Mikrobiologiya va immunologiya


Viruslarning kimyoviy tarkibi



Yüklə 2,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/46
tarix21.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#188224
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
Umumiy mikrobiologiya

Viruslarning kimyoviy tarkibi 
Viruslarda nuklein kislotalardan biri bir ipli yoki ikki ipli DNK yoki RNK 
bo‘ladi. Bu bo‘linish nisbiy bo‘lib, barcha DNK tutuvchi viruslar virus-maxsus 
(koplementar) RNK va aksincha RNK-genomli viruslar –koplementar DNK hosil 
qilish xususiyatiga ega. 
Irsiy axborotni RNKda saqlash bo‘yicha viruslar noyob mavjudotlar 
hisoblanadi. Viruslarda bir yoki ikki ipli RNK bor, ular to‘g‘ri yoki xalqasimon 
ko‘rinishda bo‘ladi. 
Bir ipli RNK lar vazifasi bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi: birinchi guruhdagi 
viruslar genomi axborot RNKsi bo‘lib, ular o‘zlaridagi axborotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
hujayra ribosomalariga uzata oladi, shuning uchun ularni “musbat ipli” genom deb 
ataladi. Ikkinchi guruhdagi RNKlar esa axborot olish uchun matritsa vazifasini 
bajaradi. Bir ipli RNK tutuvchi viruslar genomi “manfiy ipli” deb ataladi. 
Viruslarda 
genetik 
tuzilma 
–shizonlar 
bo‘lib, 
ular 
polipeptidlar 
(shizomerlarni) nazorat qiladi. 


40 


41 
Viruslar fermentlari.
Viruslar mustaqil metabolizmga ega emasligi tufayli, juda ko‘p anabolik va 
katabolik reaksiyalar uchun kerak bo‘lish fermentlarga muhtoj emas. Ammo 
viruslarda har xil kelib chiqishga ega bo‘lgan 10 dan ortiq fermentlar aniqlangan. 
Bu fermentlarning kelib chiqishiga qarab 3 guruhga bo‘lish mumkin: viriondagi 
(DNKga bog‘liq RNK polimeraza, proteinkinaza, ekzo-endonukleaza), virus 
ta’sirida hujayrada ishlab chiqilgan (indutsiyalangan) va hujayraviy fermentlar. 
Virus 
nuklein 
kislotasi 
replikatsiyasi 
va 
transkripsiyasi 
jarayonlarida 
qatnashadiganlarga replikaza, transkriptazalar kiradi. Xo‘jain hujayraga kirishi va 
yangi virionlarni chiqishini ta’minlaydigan fermentlarga neyraminidaza, lizotsim
ATFazalar kiradi. 

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin