129
tahminan bilish maqsadida har bir uchrashuv maqsadi aniqlanadi. Kurashchi qaysi
bellas
huvlarni “sof” g’alaba, yaqqol ustunlik bilan, qaysilarini ballar buyicha yuitishi
lozimligini belgilab olish lozim. Taktik jihatdan to’g’ri yo’l tutish maqsadida, xar bir
davra tugashi bilan turnirdagi o’z holati hamda raqib holatini baholab borish zarur.
Buning uchun o’z vazn toifasi buyicha musobaqalar jadvalini olib borish lozim.
Bellashuv davomidagi razvedka raqibning tayyorgarligi to’g’risida yanada aniq
ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Razvedka asosan bellashuv boshida
o’tkaziladi va raqib qanday usullardan foydalanayotganligi, qanday qarshi hujum
uyushtirayotganligi, uning taktik tayyorgarligi usulari, reaksiya tezligi, kuchi va
chidamliligini aniqlashga qaratilgan. Buning uchun raqibga hujumning u yoki bu
usulini bajarish uchun ataylab qulay sha
roit yaratish bilan uni chorlashni qo’llash
mumkin. Bunda himoyalanishga va qarshi hujum uyushtirishga tayyor turish lozim.
Raqibning javob reaksiyasini aniqlash uchun turli xil usullar bilan aldamchi
hujumlarni qo’llash mumkin, lekin bir vaqtning o’zida uning qarshi hujumlaridan
himoyalanishga tayyor turish lozim. Manevr olib borish raqibning hujum usullarini
aniqlashga xizmat qiladi (tik turishni o’zgartirish, raqibdan chekinish va unga
yaqinlashish, uning atorfida harakatlanish, h.k.).Gilam maydonida, uning markazida
yoki chetida holatni o’zgartirish razvedka maqsadi bo’lib xizmat qilishi mumkin. U
raqib qaysi joyda kurashishni afzal ko’rishini, unga qanday hujum qilish yoki undan
qanday himoyalanishni aniqlashga imkon beradi. Ma’lumotlarni har safar yangitdan
to’plash zarur emas, avval shu raqib bilan bo’lgan uchrashuvlardan ma’lum hamma
axborotdan foydalanish hamda ehtimoldagi raqiblar tayyorgarligi to’g’risidagi
qog’ozchaga ega bo’lish lozim.Razvedkadan tashqari, muhim taktik harakatlardan
yana biri - b
u niyatni yashirish hisoblandi. U kurashchining taktik harakati bo’lib,
bunda kurashchi kurash jarayonida raqibning razvedka qilishiga to’sqmnlik qilgan
holda undan o’zining asl niyatini yashiradi. To’g’ri yashirish kurashchining shaxsiy
kashfiyotchiligiga
bog’liq. Tezlashgan; qattiq nafas olish va harakatlarning sustligi
bilan qattiq toliqqanlikni namoyish qilish va shu vaqtning o’zida “portlashga” tayyor
bo’lib, bellashuvda tez va keskin hujumni bajarish mumkin. Bo’sh raqib bilan
o’zining “shoh” usullarini qo’llamasdan turib ikkinchi darajali usullar bilan g’alaba
qozinishga harakat qilish lozim.
Dostları ilə paylaş: