Mikrobiologiya va immunologiya



Yüklə 2,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/46
tarix21.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#188224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Umumiy mikrobiologiya

Xlamidiyalar
- umurtqalilarning qat’iy xujayra ichi parazitlaridir. 
Prokariotlar podsholigiga, skotobakteriyalar bo‘limiga, (18) rikketsiyalar guruhiga, 
Chlamydiales tartibiga, Chlamydiaceae oilasiga mansub bo‘lib, oilaning tarkibiga 
2 ta tur saqlagan bir avlod kiradi: Chlamydia psittaci va Chlamydia trachomatis
.
Ikkala tur xam odam organizmi uchun patogen hisoblanadi. 
Xlamidiyalar kokksimon, juda mayda (0,2 - 1,5 mkm) mikroorganizmlar
eukariot xo‘jayin hujayra sitoplazmasida xarakterli rivojlanish siklini o‘taydigan 
qat’iy hujayra ichi paraziti hisoblanadi.
Ximiyaviy tarkibi jihatidan gram-
manfiy bakteriyalarga o‘xshaydi. Chlamydia psittaci - qushlarda va odamlarda 
ornitoz kasalligini chaqiradi. Chlamydia trachomatis odamlarda traxoma
go‘daklarda kon’yuktivit, blennoreya, tanosil limfogranulomatozini chaqiradi. 
Aktinomitsetlar
(grekcha aktis - zamburug‘) - nursimon zamburug‘lar - 
bakteriyalar 
bilan 
zamburug‘lar 
orasidagi 
oraliq 
mikroorganizmlardir. 
Prokariotlar podsholigiga, skotobakteriyalar bo‘limiga, (17) guruh 
aktinomitsetlar va qondosh organizmlar tartibiga mansub bo’lib, o‘ziga 2 ta oilani 
biriktiradi: Actinomyceticeae va streptomyceticeae. Birinchi oilasiga bir - biriga 
yaqin 2 avlod: Actinomyces va nocardia yoki Proactinomyces kiradi. 


21 
Aktinomitset xujayralarining shakli shoxlangan nozik iplar (gif) dan tashkil 
topgan bo‘lib, har - xil uzunlikda, kengligi 0,2 - 1 mkm. Giflar to‘siqlarga ega 
emas, bir hujayradan iborat. Giflar chigallashib, ko‘zga ko‘rinadigan mitseliyni 
hosil qiladi. 
Patogen aktinomitsetlarga, xujayin organizmida turib, tayoqchasimon 
parchalanishi xarakterlidir. Aktinomitsetlar spora hosil qilish bilan ko‘payadi. 
Sporalar mitseliyning tomonida bittadan yoki to‘p - to‘p bo‘lib joylashgan tashqi 
(ekzo) sporalar va spora tashuvchilar ichida mitseliy iplarining (qisqa - qisqa) 
fragmentatsiya va segmentatsiya (bo‘g‘imlanish) yo‘li bilan etiladigan 
endosporalar tafovut qilinadi. Sporalar dumaloq, oval, silliq yoki tikonak yuzali, 
tayoqchasimon bo‘lishi mumkin. 
Yuqorida aytib o‘tilgan belgilar bilan aktinomitsetlar, zamburug‘larga 
o‘xshaydi. Bakteriyalarga o‘xshaydigan belgilari: kichkina kattalikka egaligi, 
xaqiqiy o‘zak saqlamasligi, faglar ta’sirida erib ketishi, antibiotiklarga sezgirligi, 
devorida sellyuzani saqlamasligi va boshqalar. Mitseliy gram musbat, kislota 
ta’siriga chidamsiz. 

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin