187
tomonga o’tadilar. Shimoliy Afrika va G’arbiy Afrikadagi fransz ma’muriyatini
boshqarayotgan general Jiro ittifoqchilar bilan osongina til topishdi.
Vishi davlati
mustamlaka ma’muriyatini ingliz-amerika qo’mondonligi ostida Jazoir va
Marokashni boshqarar edi. Shunday qilib, urush davrida birinchi marta fashistik
blok a’zolaridan biri hokimiyatni saqlash ilinjida ittifoqchilar tomoniga o’tdi.
Jazoir va Marokash ittifoqchilarning qo’shinlari tushirilishi haqida bilgan
Gitler, ingliz-amerika desantchilariga kelgusidagi yurishlariga xalaqit qilish uchun,
zudlik bilan nemis qo’shinlarini Tunisga tashlashni buyuradi.
Shuning bilan bir
vaqtda u Fransiyaning janubiy qismini bosib olish, Vishi davlatini saqlab qolish,
ammo “vaqtinchalik yarash armiyasi”ni qurolsizlantiish va
fransuz flotini bosib
olish to’g’risida buyruq beradi. 1942- yil 11- noyabrda nemis va italyan qo’shinlari
hech qanday qarshiliksiz janubiy zonaga kirib boradilar va “vaqtinchalik yarash
armiyasi”ni qurolsizlantiradi. Biroq, Tulon portidagi fransuz flotini bosib
ololmaydi. Nemis qo’shinlari Tulonga kirib kelgan paytda, fransuz dengizchilari
o’z kemalarini cho’ktirib yuboradilar.
Shu voqealardan keyin Shimoliy Afrikadagi harbiy harakatlar ikki
yo’nalishda davom etadi: sharqdan, general Montgomeri qo’mondonligidagi 8-
armiya Liviya orqali Tunisni bosib oladi, G’arbdan esa general Jiro qo’mondonlik
qilgan mustamlaka armiyasi bilan qo’shilib ketgan general Eyzenxauer qo’shinlari
harakat qilardi. 1942-yilning dekabrida dushmanni
Tunisga siqib chiqarib, ular
noqulay ob-havo tufayli janglarni to’xtatadilar. Bu esa Germaniya uchun sovet-
german frontiga qo’shimcha ravishda 27 ta diviziya, shundan 5 tasi tank
diviziyasini tashlashga imkon yaratib beradi. 1943- yil mart oyining ikkinchi
yarmidagina Tunisda ittifoqchilarning hujumlari yangilanadi. 1943- yil 13-mayda
Tunisning eng shimoli-sharqiy chekkasi bo’lgan Bon
yarim oroliga siqib olib
kelingan italyan-nemis qo’shinlari taslim bo’ladilar.
Ittifoqchilar qo’liga 240 ming harbiylar asirga tushadi. Italyan-nemis
qo’shinlarining Tunisdagi umumiy talafoti 300 ming ofitser soldatdan ortib ketadi.
Ingliz va amrerika tarixshunosligida, Shimoliy Afrikadagi ittifoqchilarning
bu harakatlari ikkinchi frontning ochilishi bilan bir xil degan tasdiqlar uchrab
188
turadi. Biroq bu fikrni tasdiqlab bo’lmaydi. Lekin, Sovet
hukumati, ikkinchi front
deb e’lon qilish uchun harbiy operatsiyalarda fashist Germaniyasining hech
bo’lmaganda 30–40 ta diviziyasini jalb qilingan holdagina sanash mumkin deb
hisoblashini aytadi. Afrikadagi 1942–1943-yillardagi harbiy harakatlarda 17
italyan va nemis diviziyalari qatnashgan bo’lsa, xuddi shu paytda sovet-german
frontida Germaniya va uning ittifoqchilarining 262 ta diviziyasi qatnashgan.
Cherchillning o’zi I. V. Stalinga Shimoliy Afrikadagi ahvol to’g’risida
xabar
berayotganida, “Bu opersiyalarning o’lchami Siz boshqarayotgan ulkan
operatsiyalar bilan taqqoslaganda unchalik katta emas” deb aytadi. Afrikadagi
harbiy harakatlar sovet-german urushi markazidagi voqealar teng kela olmaydi va
uning bilan fashizm ustidan g’alabada hal qiluvchi natijalarga kelib bo’lmaydi.
Shimoliy Afrikaning egallash ittifoqchilarning yirik muvaffaqiyati xolos,
hali bu bilan ikkinchi front ochildi degani emas.
Dostları ilə paylaş: