35
8-masala.
Bakteriyalar sof hosilasini GPBga ekkanimizda, shovil kislotasida
namlangan indikator qog‘oz o‘zgarmadi, atsetat qo‘rg‘oshinli
suyuqlikda
namlangan indikator qog‘oz qoraydi.
1. Sizning xulosangiz?
2. Qanday belgi vodorod sulfit hosil bo‘lganligini ko‘rsatadi?
3. Agar indol hosil bo‘lganda, shovil kislotali indikator qog‘oz qanday o‘zgargan
bo‘lar edi?
9-masala.
Bakteriyalar hosilasini jelatin agarli ustunchaga sanchib ekkanimizda,
jelatinni suyulishi kuzatilmadi. Sizning xulosangiz?
10-masala.
Laboratoriyaga anaerob gazli infeksiyaga
shubha qilinayotgan
bemordan olingan jarohat ajralmasi keltirildi.
1. Anaeroblar sof hosilasini ajratishning 1-bosqichida siz qanday muhitdan
foydalanasiz? Tushuntirib bering.
11-masala.
Jarohat ajratmasini Kitta-Tarotssi
muhitiga ekish natijasini
o‘rganishda, oziqli muhitning loyqalanishi aniqlandi.
1. Oziqli muhitda nafas olish turiga ko‘ra qanday bakteriyalar o‘sgan?
2.Bu bakteriyalar sof hosilasini ajratishda, sizning keyingi harakatingiz?
12-masala.
Ajratilgan anaeroblar sof hosilasini sofligini mikroskopik yo‘l bilan
tekshirishni hohlaysiz.
1. Taqdim etilgan qaysi bo‘yash usulini qo‘llaysiz (metil ko‘ki, Ojeshko,Gram)?
2. Nima uchun siz Ojeshko usulini tanlamadingiz?
3. Nima uchun siz metil ko‘kini tanlamadingiz?
Dostları ilə paylaş: