128
Hujum harakatini ma’lum bir usul bilan taktik tayyorlash murakkab usulning bir
qismi bo’lishi lozim. Bunda u hujum usuli bilan uzluksiz ravishda bajariladi.
Aldamchi harakatdan (shaxsan hujum bajarishni taktik tayyorlashdan)
murakkab
hujum harakatining (MHH) hal etuvchi yakuniy harakatiga o’tish paytiga alohida
e’tibor qaratish lozim. Turli hujum usullariga eng maqsadga muvofiq bo’lgan taktik
tayyorgarlik usullarini tanlash lozim. Shu maqsadda
kurashchilar taxminiy MHH
bilan tanishgandan so’ng quyidagi topshiriqni oladilar: ma’lum bir usulga mustaqil
ravishda taktik tayyorgarlik usullarini tanlash va ularni hujum usullari bilan MHH ga
birlashtirish (yangi MHH ni o’ylab topish).
Murakkab hujum harakatlarini takomillashtirishda
pedagogik jarayon yangi
malakani tarbiyalashga qaratilgan. Yangi MHH ni muvaffaqiyatli egallash faqat
avval o’rganilgan usullar asosida amalga oshirilishi mumkin. MHH ni o’rganish
jarayonida MHH ni shakllantirishda
qiyinchiliklarni ketma-
ket yengib o’tishtalabiga
rioya etish lozim. MHH ni bajarishda oldingi mashqlar egallangandan va MHH ning
tay
yorlov harakatidan yakuniysiga o’tishda yuqori aniqlikka erishilgandan so’ng
keyingi beshta urinish davomida takrorlashni bajarish zarur. Agar bunday
takrorlashlarda aniqlik yomonlashmasa (malaka yetarlicha mustahkam bo’ladi),
unda
keyingi MHH ni egallashg
a o’tish lozim. MHH ga o’rgatish boshida bir
harakatdan ikkinchisiga o’tishi aniqligi kamroq bo’ladi, keyinchalik u oshib boradi.
Bellashuvni tuzulish taktikasi:
Sport kurashi taktikasi
texnika rivojalanishi,
musobaqa qoidalari va hakamlik tizimining o’zgarishiga muvofiq holda muntazam
rivojlanib kelmoqda.
Hozirgi paytda kurashchi tomonidan to’xtovsiz hujum bajariladigan taktika afzal
hisoblanadi. Ushbu holda, hattoki agar u ballar bilan baholanadigan hyech qanday
hujum uyushtirmagan, uning raqibi esa
faqat himoyalangan bulsa ham, unga
ustunlik beriladi, raqib esa sustkashligi uchun ogohlantirish oladi.
Kurashchi to’xtovsiz hujumlar taktikasini qo’llash uchun o’z jamg’armasida
taktik tayyorgarlikning turli usullari, ko’p sonli oddiy
xujum harakatlari va MHH ga
ega bo’lishi lozim. Bundan tashqari, bunday taktika yuqori
darajada chidamlilikka
ega bo’lishni taqozo etadi. Shu bilan birga u nisbatan tinch hamda raqibni xujumga
chorlash davrlari bilan almashtirib turilishi mumkin. Bunda kurashchi raqib hujumini
qaytarishga tayyor turishi lozim.
Dostları ilə paylaş: