Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


partiyasi, profsoyuzlar, 15 mln. kishini jamlagan slavyan millatiga mansub



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56

partiyasi, profsoyuzlar, 15 mln. kishini jamlagan slavyan millatiga mansub 
amerikaliklarning - Slavyan kongressi hamda aholining ziyolilar qatlamlari - olib 
borardi. Shunga qaramay, qachon ikkinchi front ochishni davlat o’zi yaxshiroq 
biladi deydigan aholining katta qismi - AQSh hukumati siyosatini yoqlaydi. 


195 
Buyuk Britaniyada sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. Harbiy sanoat keng 
ko’lamda rivojlanib, AQShdan keyingi o’rinni egallaydi. 1943-yilii Buyuk 
Britaniya sanoati 7,5 mingta tank, 26 mingga yaqin samolyotlar va harbiy kemalar 
ishlab chiqaradi. 1942-yilning fevralida harbiy ishlab chiqarish vazirligi vujudga 
keladi.
Profsoyuzlar a’zolari soni – 8,3 mln.ga yetadi, ammo ish tashlashlar soni 
ham shunga yarasha o’sa boradi. 1942-yil hukumat “Deyli uorker” nashrini 
ta’qiqlab qo’ydi. AQShda ham xuddi Buyuk Britaniyada bo’lgani kabi harbiy holat 
vatnparvarlik va fashizmaga qarshi ruhdagi holatlarin yuzaga chiqaradi. 1943-yilda 
hukumat qarilik pensiyasi, nogironlik nafaqasi, ko’p bolali onalarga nafaqa va 
shunga o’xshaganalarni ko’rib chiqdi. 
Ikkinchi jahon urushidagi tub burilish Gitlerga qarshi koalitsiyaning 
kengyishiga olib keldi. 1942–1943-yillarga kelib avval betaraflik siyosati 
yurgizgan bir qator davlatlar: Meksika, Braziliya, Eron, Iroq, Boliviya, Kolumbiya 
fashistik blok davlatlariga qarshi urush e’lon qilishga qaror qiladilar va Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Deklaratsiyasiga imzo qo’yadilar. 1943-yilning oxiriga kelib 
32 ta davlat BMT Deklaratsiyasiga imzo qo’yadi. Butun progressiv jamoatchilik 
fashizmga qarshi o’zlarining noroziliklarini bildiradilar. 
Stalingrad ostidagi janglar, ayniqsa Kursk jangidan keyin AQSh va Angliya 
hukmron doiaralari Sovet Ittifoqining bir o’zi ham Germaniyani yengib, butun 
Yevropani ham fashizmdan ozod qilishi mukin degan xulosaga keldilar. Ikkinchi 
frontni yana orqaga surish foydasiz ekanligi yaqqol ko’rinib qoldi. Aksincha, 
endilikda G’arbiy Yevropaga o’larining qo’shinlarini tushirish maqsadga muvofiq 
deb sanab, Qizil Armiya Yevropani ozod qilishiga yo’l qo’ymaslik kerakligini 
angalab yetdilar.
Cherchill va Ruzvelt o’zlarining navbatdagi 1943-yilning avgust oyida 
Kvebekda 
bo’lib 
o’tgan 
uchrashuvlari 
paytida, 
Amerika 
delegatsiyasi 
“Germaniyani Sovet Ittifoqi tomonidan mag’lub qilinishi o’ta xavfli”, shuning 
uchun tezroq Fransiyada ikkinchi frontni ochish kerak deb ma’lum qiladi. Bundan 
tashqari Amerika hukumati SSSRni Yaponiyaga qarshi urushga jalb qilishni istar 


196 
edi va Sovet Ittifoqiga bergan va’dalarini bajarishni talab qilardi. Ruzveltning 
talabiga ko’ra, Vashington konferensiyasi 1944-yil 1-maydan kechiktirmasdan 
Fransiyaga desant tushirishni ma’qulladi. Ikkinchi front ochish haqidagi 
maqsadlarining birligi sabab, AQSh, Angliyani Sovet Ittifoqiga o’zaro 
yaqinlashtirdi. Ammo urushdan keyin, eng avvalo, fashizmdan ozod qilingan 
davlatlarda qanday tuzum barpo qilish muammolarining avj olib borishi vaziyatni 
keskinlashtirardi. 1943-yilda Sovet Armiyasining chegaralariga yaqinlashib 
qolgani sabab Pol’shadagi ahvol yuzasidan muammolar chiqadi. Xuddi shunday 
ingliz-amerika qo’shinlarining Fransiyaga tushirilishi kerak bo’lgan bir paytda, 
Fransiyadagi ahvol yuzasidan ham muammolar chiqdi. 
Pol’shaning xorijdagi hukumati 1941-yilda Sovet Ittifoqi bilan Germaniyaga 
qarshi urushda bir-birlariga o’zaro yordam berish to’g’risida shartnoma 
imzolashgan bo’lsalarda, Pol’sha SSSR ga nisbatan dushmanlarcha munosabatda 
siyosat olib bordi. Muhojir hukumat G’arbiy Ukraina va G’arbiy Belorussiyaning 
qo’shilishi natijasida paydo bo’lgan SSSRning yangi chegaralarini tan olmaydi; 
SSSRda tuzilgan general Andersning polyak armiyasini sovet-german frontida 
foydalanishni rad etadi va uni Sovet Ittifoqi chegaralaridan olib chiqib ketishni 
talab qiladi; ommaviy nashrlarda sovetlarga qarshi tashviqot boshlab yuboradi, 
Sovet hukumati Anders armiyasini chegaradan chiqib ketishiga ruxsat beradi, 
biroq, 1943- yil aprelda Londonda joylashgan muhojir polyak hukumati bilan 
diplomatik aloqalarni uzadi. Sovet Ittifoqidagi polyak kommunistlarining 
tashabbusi bilan, “polyak vatanparvarlari ittifoqi” tashkil qilinadi. Tashkilot Sovet 
Ittifoqining ruxsati bilan fashistlarga qarshi urushish uchun polyak fuqarolaridan 
harbiy qismlar tuzishni boshlab yuboradilar. Bu harakatlar muhojir polyak 
hukumatini qo’llab-quvvatlayotgan AQSh va Angliya hukumatiga ma’qul 
bo’lmaydi.
SSSR, AQSh va Angliya kelishmovchilaridan yana biri bu – Fransiyadagi 
ahvol edi. 1943-yilning iyun oyida general de Goll boshchilik qilayotgan 
“Kurashayotgan Fransiya” harakati general Jiro tarafdorlari bilan birlashadilar. 
Jazoirda De Goll va Jiro raisligida o’zini markaziy fransuz hukumati deb e’lon 


197 
qilgan - milliy ozodlik yagona Fransiya komiteti (FKNO) tuziladi va tashkilotni 
tan olishlari uchun Angliya, SSSR va AQShga murojaat qiladi. Sovet Ittifoqi 
FKNOni tezlik bilan tan olish zarur deb sanaydi, biroq Angliya va AQSh o’zining 
mustaqilligi va qat’iyligi bilan milliy qadriyatlarni himoya qilgan general de 
Gollga ishonch bildirmaydilar. 1943- yil avgustga kelibgina Sovet Ittifoqining 
qat’iy talabi bilan Angliya va AQSh bir vaqtning o’zida FKNOni tan oladilar. 
Faqat Sovet Ittifoqigina FKNOni Fransuz respublikasining davlat manfaatlari 
ifodalovchi rahbari va fashizmga qarshi kurashayotgan barcha fransuz 
vatanparvarlarining rahnamosi sifatida tan oladi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin