Antimanipulyativ xulq-atvor – birovlarning shaxsiy qadr-qiymatini, huquqini
poymol etmasdan, o‘z qadrini, huquqini bilib unga rioya etish va talab qila olishdan
iboratdir. Buni “assertiv” xulq deyiladi, chunki qachonki inson o‘z xatti-
harakatlarining chegarasi, meyyorini bilib unga rioya etsa, birovlarning qadrini,
huquqini hurmat qilib, odob doirasida uni joyiga qo‘ya oladi.
Barkamol inson – mustaqil va hur fikrli, o‘zining qadr-qimmatini anglaydigan,
irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega, aqli, tafakkuri,
mehnati, mas’uliyat bilan yashovchi, ongli, eski tushunchalar va aqidalardan xalos
bo‘lgan inson.
Bibliometriya (yunoncha
biblion – kitob va
metron ~ o‘lchov,
metreo – o‘lchayman) - XX asrning 60-yillarida yuzaga kelgan ilmiy faoliyatda hujjatlar
oqimining miqdorini tadqiq etuvchi yangi ilmiy yo‘nalish.
Gerontologiya (yunoncha
gerontos – qariya, qartayish,
logos – fan) – inson
qarishini o‘rganadigan tibbiy-biologik va psixologik fanlar yig‘indisi.
Ijtimoiy muhit – shaxsni o‘rab turgan. uning ongi hamda xulqiga faol (bevosita va
bilvosita, stixiyali va ongli) ta’sir o‘tkazuvchi barcha ijtimoiy shart-sharoitlar,
faoliyatlar va aloqadorliklarni belgilashda xizmat qiluvchi falsafiy kategoriy.
TEST SAVOLLARI 1. Akmeologiya atamasini kim va qachon ilk bor ilmiy muomalaga kiritgan? a)
1928-yilda, N.A.Ribnikov
b)
1828-yilda, N.A.Ribnikov
c)
1928-yilda, Frensis Galton
d)
1938-yilda, I.Perna