Prototroflar
–tarkibida faqat tuz va uglevod bo‘lgan muhitlarda o‘sadi, ular
o‘zlari uchun kerak bo‘ladigan zarur metabolitlarni sintez qila oladi.
Auksotroflar
– o‘zlarining rivojlanishi uchun maxsus moddalarga muhtoj
bo‘lgan prototroflarning variantlari. Auksotroflar prototroflardan farq qilib, ularda
metobolik jarayonlarning bir qismi qamralgan va ular o‘zlari uchun kerakli
metobolitlarni sintez qilish imkoniyatini yo‘qotgan, shu sababli muhitga
aminokislota, vitamin va boshqa zarur moddalar qo‘shiladi.
Mikrob xujayrasida energiya olish va oddiy kimyoviy birikmalarni xujayra
tarkibiy qismlariga aylantirishga qaratilgan jarayonlar yig‘indisi metabolizm
deyiladi.bu tushuncha ikkita bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jarayonlar anabolizm va
katabolizmlarni biriktiradi. Metabolizmda qatnashadigan oqsillar – fermentlar
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda ikki mingdan ortiq fermentlar aniqlangan. Ular oltita sinfga
biriktirilgan:
oksidoreduktazalar,
transferazalar,
gidrolazalar,
liazalar,
izomerazalar,
ligazalar.
Fermentlardan
bakteriyalarni
identifikatsiyasida
foydalaniladi: shakarlarni parchalash, proteolitik xossalarga qarab aniqlanadi.
Mikroorganizmlarning energiya va biosintezga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
uchun
atrof-muhitda
etarli
miqdorda
oziq
moddalar
bo‘lishi
kerak.
Mikrorganizmlar oziq moddalarni molekula sifatida o‘zlashtiradi. Murakkab
organik moddalar oziqlanish manbai bo‘lishi mumkin. Buning uchun bu oziq
moddalar oldin gidrolizlanib, sodda birikmalarga aylantirilishi lozim. Oziq
moddalar sitoplazmatik membrana orqali ichkariga kiradi va keraksiz moddalar
hujayradan ushbu membrana orqali tashqariga chiqadi.
Oziq moddalar hujayra ichiga bir necha yo‘llar bilan kiradi. Shulardan biri
passiv diffuziya. Bunda muhitdagi moddalar miqdori hujayradagi moddalar
miqdoridan yuqori bo‘ladi. Shu sababli oziq moddaning ma’lum miqdori hujayraga
kiradi. Agar tashqaridagi moddalar miqdori hujayra ichidagidan bir necha marta
yuqori bo‘lsa, u holda permeaza yorddamida birikmalar sitoplazmaga ko‘p
miqdorda kiradi. Oziqlanishning bu turi engillashtirilgan diffuziya deyiladi. Faol
transport qilinishda oziq moddalar konsentratsiyasi past bo‘lsa ham ular hujayraga
28
kiradi. Agar kirish jarayonida oziq moddalarda kimyoviy o‘zgarishlar sodir bo‘lsa,
bunday kirish yo‘lini kimyoviy guruhlar translokatsiyasi deyiladi.
O‘sish
atamasi tirik organizmlarga tadbiq etilganda, alohida organizmning
kattaligi va og‘irligininig ortishi tushuniladi. Uning miqdorining ortishi esa
ko‘payish
deyiladi.
29
O‘sishning muhim jarayoni bo‘lib, uning irsiy apparatini tiklashidir.
Nukleoid bo‘linishigacha DNKning replikatsiyasi jarayoni bo‘ladi. DNK
replikatsiyasining tugashi xujayra bo‘linishiga to‘g‘ri keladi. Qulay sharoitda
bakteriyalarning ko‘payish tezligi juda yuqori. Har 15-20 daqiqada bitta
xujayradan ikkita hosil bo‘ladi.
Bakteriya populyasiyasining o‘sishi bir necha davrga ajratiladi:
1.
Boshlang‘ich statsionar davri deyiladi.
2.
Bo‘linishni boshlanishi.
3.
Logarifmik tezlashish davri, bu 4-6 soat davom etadi.
4.
Tezlinishning kamayishi.
5.
Statsionar davr.
6.
O‘lish fazasi bilan tugaydi.
Mikroorganizmlarni undirish – ularni o‘stirish uchun sun’iy sharoit yaratish
demakdir. Oziq muhitlarning asosini yangi go‘sht chiqindilarni saqlagan go‘shtli
suv tashkil qiladi. Oddiy va murakkab, suyuq va qattiq oziqli muhitlar ajratiladi.
Oddiylariga GPA va GPB kiradi. Murakkab muhitlarga maxsus, differensial-
diagnostik, elektiv fermentativ xususiyatini aniqlash uchun Giss muhitlari kiradi.
Oziqli muhitlarning asosini, ya’ni go‘sht chiqindilarni saqlagan go‘shtli suv
tashkil qiladi. Odiiy va murakkab, suvli va qattiq oziqli muhitlarni ajratishadi.
Oddiy muhitlarga GPB va GPA kiradi. Murakkab muhitlar: maxsus differensial-
diagnostik, boyitib (to‘plab) beruvchi, elektiv mikroblarning proteolitik va
saxarolitik xususiyatlarini aniqlash uchun qo‘llanadigan muhitlarga bo‘linadi.
Hamma bakteriyalar haroratga nisbatan 3 ta asosiy guruhlarga bo‘linadi:
psixrofillar, mezofillar va termofillar. Psixrofillarga sovuq manbali suvlardan ko‘l,
dengiz va okeanlardan ajratib olingan mikroorganizmlar kiradi, ularning optimal
harorati - 20
0
S, mezofillar uchun - 34-37
0
S, termofillar uchun esa - 50
0
S.
Optimal sharoit yaratish uchun maxsus asbob - termostatlar qo‘llanadi.
Undirish muddati bakteriyaning turiga bog‘liqdir. Qattiq va suyuq oziqli
muhitlarda, bir turga mansub bir yoki bir necha xujayralardan tashkil topgan
mikroblar yig‘indisi sof xosila (undirilgan) deyiladi.
30
Ko‘pgina bakteriyalarning hayot faoliyatida kislorod muhim ahamiyatga
ega. Bakteriyalarning nafas olishi murakkab jarayon bo‘lib, bunda ularga kerak
bo‘ladigan organik moddalarning sintezi uchun energiya ajralib chiqadi.
Barcha mikroorganizmlar nafas olishiga ko‘ra qat’iy aerob, mikroaerofil,
fakultativ anaerob va qat’iy anaerob bakteriyalarga bo‘linadi. Qat’iy aeroblar
atmosferada 20% kislorod bo‘lgan sharoitda o‘sadi, ularga vabo vibrioni, brutsella,
mikrokokk va boshqalar kiradi. Mikroaerofillar oz miqdorda kislorod bo‘lganda
31
ham ko‘payaveradi, ko‘p miqdordagi kislorodda ular o‘sishdan to‘xtaydi;
aktinomitset, leptospira va boshqalar shular jumlasidandir. Fakultativ anaerob
bakteriyalar kislorodli va kislorodsiz sharoitda ham o‘saveradi. Bunga ko‘pgina
patogen va saprofit bakteriyalar kiradi. Qat’iy anaerob bakteriyalarga molekulyar
kislorod zaharli ta’sir etadi, o‘sishni to‘xtatadi. Spora hosil qiluvchi
bakteriyalarning 93 turi fakultativ yoki qat’iy anaeroblar hisoblanadi.
Bakteriyalarda nafas olish jarayoni ketma-ket oksidlanish-qaytarilish
reaksiyalardan tashkil topgan uzun zanjirdir. Bunda elektronlarni eng ko‘p manfiy
potensialga ega bo‘lgan sistemalarga o‘tkazuvchi ko‘pgina fermentlar ishtirok
etadi.
Oziq muhitidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, oksidlanish va
qaytarilish potensialiga bog‘liq, bu ko‘rsatgich aeroblik darajasini miqdoriy
jihatdan belgilaydi. Agar muhit vodorod bilan to‘yintirilsa, potensial juda kam
bo‘ladi va aksincha, muhit kislorod bilan to‘yintirilsa, potensial yuqori bo‘ladi.
Agar oksidlanish va qaytarilish potensiali yuqori bo‘lsa, bakteriya hujayrasidagi
hayot uchun zarur bo‘lgan fermentlarning faolligi to‘xtaydi. Bu holatda anaeroblar
muayyan oziqlanish xususiyatini yo‘qotadi va ochlmkdan nobud bo‘ladi.
Anaeroblar ham muhitga va o‘zi uchun zarur sharoitga moslanish xususiyatiga ega.
Qattiq va suyuq muhitlarda barcha turga mansub yoki bir hujayralardan
tashkil topgan mikroblar yig‘indisi sof hosila deyiladi.
Aerob mikroblarni sof hosilasini ajratib olish uchun kosachadan kosachaga
(Drigalskiy) o‘tkazib ekish usuli qo‘llaniladi. Anaeroblarni sof holda undirib olish
uchun Veynberg, Seysler usullari qo‘llaniladi.
Ajratib olingan sof hosila aerob yoki anaerob bo‘lishidan qat’iy nazar
identifikatsiya qilinadi. Sof hosilani sofligini tekshirish uchun morfologik,
tinktorial belgilari tekshiriladi. So‘ng kultural xossasi tekshiriladi. Fermentativ
faolligini rang-barang, Giss muhitlariga ekilib o‘rganiladi. Maxsus zardoblar
agglyutinatsiya reaksiyasi orqali antigenlik xossasi aniqlanadi. Ekzotoksin
ajratuvchi shtamm bo‘lsa toksigenlik xossasi (bo‘g‘ma, botulizm, qoqshol
qo‘zg‘atuvchilari) o‘rganiladi. Identifikatsiya so‘nggida klinitsist shifokorlar uchun
32
zarur bo‘lgan antibiotikogramma, ya’ni berilgan shtam antibiotiklarga sezgirligi
aniqlanadi.
Chlamydia urug‘iga mansub bakteriyalarning barchasi hujayra ichi obligat
parazitlari bo‘lganligi uchun sun’iy oziqli muhitlarda mutlaqo o‘smaydi.
Xlamidiyalarni tovuq embrionining sariqlik xaltachasida, L-929 hujayralarida,
MsSou kultura hujayralarida o‘stirish mumkin. Hujayra kulturalariga nur yoki
seklogeksim preparati bilan ishlov berilsa, xlamidiyalar yana ortadi, chunki ular
ta’sirida MsSou hujayralarida o‘sish metabolizmi pasaytirilib, xlamidiyalarning tez
ko‘payishiga sharoit yaratiladi.
Patogen spiroxetalar tarkibida maxsus oqsil bo‘lgan muhitlarda (zardob,
qon), a’zo va to‘qimalar kesmasida, ma’lum aminokislotalar to‘plaimdan tuzilgan
sintetik oziq muhitlarda qo‘paytiriladi.
Zamburug‘lar, asosan spora hosil qilib, bo‘linib, kurtaklanib va o‘sib
ko‘payadi. Qulay sharoitda sporalar o‘sib naychalar hosil qiladi, bular o‘z
navbatida uzayib iplar (giflar) ga aylanadi. Keyinchalik giflarda to‘siq pardalar,
ya’ni septalar hosil bo‘ladi. Ular, asosan, yuksak zamburug‘larda bo‘lib, septali
33
giflar deyiladi. Sodda zamburug‘larda giflarida septalar bo‘lmaydi, shuning uchun
ularni septasiz giflar deyiladi. Spora hosil qilish faqat ko‘payish vazifasini bajarib
qolmay, balki zamburug‘larning tashqi muhitda tarqalishiga ham sabab bo‘ladi.
Sporalar tashqi va ichki bo‘ladi. Tashqi sporalar ekzosporalar yoki konidiya
deb ataladi. Ichki yoki endosporalar etilgan zamburug‘larda jinsiy jarayon
natijasida hosil bo‘lib, askalar (askomitsetlar)dan sporagiyalargacha etilib boradi.
Zamburug‘lar aerob sharoitda, Saburo, Chapek-Doks, suyuq suslo yoki
suslo-agarlarda, ya’ni pN 6,0-6,5 bo‘lgan oziq muhitlarda 22-37
0
S haroratda
yaxshi ko‘payadi.
Ko‘pincha zamburug‘lar turli fermentlarga ega bo‘lib, shular yordamida
oqsil, uglevod va lipidlarni parchalaydi, ayrimlari patogenlik omillari ham
hisoblanadi. Ayrim fermentlar yog‘och, teri, suyak va mum kabi sintetik polimerlar
va boshqa murakkab organik moddalarni parchalash xususiyatiga ega.
Patogen zamburug‘larni o‘stirish uchun turli o‘stiruvchi omillar: vitamin,
aminokislotalar, mineral moddalar va mikroelementlar zarur.
Patogen zamburug‘lar agarli muhitda o‘sishiga ko‘ra to‘rt xil koloniyalar: 1)
teriga o‘xshash, silliq, qattiq; 2) paxtaga o‘xshash momiqsimon, g‘ovak; 3)
34
duxobaga o‘xshash tukli, kalta juda ko‘p mitseliylar bilan qoplangan; 4) mo‘rt
pardasimon, tez sinadigan, karton yoki un sepilganga o‘xshash koloniyalarni hosil
qiladi.
Aktinomitsetlar spora hosil qilib, ipchalari mayda bo‘lakchalarga ajralib,
kurtaklanib va bo‘linib, jinssiz ko‘payadi. Ularni o‘stirish uchun qandli bulonga,
qonli, zardobli, go‘sht-peptonli agarlarga, Saburo muhitiga aerob va anaerob
sharoitlarda ekiladi.
Rikketsiyalarning asosiy fiziologik tavsifi ularning hujayrasiz muhitlar va
o‘lgan to‘qimalarda ko‘paya olmasligidir. Ular zararlangan hujayraning yadrosida
emas, faqat sitoplazmasida ko‘payadi.
Dostları ilə paylaş: |