Ko‘plab ilmiy tasniflarda insonning rivojlanishi ontognezda bolalik, kamolga
erishganlik va qarilik davridan iborat bo‘ladi.
Insonni bolalik bosqichida
o‘rganuvchi fanlar doirasini pedologiya deb nomlash odat tusiga kirgan. Qarish va
qariyalikni birgalikda o‘rganuvchi fanlar majmui gerontologiyani tashkil etadi.
O‘rganish predmeti o‘rta yoshli kishi bo‘lgan fanni tez-tez akmeologiya deb
nomlashmoqda. Ushbu fan ilmiy bilimning tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnik
sohalarining to‘qnashuvida yuzaga keldi, va u maqsadli va izchil ravishda insonning
erta, o‘rta va kechki еtuklik (o‘ta murakkab tirik organizm), shaxs sifatida (bu
holatda, avvalambor inson tomonidan o‘zlashtirilgan voqelikning turli tomonlariga
bo‘lgan munosabat) va faoliyat sub’ekti sifatida (asosan mutaxassis sifatida)
shakllanishi fenomenologiyasi, qonuniyatlari va mexanizmlarini belgilab beradi.
Insonning еtuklik davri ko‘pincha
uning fuqaro, turmush o‘rtog‘i, ota-ona,
mehnatini qandaydir muayyan sohasining mutaxassisi sifatidagi еtukligi bilan
tenglashtirilar ekan. Akmeologiya muhitida tadqiqot olib boruvchi ayrim olimlar
еtuklik tushunchasini barkamollik tushunchasi bilan almashtiradilar, garchi bu
tushunchalar bir-biriga teng bo‘lmasa ham. Akmeologiyada bir biri bilan o‘zaro
ta’sirlashgan holda katta yoshli kishiga akme darajasiga
еtish imkonini beruvchi
ob’ektiv va sub’ektiv omillarga katta e’tibor qaratiladi. Bu еrda “Akme” tushunchasi
haqida gap borib, bu yangi ilmiy fanning asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi.
Va garchi “akme” tushunchasi mazmuni katta yoshli inson rivojlanishi
haqidagi fan ixtisosligiga mos kelgan nashrlarda ko‘proq qo‘llanilib
kelinayotganligiga qaramasdan, ushbu nashrlarda bu tushuncha turlicha talqin
qilinadi. Ayrim holatlarda mualliflar “akme” haqida
gapirar ekanlar inson
salomatligida yuqori cho‘qqini nazarda tutadilar, yoki uning shaxs sifatida
rivojlanishining yuqori darajasini, yoki uning sub’ekt sifatida qandaydir faoliyat
bilan shug‘ullangan holda o‘zi uchun eng yuqori natijalarga
erishgan holatini
nazarda tutadilar. Bu holatda inson tomonidan erishiladigan akme qisqa vaqt oralig‘i
bilan chegaralangan holda bo‘ladi.
Tadqiqotchilarning boshqa guruhi esa akme muammosini yoritar ekanlar, katta
yoshli inson hayotining ishga layoqatlilikning yuqori darajasiga xos bo‘lgan, va
uning shaxs sifatidagi fuqarolik faolligini amalga oshiruvchi hamda shu bilan birga
o‘z kasbiy imkoniyatlarini mehnatning o‘zi uchun muhim bo‘lgan kasbiy
imkoniyatlarini samarali va ijodiy jihatdan unumli bo‘lgan nisbatan uzoqroq vaqt
oralig‘ini nazarda tutadilar. Va nihoyat, “akme” atamasini ontogenezda inson
rivojlanishi haqidagi bo‘lim nomiga kirituvchi tadqiqotchilar mavjud. Ular sirasiga
N.A.Ribnikov, undan so‘ng B.G.Ananev va uning o‘quvchilari va izdoshlari bo‘lgan
A.A.Bodalev, A.A.Derkach, N.V.Kuzmin va boshqalarni kiritish mumkin.
Aynan
ular katta yoshli insonni kompleks ravishda o‘rganuvchi fanni akmeologiya deb
nomladilar va bunda aynan еtuklik pillapoyalarida ontogenezning avvalgi
bosqichlarida to‘g‘ri shakllangan inson odatda o‘zini voqelik bilan boy aloqalarga
ega bo‘lgan faol arbob, mutaxassis sifatida namoyon qiladi, deb alohida ta’kidlab
o‘tadilar.
Katta yoshli kishi o‘zining individga oid, shaxsiy va sub’ektga oid
rivojlanishida ko‘tariladigan cho‘qqilarni esa ushbu ilmiy maktab vakillari odatda
kulminatsiya (eng avj nuqta) yoki optimumlar deb ataydilar. Va agar
B.G.Ananevning ilmiy maktabida insonning ontogenezdagi rivojlanishi jarayonini
tashkil etuvchi barcha tarkibiy qismlarni yoritishda
va mos ravishda insonning
psixikasi va ichki dunyosida bir yosh chegarasidan ikkichisiga o‘tishda yuz
beradigan o‘zgarishlarni kuzatadi.
Ushbu o‘zgarishlarning sabablarini chuqurroq izohlashda psixologiyaga
yondash bo‘lgan ilmiy fanlar ma’lumotlarga murojaat qilinsa, katta yoshli kishining
u tomonidan avvalgi yoshga oid bosqichlarda mikroakmega erishish yo‘lini bosib
o‘tuvchi o‘z akmesi yoki optimumiga tomon harakatlanishi va ushbu katta akme
o‘zining barcha xususiyatlari bilan birgalikda ko‘p yo‘nalishli, bosqichli ravishda,
ko‘plab ob’ektiv va sub’ektiv sharoit va vaziyatlarning insonning shaxsiy hayot
faoliyatini qamrab olgan holda o‘zaro munosabati natijasi sifatida o‘rganiluvchi,
mohiyati akmeologiyada boshqa – tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnik fanlar bilan
chambarchas bog‘liqlikda ochib beriluvchi hodisa sifatida o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: