Mikrobiologiya va immunologiya



Yüklə 2,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/46
tarix21.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#188224
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
Umumiy mikrobiologiya

14-masala.
Bemor balg‘ami bo‘yalgan surtmasida Siz rangsiz o‘ralgan zonali 
diplokokklarni aniqladingiz. Diplokokklar va boshqa bakteriyalarni bu tarkibiy 
qismi qanday nomlanadi? 
15-masala.
Silga gumon qilingan bemorning balg‘amidan tayyorlangan surtmada
Siz nozik qizil rangdagi tayoqchalarni, ko‘k tayoqchalar va ko‘p kokklarni 
aniqladingiz. 
1. Qaysi bo‘yash usuli qo‘llanilgan?


24 
2. Balg‘amda sil tayoqchalar aniqlandimi?
3. Ha bo‘lsa, unda ular qanday rangga bo‘yalgan?
16-masala.
Surtmada Siz qizil, dumaloq, terminal joylashgan hosilali ko‘k 
tayoqchalarni aniqladingiz.
1. Bu hosila qanday nomlanadi?
2. Bakteriyalarda ular qanday vazifani bajaradi?
3. Qaysi bo‘yash usuli qo‘llanilgan?
17-masala.
Hujayrada gensianviolet bo‘yog‘ini ushlanib qolish xususiyatiga ko‘ra 
bakteriyalarni farqlashni hohlaysiz. Qaysi bo‘yash usulini qo‘llaysiz? 
18-masala.
Uzoq antibiotikoterapiya kursini o‘tayotgan bemorning, og‘iz 
bo‘shlig‘i shillig‘i pardasidan tayyorlangan surtmani, mikroskop ostida ko‘rilganda 
bitta-bitta, juft yoki kalta zanjir ko‘rinishida joylashgan, yirik ovalsimon va 
uzunchoq mikroorganizmlarni aniqladik. 
1.Mikroorganizmlarni qaysi guruhiga ularni kiritish mumkin 
2. Ushbu kasallikni kelib chiqish sababi?
19-masala.
“Ezilgan tomchi” preparatida septali mitseliy, konidiyali septasiz 
konidiyatashib yuruvchi va o‘simliklarga suv sepadigan idishdan tushayotgan 
suvni eslatuvchi ekzosporalari bor zamburug‘lar aniqlandi. 
1.Zamburug‘ni qaysi urug‘ga tegishliligini aniqlang.
20-masala.
“Ezilgan tomchi” preparatida septasiz mitseliy, boshcha ko‘rinishidagi 
sporongiyalari bo‘lgan, septasiz sporangiya tashib yuruvchilari bor, endosporalar 
saqlovchi zamburug‘lar aniqlandi. 
1. Zamburug‘ni qaysi urug‘ga tegishliligini aniqlang.
21-masala.
“Ezilgan tomchi” preparatida septali mitseliy, konidiyalar va 
mo‘yqalamga o‘xshash bo‘lgan septali konidiya tashib yuruvchi zamburug‘lar 
aniqlandi. 

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin