Mavzu: Pedagogik akmeologiya predmeti va uning fanlar tizimidagi o‘rni. Mavzu rejasi



Yüklə 170,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix21.12.2023
ölçüsü170,16 Kb.
#187898
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
 


GLOSSARIY
 
Akmeologiya 
(yunoncha 
akte – cho‘qqi, kamolot, yuksalish, еtuklik

logos 
– 
fan) 
– ilmiy manbalarda professionalizm va ijod rivojlanishidagi qonuniyatlar va 
texnologiyani o‘rganuvchi integrativ kompleks fandir. U kasb-kor faoliyatida 
yuksaklikka erishish uchun yangi yo‘nalish va professionalizmning yuksak 
darajadagi muvaffaqiyatlar sari yo‘naltirilgan samarador tizimlar darajalarini 
belgilash usullarini ishlab chiqadi va bu jarayonni tabiiy qonuniyatlarga tatbiq etadi 
deyilgan. Bizningcha, tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida kasbiy 
mahoratning yuksak muvaffaqiyatga erishishi haqidagi fandir va insonning еtuklik 
bosqichida rivojlanish qonunlari va mexanizmini hamda asosan bundanda 
yuksakroq darajalarni egallash fenomenologiyasini o‘rganadi. Ushbu atama biror 
kasbga, biror bir sohaga mehr qo‘yib, bilim va tajribaga tayanib, maqsad sari intilib 
yashashni bildiradi. Akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri 
«akmeologik 
moyillik» 
iborasi bo‘lib, ushbu tushuncha shaxsning intiluvchanlik xususiyatini 
anglatadi.
Akmeologiyaning kreativ jihati 
– sarflangan kuch haqqoniyligini professionalizm, 
uning mahorat darajasigacha yuksaluvchi refleksiv-innovatsion potensiali va ijod 
jarayonida olingan ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish yo‘li bilan belgilashga 
qaratilgan. Zero, eng dolzarb muammolardan biri – ta’lim, bilim berish sohasidagi 
milliy davlat dasturimizni yangi bosqichga ko‘tarish va yangi mazmun bilan 
boyitishimiz, zamonaviy bilim olish, hayotda kerak bo‘lgan kasb-hunarga ega 
bo‘lish va ish bilan ta’minlash hamda har bir bolaning o‘ziga xos qobiliyat va 
iste’dodini o‘z vaqtida payqash, tarbiyalash va ro‘yobga chiqarish, mutaxassislik 
madaniyati, odobi, ijod va еtuklik tajribasini chuqur egallashi bilan muntazam 
shug‘ullanish alohida ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 170,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin