Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Kursk jangi
. Stalingrad jangining bunday g’alabasigi erishishiga 1943-
yilning yozidagi Kursk ostonalaridagi janglar asosiy turtki bo’lib xizmat qildi. 
Germaniya ommaviy safabarlik e’lon qilib, erkaklarning 16 yoshdan – 65 
yoshgacha, ayollarni esa 17 yoshdan – 45 yoshgachasi urush va harbiy ishlab 
chiqarishga chaqiriladi. Ommaviy ravishda kichik ustaxonalar, mehmonxonalar, 
restoranlar yopilib, undagi ishlayotgan ishchi va xizmatchilar bevosita harbiy 
zavodlarga jo’natib yuboriladi. Nemislar ishchi kuchi yetishmovchiligini chet 
ellardan ishchilarni Germaniyaga olib kelishib to’ldirardilar. Bulardan tashqari 
yana nemis-fashistlari bosib olingan davlatlar aholisidan tashkil topgan asirlar va 
konsentratsion lagerlar mahbuslarini juda og’ir mehnat sharoitlarida ishlatishar edi.
1943-yilning 
yozlarga 
borib 
Germaniya 
harbiy 
kuchlarini 
biroz 
ko’paytirishga va harbiy texnikasi sonini ham oshirishga erishadi. Tank, samolyot 
va boshqa qurollar ishlab chiqarish 1942- yildagiga nisbatan 70% ga ortadi. “Tigr” 
va “Pantera” nomli harbiy tanklar va yangi samolyotlar ishlab chiqarila boshlandi. 
Harbiy texnika sonini ko’paytirib “Sitadel” rejasi asosida urushda ustunlikni qo’lga 


182 
olishni ko’zlagan edilar. Sovetlarning yirik harbiy gruppirovkasi joylashgan Kursk 
rayonida yangidan hujum qilishini oldini olgan holda, nemis-fashist qo’mondonligi 
shartli ravishda “Sitadel” deb nomlangan operatsiyasini amalga oshirishga 
kirishadi. Ushbu operatsiyaga asosan Kursk yo’nalishidagi Oryol va Belgorod 
rayonlaridan turib, Kursk yoyidagi (Kurskaya duga) joylashgan sovet qo’shinlariga 
qarama-qarshi chiqib yo’q qilishga qasd qiladilar. Gitler soldatlarga qilgan 
murojaatida shunday deydi: Kursk ostonasidagi “Ushbu ulug’ hujumkor jang – olib 
borilayotgan butun urush davomida hal qiluvchi (tub burilish) ta’sir ko’rsatadi”. 
“Ommaviy safarbarlik” va Yevropada ikkinchi frontning hali ochilmganligi 
Germaniga yirik kuchlarini to’plash uchun yaxshi imkoniyat yaratib bergan edi. 
Kursk yoidagi janglar uchun 50 ta diviziya, shundan 16 tasi tank diviziyasi 
mo’ljallangan edi. Ushub yo’nalishda jang qilish uchun sovet – german frontida 
ishlatilgan barcha tanklarning 70 %, samolyotlarning 65% mo’ljallangan edi. 
Shunday haraktalariga qaramasdan gitlerchilar Sovet Armiyasidan umumiy 
ustunlikka erisha olmaydi. Sovet Harbiy kuchlari dushman harbiy kuchlaridan - 
shaxsiy tarkib bo’yicha – 1,2 baravar, qurol-aslaha, tank va samolyotlar soni 
bo’yicha ikki baravarga ortiq edi. Juda g’aroyib manzara vujudga keladi, 
mudofaalanuvchi tomon hujum qilayotgan dushman tomonidan har jabxada 
ustunlikka ega edi. 
Kursk yoyidagi Sovet qo’mondonligi dushman rejalarini bilib qoladi, va 
uning hujumini o’zining avvaldan tayyorlangan mudofaa kuchlari bilan kutib olib, 
hamda yangi kuchlarni ishga solib qarshi hujumga utish va dushmanni 
batamomom yakson qilishdan rejalashtiradi. Mudofaa bu rayonda 250-300 
kilometrga ichkarigacha cho’zilgan bo’lib, juda ham mustahkam mudofaa tizimi 
tashkil qilinadi. Yaqinroqda joylashgan front ortidagi sovet qo’shinlari zaxiradagi 
Stepnoy fronti kuchlarini kengaytirishni avj oldirib yuboradi. Sovet razvedkasi 
dushmanning hujum boshlash muddati va yo’nalishlarini oldindan belgilab bo’lgan 
edi. Bir vaqtning o’zida 100 mingga yaqin partizanlar sovet qo’mondonligining 
buyrug’iga binoan, “Rels urushi”ni boshlab yuborib, bosqinchilar fronti ortida 
uzunligi 1000 km.dan ko’proq temir yo’llar, ko’priklarni portlatib yuborib 


183 
dushmanga misli ko’rilmgan talafot yetkazadilar. 1943-yilning 5-iyulidagi nemis-
fashistlarining bosqinchilik hujumi barbod bo’ladi. Proxorovka qishlog’i 
ostonasidagi tank jangi ikkinchi jahon urushidagi janglarning eng yirik shafqatsizi 
deb e’tirof qilinadi. Bu jangda ikkala tomondan 1200 tank va o’zi yurar qurollar 
(to’p, zambarak, artilleriya qurollari, zenit to’plari) jangga tushirilgan. Shuning 
uchun ham bu jang tarixda “tanklar jangi” deb nomlanadi. 
Ayniqsa havo janglarida uchuvchilarning qahramonliklari juda ham tahsinga 
sazovor edi. Ushbu janglarda sovet jangchilari bilan bir qatorda “Normandiya” deb 
nomlangan fransuz aviatsiyasi ham fidokorona jang qilgan. 
Sovet Armiyasi dushmanning hujumini qaytarib, qarshi hujumga o’tadi. 5- 
avgusda Oryol va Belgorod ozod qilinadi. Ushbu kunni nishonlash uchun 
Moskvada birinchi marta bayram salyuti uyushtiriladi. Keyinchalik Sovet 
Armiyasi xar-bir katta g’alabasidan so’ng xuddi shunday salyut uyushtirish an’ana 
tusiga kirgan edi.
Kursk yonidagi jang 23- avgustda Xarkovni ozod qilish bilan yakunlanadi. 
Jang 50 kun davom etgan bo’lib, u o’zining o’lchamlari bo’yicha Moskva va 
Stalingrad janglaridan ham o’tib ketgan edi. Moskva ostonasidagi janglarda ikkala 
tomondan - 1,5 mln, Stalingrad jangida – 2 mln. kishi ishtirok etgan bo’lsa, Kursk 
yoyidagi janglarda – 4 mln. kishi qatnashgan. Bu jang Germaniyani juda ham 
bezovta qilib qo’ygan edi. Shundan so’ng va hatto urush tugagunga qadar ham 
Germaniya qo’shinlari faqat mudofaalanishga majbur bo’ladilar. Bu janglardan 
keyin sovet qo’shinlarining yangidan-yangi zafarli yurishlari boshlanadi. Qizil 
Armiya Donbass va Levoberejnaya Ukrainani ozod qiladi. Bu bilan Qizil Armiya 
nemis-fashistlarning Dnepr chegaralaridagi mudofaa tashkil qilish rejalarini barbod 
qiladi. Qizil Armiyaning urush davomida orttirgan harbiy hunarining 
takomillashgani sabab, ular Dneprni kechib o’tib, 1943- yil 6-noyabrda 
Ukrainaning poytaxti – Kiyev shahrini nemis-fashist bosqinchilaridan ozod 
qiladilar va o’ng qirg’oqni ozod qilish uchun yana ilg’or qadam tashlaydilar. 
Sovet-german markazi chizig’ida sovet qo’shinlari Bryansk, Gomel, 
Smolensk, Belorussiyaning sharqiy qismini bosqinchilardan ozod qiladilar. 


184 
Muntazam armiyaga partizanlar juda katta yordam ko’rsatdilar. 1943- yilda ular 5 
dan ortiq qo’poruvchilik ishlarini uyushtiradilar. 1942- yilga nisbatan bu-yili ular 4 
martadan ko’p fashistlarga har xil ko’rinishda talafot yetkazadilar.
Sovet qo’shinlarining hujumlari natijasida 188 dushman diviziyasi tor-mor 
qilinadi. Germaniya quruqlikdagi armiyasi 1400 dan ziyod askari va yirik sondagi 
harbiy texnikasini yo’qotadi. 
Sovet qo’shinlari zarbalari ostida, chekinayotgan gitlerchilar shaharalar va 
qishloqlarni yondirar, tinch aholini qiynoqqa solar, va ularni Germaniyaga haydab 
ketardilar. Fashistlarning eng og’ir yovuzliklariga birgina Minsk viloyati Xatin 
qishlog’idagi yovuzliklarini misol qilishimiz mumkin. Bosqinchilar 1943-yili 
Xatin qishlog’idagi barcha uylarni yoqib yuboradilar va butun aholisin o’ldirib 
yuboradlar.
Ikkinchi jahon urushida tub burilish davrini tahlil qilib ko’rganimizda, sovet 
– german urushidagi sovet qo’shinlarining xizmatlarini yuqori baholaganimiz 
holda, 
biz 
g’alabaning 
ta’minlanishida 
Gitlerchilarga 
qarshi 
koalitsiya 
qatnashchilarining ham xizmatlari katta bo’lganligini yoddan chiqarmasligmiz 
darkor. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin