I.2. Pedagogik akmeologiyaning ilmiy asoslari
Akmeologiya atamasi 1928-yilda rossiyalik psixoiog N.A.Ribnikov tomonidan
ilk bor ilmiy muomalaga kintilgan. Inson ontogenezidan keyingi bosqichlarida
rivojlanib boradigan, еtuklik bosqichigacha shakllanadigan, individual shaxsiy va
sub’ektiv taraqqiyotida ko‘tarilib boradigan cho‘qqini ilmiy maktabning bu
namoyondalari ko‘pincha kulminatsiya yoki optimum deb ataydilar. Insoniyat
tarixida fan, madaniyat rivojlanishida tub o‘zgarish yasagan Uyg‘onish davrining
akmeologik tomoni shundaki, bunda insonning o‘z -o‘zini anglash tizimi va uning
darajalarini aniqlovchi tashkiliy tuzilmalarning turli-tumanligidadir. Bir soha
akmesi, masalan, falsafa, boshqa soha va yo‘nalishlar – astronomiya, matematika,
meditsina va boshqa fanlar akmesi bilan bog‘lanib ketdi. Ayrim manbalarda
akmeologiya
B.G.Ananev,
V.M.Bexterev,
V.N.Myasishev,
E.S.Kuzmin,
N.V.Kuzmina, N.A.Ribnikov va boshqalar tomonidan yaratilgan yangi fan, degan
qaydga nazarimiz tushadi. Ammo bu kabi ta’rifning qanchalik to‘g‘ri ekanligiga
albatta ilmiy nuqtayi nazardan qarash maqsadga muvofiq bo‘lar edi, deb o‘ylaymiz.
Sababi, akmeologiyaning asosiy rivojlanish bosqichlari tarixiy - falsafly davrlar
silsilasi bilan bog‘liq. Ya’ni, akmeologik dunyoqarash qadimgi Yunoniston
mutafakkirlari va zardushtiylik ta’limotining kitobi «Avesto», islom dinining
muqaddas kitobi Qur’oni Karim, Hind eposi «Kalila va Dimna» hamda
Kaykovusning «Qobusnoma» asarlarida o‘z ifodasini topgan. Bu davrda «akme»
so‘zi o‘rnida «mukammallik», «oliy nasab» kabi tushunchalar ishlatilgan,
Kaykovusning «Qobusnoma» asarida har bir yosh kasb-hunar yolida ilm-bilim
egallashi, aql-zakovatni charxlashi bilan birga eng oliy insoniy fazilatlarga ega
bo‘lsagina yuksak maqsadlarga erisha olishi mumkinligi to‘g‘risida so‘z boradi.
«Barcha donish va hunarimng sarmoyasi, – deydi Kaykovus, «adab, tavoze, hayo,
pokdillik, beozorlik, sabr va matonatdir. Fazl egasi bo‘lay desang, so‘zlash va
so‘zlashish san’atini egalla, chunki aql, idrok bilan aytilgan so‘z yoki harakat aql va
hikmat ko‘zining surmasi va do‘sti yog‘idur». Bizningcha, ilm-bilim va hunar
egallash eng zaruriy jihat bo‘lsa, ikkinchi muhim jihat – kishilar bilan doimiy
muloqotda, munosabatda bolish har bir yoshdan ma’naviy, ahloqiy madaniyatni
chuqur egallashni talab qiladi. Inson yoshi, vazifasi, faoliyatidan qa t’i nazar doimo
insonlar orasida yashaydi, o‘qiydi va o‘z faoliyatini namoyon etadi. Chunki har kim
ilm-hilim egasi bo‘Isa ham, o‘z. muomala, xattiharakati va odobida xato qilsa,
saodatdan, boshqalar hurmatizzati, obro‘si va qadrlashdan mahrum bo iadi. Zero,
mustaqil yurtimiz yoshlari yanada aqlli, dono, bilimdon, odobli, ijodiy va
intellektual salohiyatga ega еtuk va mukammal shaxs bo‘lib еtishlihlari uchun, eng
avvalo, o‘zlarida insoniy sifatlarni jo etmoqilari muhim.
Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, Sug‘diyonada o‘g‘il bola besh
yoshga еtgach, yozuv va hisobga o‘rgatilgan, 20 yoshga kirganida biron kasb,
hunarni egallagan bola savdo-sotiqni o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga j
o‘natilar edi. Xalifalikning yangi poytaxti Bog‘dodda 832-yili «Baytul hikma»
(«Donishmandlar uyi») tashkil etilib, uning ehtiyoji uchun katta mablag‘ ajratildi.
Uning qoshida ikkita rasadxona, ilmiy markaz tashkil etilib, dunyoning turli
еrlaridan avvallari bitilgan, ilmga oid adabiyotlar to‘plandi. Ular yunon, lotin, hind,
xitoy, fors va boshqa tillardan arabchaga tarjima qilindi, o‘rganildi. Bunday ilmiy,
madaniy va ma’naviy yuksalish matematika, astronomiya, geografiya kabi
fanlarning yaratilish va rivojlanish davri bo‘ldi, desak, aslo adashmaymiz.
Xorazmshox davlatiga xos osoyishtalik asosida moddiy ishlab chiqarish va madaniy
rivojlanish jarayoni jadallashdi, shahar hayoti yuksala bordi. Ishlab chiqarish va
hunarmandchilik turlari ko‘paydi. Tog‘ jinslarini ishlash, shishasozlik, savdo-sotiq
kuchaydi, Davlat boshqaruvi tizimida madaniyatni yaxshi anglagan, ilmli insonlar
ko‘paydi. Bu davrga kelib san’at, ayniqsa, devoriy tasvir, haykaltaroshlik, badliy
yog‘och o‘ymakorligi ham rivojlaridi. E’tirof etish lozimki, insoniyat olarni o‘zining
еchilmagan jumboq va mo‘jizalari bilan tabiatning ajoyib gultoji sifatida boshqa
jonli mavjudotlardan o‘z tafakkuri va aqli bilan ajralib turadi. Shu bois ham,
insoniyat taraqqiyotining bosqichma-bosqich riyojlanishiga nazar tashlasak, har bir
bosqichda o‘ziga xos yangi-yangi cho‘qqilar, muvaffaqiyatlar va komillik sari
intilishini kuzatishimiz mumkin:
1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida inson o‘z qo‘l mehnati natijasi sifatida
tanasining mukammallashishi va turli mehnat qurollarini shakllanishiga erishdi.
2. Quldorlik tuzumi davrida qishloq x o‘jaligi va davlat boshqaruvi (siyosat)da
o‘ziga xos daraja, pog‘onalarga erishdi.
3. Feodal boshqaruv va kapitalistik tuzumlarda inson nafaqat qishloq xojaligi,
madaniyat, balki sanoat va ishlab chiqarishda (jumladan, paxtani qayta ishlash) katta
muvajfaqiyatlarni qo‘lga kiritdi.
4. Sobiq turg‘unlik davrida ham insoniyat ishlab chiqarish va sanoatni
texnikalashtirishga erishdi. Ko‘rinib turibdiki, insoniyat o‘z taraqqiyoti davomida
faqat mukammalik sari intilib, turmush sharoitini yanada yaxshilashga harakat qilib
kelgan.
5. Hozirgi globallashuv davrida mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga
kiritgach, jamiyatimiz o‘zining yuksak rivojlanish nuqtasiga yaqinlashmoqda desak,
aslo xato qilmaymiz. Albatta, biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan barcha dalillar,
hammaga birdek malum. Ammo mukammallik, pog‘ona, daraja, yuksaklik kabi
tushunchalar kundalik turmushda ishlatib kelingan bo‘Isada, uni ta’limot sifatida
e’tirof etilmagan deyish to‘g‘riroq bo‘lar edi.
Tabiiyki, akmeologiya fanining tarixiy va madaniy ildizlari uzoq-uzoqlarga
borib taqaladi. Bu o‘rinda bizga Avestoning kitobi, Bexustin bitiklari va hatto
ajdodlarimiz qabr toshlaridagi yozuvlar ham muhim tadqiqot manbayi bo‘lib xizmat
qiladi. Zardushtiylik ta’limotining muqaddas kitobi «Avesto»da mukammallik
haqida ayrim qaydlarni ko‘rish mumkin: Ey olamni yaratgan Zot! Ey Haqiqat!
Zamin, hammadan ko‘ra baxtliroq bo‘lgan dunyodagi ikkinchi joy qaer? Axura
Mazda javob berdi: – Bunday joy bir Ashavan uy tiklagan makondir. O‘sha uyda
Mo‘bat ro‘zg‘or tebratadi. Sigirlar galasi va uy bekasi, farzandlar va suruvlar
yashaydi bu uyda. Sigirlar galasi yaxshi parvarish qilinadi... Tevalar xo‘raki farovon,
yaxshi itlarning rizqi serob. Uy bekasi baxtiyor. Farzandlar shodmon. Hamisha olov
gurillab turadi. Tiriklikning go‘zal bir hodisasi yaxshilikka qovushadi».
Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida
akmeologik qarashlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuningdek, Abu Nasr Forobiy,
Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, kabi allomalar asarlarida tariximiz va
madaniyatimiz yorqin ravishda ko‘zga ko‘rinadi. IX-XII asrlarda va undan keyingi
davrlarda mintaqamiz tarixiga oid solnomalar va risolalar talaygina yaratildi. Bular
orasida «Buxoro tarixi», «Kesh va Nasaf o‘tmishi», «Samarqand tarixi», «Xorazm
tarixi» kabi i yoki bu hudud o‘tmishi, aholi turish-iurmushi, siyosiy ijtimoiy ahvoli
to‘g‘risida katta-kichik asarlar vujudga keldi. Mahmud Qoshg‘ariyning uch jildlik
«Turkiy so‘zlar lug‘ati» o‘zbek va boshqa turkiy tillar tarixini o‘rganishdagi muhim
manbadir. Akademik B.Axmedovning «O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari»
kitobida o‘lkamiz tarixiga oid o‘rta asrlarda yaratilgan еtmish olti asarga izohlar
beriladi.
Vatanimiz
tarixini
chuqurroq
o‘rganishda
«Nizomul-mulkning
«Siyosatnomasi»,
An-Nasaviyning
«Sulton
Jamshiddin
Manguberdi»,
Sohibqironning «Temur tuzuklari», Ali Yazdiyning «Zafamomasi» Mirzo
illug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», Zahiriddin Boburning «Boburnoma»,
Abulg‘ozixonning «Shajarayi turk», M.Solihning «Shayboniynoma» asarlari ham
muhim manbadir. Akmeologiyada ob’ektiv va sub’ektiv omillarga katta e’tibor
qaratiladi. Bu omillar o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, katta yoshdagi insonni a k t е
darajasiga erishishiga imkoniyatlar yaratadi. Markaziy Osiyoda iX–XLI asrlar fa n
va madaniyatning yuksalishi, «uyg‘onish», «tiklanish» ma’nosidagi renessans
jarayoni bilan ifodalanishi mumkin. Bunday holat ma’lum bir davrdagi alohida
jamiyatning «akme»sini ifodalabgina qolmay, balki moddiy va ta’naviy
taraqqiyotga erishish omillarini ham ko‘rsatadi. Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan
Kaykovus, Nizomulmulk, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy,
Muhammad G‘azzoliy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Amir Temur,
Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy asarlarida insondagi
kasb-hunar fazilati tug‘ma aks holda fikriy fazilatda mutlaqo kuch va ulug‘lik
bo‘lmasligi, agar kasb-hunar fazilati tug‘ma boiganda, podshohlar ham o‘zlari istab
va harakat qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy bir majburiyat bo‘lib
qolishi, kasb-korlikda mukammallikka erishish uchun ham fikriy va aqliy fazilat, va
ham tug‘ma qobiliyatlarni birdek ishga solish, ta’lim va ta’lim, o‘rganish orqali
malaka hosil qilishi mumkinligi uqtiriladi. Me’morchilikdagi yangi g‘oyalar,
yangicha naqsh uslublarining rivojlanishi, binokorlikda pishgan g‘isht ishlatish
shular qatoridan o‘rin olishi mumkin. Yoki Markaziy Osiyoda so‘fiylik ta’limoti
sifatida paydo bo‘lgan qarashlarda insonning pok bo‘lishi, Alloh yo‘lida har qanday
noma’qul ishlarni qilmaslik, adolatli bo‘lish kabi xislatlarni rivojlantirgan.
XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy-siyosiy oqim sifatida paydo bo‘lgan
jadidchilik harakati davri tafakkur rivoji insonlar ongida yuksaklik, beqiyoslik,
komillik kategoriyalarining shakllanishiga olib keldi. Jadidchilik harakatining
fidoyilaridan Mahmudxoja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvar qori
Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Hamza Hakimzoda
Niyoziylarning nazariy qarashlarida ikkita muhim xususiyat ko‘zga tashlanadi:
mustahkam irsiy ildiz hamda Sharq va G‘arb ma’rifatchilari, faylasuflarining
nazariy merosini egallashga intilish, ular mamlakatni taraqqiyot yo‘liga olib
chiqishning garovi G‘arb va Sharq madaniyatlarini uyg‘unlashtirib, xalqning k
o‘zini ochish va shu asosda mukammal jamiyatga ega bo‘lish g‘oyasi tafakkur rivoji
insonlar ongida yuksaklik, beqiyoslik, komillik tushunchalarining shakllanishiga
olib keldi. Jumladan, Abdurauf Fitrat millatning saodati va izzati, albatta, shu millat
oilalarining intizomiga tayanishi, qaerdaki oila munosabati kuchli intizomga
tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va mastahkam bolishligi haqida
fikrlarni e’tirof etadi. Umuman olganda, Sharq mutafakkirlarining qarashlarida kasb
egallashda kamolotga erishish bilan birga uning ma’naviy-ahloqiy fazilatlar bilan
chambarchas bog‘liqligi haqida so‘z boradi.
G‘arb tarixiy tafakkurida akmeologik nazariyalar I.A.Ribnikov tomonidan
ilmiy muomalaga kiritilgan bo‘lsa-da, V.G.Ananev tomonidan shakllantirilgan va
A.A.Bodalyov tomonidan rivojlantirilgan. Zarnonaviy akmeologiyaning vakili
rossiyalik psixolog, akademik AA.Derkachning ilmiy izlanishlari bu fanni
institutsional bosqichga ko‘tardi. Akmeologiyaning tabiiy fan sifatida shakllanishini
izohlashda Frensis Galtonning xizmati alohida ahamiyat kasb etadi. U ijodiy
faoliyatida insonning o‘xshash qobiliyatlari, ozod iroda kuchirli o‘igana turib uning
toza nasli, ya’ni еvgenik jihati atrof-muhitning holati bilan chambarchas bog‘liq
ekanligi haqqidagi g‘oyani ilgari suradi, I.Perna inson qobiliyatlari sifat
mahsuldorligining turli psixobiologik omillarga bog‘liqligini isbotladi. Insonning
oliy va tuban nuqtalari, shaxsning еtuk, mukammal, professional mutaxassis sifatida
shakllanishi, uning «akme» cho‘qqilarga erishishi barobarida ijtimoiy-axioqiy muhit
hamda irsiy sabablar ta’sirida tubanlikka yo‘l tutishi haqidagi g‘oyalar bir guruh
frenolog olimlar – Iogann Kasar Lavater, Frans Iosif Gall, Georg Kombe, Chezare
Lombroz asarlarida o‘z ifodasini topgan. Bu olimlar ilgari surgan nazariyaning
asosiy mazmuni inson tabiatining asosiy shakllanish sharti, avvalo, uning irsiyligida
bo‘lsa, so‘ngra sog‘lom turmush tarzining takomillasha borishidadir. Akmeologiya
sohasi tadqiqotchilari – psixolog, pedagog va faylasuflar B.B.Barsis, I.A.Bespalov,
G.P.Verbitskaya, L.E.Elshina, S.E.Zakoviyashina, Y.P.Kostenko, N.V.Kurbet, N.V.
Kozlova, Y.A.Lixacheva, O.V.Mixaylov, K.V.Petrov, V.N.Sofma, V.A.Semikov,
I.N .Stepanova, O.V.Faller psixologik nuqtayi nazardan akmeformni o‘rganish va
tahlil qilish, ijodiy kasbiy mahorat hamda professionalizmni rivojlantirish uchun
optimal texnologiyalar yaratish, turli kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
mutaxassislarning ish jarayoni, usullari ustida kompleks tekshiruvlar o‘tkazish
asosida yangi yutuqlarga erishishning institusional shaklini yaratish taklifini ilgari
surdilar. Lekin, shuni aytish lozimki, ko‘pchilik adabiyotlarda kasbhunar va kasbiy
mahorat alohida, shaxs ma’naviy-ahloqiy kamoloti alohida tahlil qilinadi. Ammo
bizning akmeologiya sohasida tahlil qilgan ilmiy asarlarimizda, olib borgan ilmiy
tadqiqot ishlarimizda akmeologiyaning faqat psixologik, pedagogik va sotsiologik
muammolari o‘rganilgan. Jumladan, G‘arb falsafasida kasb-hunar egallash
moddiyunchilik nuqtayi nazaridan qaralib, mukammallikka erishish ijtimoiy- ahloq,
xulq-odob qoidalari bilan chambarchas bog‘liqligi hisobga olinmaydi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng olimlarimiz kasb-hunar egallashda
mukammallikka erishish, kasbiy mahorat to‘g‘risida o‘tmish mutafakkirlarining
qarashiari, hozirgi zamonda. turli kasblarning ijtimoiy-ahloqiy jihatlari to‘g‘risida
qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordilar.
Jumladan, akademik M.Xayrullaev, faylasuf olimlar X.A.Shayxova,
Y.Jumaboev,
A.Q.Qodirov,
R.Nosirov, G.Navro‘zova, M.M.Qahhorova,
X.Rahmatovalar, filologladan N.Komilov, S.Olim va boshqa mutafakkirlar turli
kasb egalarining ahloqiy qiyofasi, ularning qanday ahloqiy fazilatlar va xulq-odob
qoidalarini egallashlari lozimligi to‘g‘risidagi fikrlarni tarixiy falsafiy jihatdan
o‘rgandilar. Umuman olganda, mavjud tadqiqotlarda akmeologiya yaxlit va tizimli
holda o‘rganilmagan, uning maxsus fan sohasi, ta’limot silatida, qirralari, muhim
xususiyatlari kasbiy etikasiz tasavvur qilib bo‘lmasligi ochib berilmagan.
Shular asosida barcha fanlar qatori akmeologiyaning o‘ziga xos uslubiy
yo‘nalishlari yuzaga keldi.
-Birinchidan,
tabiiy
ilmiy
yo‘nalish
– klassik tabiiy fanlarni
murakkablashtiruvchi metodologik jihatdan intizom standartlari bilan (dalillar,
mexanizmlar, qonuniyatlar, matematik modellashtirish) mustaqil fan sifaticla
shakllanishiga yo‘naltirilgan.
-Ikkinchidan, bir qator akmeologik masalalarni, tabiiy qobiliyat, genetik va
psixofiziologik qobiliyatlar tarkibiy qismlari va professional mahoratli bo‘lishda
psixologik ko‘nikma va boshqalarni hal qihshda yoshlar fiziologiya; psixogenetika,
mehnat psixofiziologiyasi tabiiy bilimlari apellyatsiya o‘rnini egallaydi. Ijtimoiy-
gumanitar yo‘nalish yanada ko‘p qirrada namoyon bo‘ladi. Akmeologiya bir
tomondan, inson haqidagi bu fanlarning genetik manbayi sifatida tarixan birgalikda
rivojianadi, ikkinchi tomondan, uiarning fan sifatida erkin rivojlanishini
shakllantirish orqali o‘z ontologik ahamiyatini ko‘rsatadi. Demak, akmeologiya fan
sifatida kirib kelgunga qadar psixologiya, sotsiologiya, pedagogika fanlari
akmeologik masalalarga o‘xshab ketuvchi professionalizm, ijod, salohiyat va
gerontoiogiya masalalari bilan shug‘ullangan. Ammo aynan mahoratning kamol
topishi – akmeform cho‘qqisiga erishishda asosiy urg‘u berilishi avvaliga maxsus
akmeologik masalalar tug‘ilishi hamda keyinchalik o‘ziga xos akmeologik
texnologiyalarning konseptual-metodologik tuzilishiga olib keldi. Taraqqiy qilgan
sayin asosiy fan, ya’ni akmeologiyaning maxsus ob’ekti va uslubi paydo boldi.
Texnologik yo‘nalish – bu nafaqat bir qancha texnik fanlar (kibernetika, tizimli
texnika, ma’lumotlar nazariyasi va boshqalar) ning o‘zaro harakati bo‘lmay, balki
ularni mavjud bilimlarni amaliyotga yo‘naltirishda aniq dasturdan foydalanish
hamdir. Bunda akmeologiyaning texnik qoidalar bilan o‘zaro aloqasi o‘z-o‘zidan
hosil bo‘lmay, balki inson omillarini texnikaga moslashtirishga yo‘naltirilgan
ergonomika bilan bog‘lanadi. Shu o‘rinda, ya’ni qayd qilish lozimki, boshqa
tarafdan ikki tomonlama ko‘rinishda: gumanitar bilimlarning o‘sishi (masalan,
psixotexnika va o‘yin texnikasi, innovatika va refleksika kabilar) natijasida texnik
fanlarning insonparvarlashishi (bionika, sotsionika, sinergetika va boshqalarning
paydo bo‘lishi) – zamonaviy praksiologiya doimo akmeologiya diqqatida bo‘ladi.
Umuman olganda, akmeologiya bugungi insonshunoslik fanlari orasida o‘ziga xos
o‘ringa ega bo‘lib, yuksak professional kadrlar tayyorlash siyosatining ajralmas
qismi desak, aslo xato qilmaymiz.
Dostları ilə paylaş: |