Ikkinchi jahon urushini boshlab 
berdi. 3- sentyabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. 
SSSR 1939- yil 17- sentyabrda Pol’sha hududiga qo’shin kiritdi. Ko’p o’tmay 
Brestda nemis qo’mondoni T.Guderian va sovet generali S. M. Krivosheiy 
qo’mondonligida Pol’shaning bo’lib olinishi munosabati bilan qo’shma sovet – 
german paradi o’tkazildi. 
Biroq ayni paytda Molotov va Ribbentrop imzolagan “qo’shimcha maxfiy 
protokol har ikkala tomonning Boltiq dengizidan to Qora dengizga bo’lgan 
hududda qiziqish doirasi”ni aniqlab bergan bo’lib, bu jamoatchilikdan sir tutildi. 
Ushbu protokol loyihasi Germaniya tarafidan taqdim etilgan bo’lib, unda SSSR 
uchun muhim ahamiyatga ega, ammo bir tomonlama mujburiyatlar – 
Germaniyaining sharqqa yurishining chegaralari qayd etilgandi. Protakolda 
Germaniyaning Latviya, Estoniya va Finlyadiyaga (1939-yil sentyabr oxirida 
bunga Litva hal kiritildi) hujum qilmaslik majburiyati ko’rstailgan bo’lib, bu sovet 
rahbariyatining SSSR xavfsizligini ta’minlashdagi muhim tadbiri sifatida 
belgilangandi. German qo’shinlarining harakatlanishi Pissa, Narev, Visla va Sop 
daryolari chiziqlari bilan chegaralanar, Pol’sha davlati ixtiyoridagi Ukrain va 
Belorus aholisi yashaydigan viloyatlarning keyingi taqdiri SSSR ning rroziligisiz 


174 
hal etilmasligi lozim edi. Germaniya SSSR ning 1918-yilda Ruminiya tarkibida 
kirgan Bessarabiyaga bo’lgan qiziqishini tan olgan edi. 
Ikkinchi jahon urushi bahonasida SSSR o’z hududlarini kengaytirish va 
chegaralarini mustahkamlashga kirishdi. 1939- yil 30- noyabr – 1940- yil martda 
SSSR bilan Finlyandiya o’rtasida harbiy to’qnashuv bo’ldi. Bundan SSSR 
manfaatdor edi. O’zaro urush natijasida SSSR Finlyandiyaning bir qator 
hududlarini (Leningradga chegaradosh yerlar) tortib olib, shimoliy-G’arbiy 
chegaralarini mustahkamlab oldi. 1940- yil yozda SSSRning rasmiy talabi bilan 
Ruminiya Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani sovetlarga berishga majbur bo’ldi. 
1940- yil iyunda Estoniya, Latviya va Litva sovet qo’shinlari tomonidan bosib 
olinib, SSSRga kiritildi. 
1940- yil aprel-mayda nemis-fashist qo’shinlari Daniya va Norvegiyani 
istilo qildi, 1940- yil 14- mayda Niderlandiya, 28- mayda Belgiya taslim bo’ldi. 
Shundan so’ng fashist qo’shinlari Lyuksemburg va Gollandiyani bosib olib, ular 
hududi orqali Fransiyaga (22-iyunda taslim bo’ldi) bostirib kirdi. 
Sovet hukumati fashistlar Germaniyasini Yevropaning navbatdagi poytaxtini 
bosib olishi munosabati bilan tabriklab bordi. Internatsionalning direktivalarida 
fashizmga qarshi targ’ibotni to’xtatish haqidagi talablar paydo bo’ldi. 1940-yil 27- 
sentyabrda Germaniya, Italiya va Yaponiya davlatlari Berlinda “uchlar ittifoqini 
tuzish” haqidagi shartnomaga imzo chekishdi. 1940-yil 28- oktyabrda fashistlar 
Italiyasi Gretsiyaga bostirib kirdi. 1940-yil 20–24 noyabrda Vengriya, Ruminiya 
va Slovakiya “uchlar ittifoqi”ga qo’shildi. 1941-yil martda esa Bolgariyaning 
monarxiya-fashistik hukumati ham bu ittifoq safiga ko’shilishga rozilik bildirdi. 
1940-yil 18-dekabrda Gitler SSSRga qarshi urush haqidagi 21-sonli 
direktivasi “Barbarossa” rejasiga imzo chekdi. Fashistlar Germaniyasi SSSRga 
qarshi urush boshlashdan oldin 1941-yil 6–17-aprelda Yugoslaviyani bosib oldi. 
Shu yilning 13-aprelda SSSR Yaponiya bilan betaraflik haqida kelishib oldi. 1941-
yil 20-may – 1-iyunda fashistlar Germaniyasi Krit orolini egalladi. 18-iyunda esa 
hujum qilmaslik va hamkorlik haqida Germaniya-Turkiya shartnomasi imzolandi. 


175 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin