Mikrobiologiya va immunologiya



Yüklə 2,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/46
tarix21.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#188224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Umumiy mikrobiologiya

Rikketsiyalar
- bakteriyasimon, grammanfiy, shakli o‘zgaruvchan 
(pleomorf), har - xil turdagi bo‘g‘im oyoqlilar organizmida parazitlik qilib 
yashovchi mikroorganizmlardir. Prokariotlar podsholigiga, skotobakteriyalar 
bo‘limiga, (18) rikketsiyalar guruhiga, Ricketsiales tartibiga, Rickettsiaceae 
oilasiga mansub bo‘lib, 3 avlodni biriktiradi. 
1. Rickettsia avlodi, kasallik chaqiradigan rikketsiyalarning 8 ta turini saqlaydi. 
2. Coxiella avlodi, kasallik chaqiradigan rikketsiyalarning 1 turini saqlaydi. 
3. Rocha - Lima, kasallik chaqiradigan rikketsiyalarning 2 ta turini saqlaydi. 


19 
Rikketsiyalar, o‘zlarining evolyusion - biologik xsusiyatlariga ko‘ra, 
bakteriyalar bilan viruslar orasidagi oraliq mikroorganizmlar hisoblanadi. 
Rikketsiyalar morfologik xususiyatlari bilan bakteriyalarga o‘xshaydi.
P.F. Zdrodovskiy shakli 
o‘zgaruvchan 
rikketsiyalarning 
quyidagi 
shakllarini ajaratadi: 
a) kokksimon (sharsimon, dumaloq), bir donachali (0,5 mkm gacha); 
b) tayoqchasimon, ikki donachali (1 - 1,5 mkm); 
s) batsillar; 3-4 donachali (3-4 mkm); 
d) ipsimon, batsillar, ko’p donachali (10 dan 40 mkm gacha). 
Grammanfiy, 
hamma 
anilin 
bo‘yoqlari 
bilan 
namoyon 
bo‘ladi. 
Rikketsiyalarning xususiy bo‘yash usuli P.F.Zdrodovskiy usuli hisoblanadi.
Rikketsiyalarning tuzilishi bakteriyalarnikiga o‘xshab ketadi, ular hujayra 
devori, sitoplazmatik membrana, sitoplazma, kiritmalari bilan, organoid va 
nukleoiddan tashkil topgan. 
Rikketsiyalar, ximiyaviy tuzilishi jixatidan, bakteriyalar va viruslar orasida 
turadi. Ular ko‘p miqdorda (46,6%) yog‘lar va oz miqdorda (4,1%) karbonsuvlar 
saqlashi bilan viruslarga yaqin turadi. O‘zlarining tarkibida DNK va RNK ni 
saqlashi bilan bakteriyalarga yaqin turadi. 


20 

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin