42
va laborator hayvonlar organizmida o‘stiriladi.
Virus bilan zararlangan
hujayralarda quyidagi xususiy o‘zgarishlar ketadi:
1.
Sitopatik ta’sir yoki effekt
2.
Hujayra ichi kiritmalar yoki viroplastlar hosil qilish
Babesh - Negri tanachalari - quturish kasalligida-
nerv xujayralari
sitoplazmasida, Gvarnieri va Pashen tanachalari
- suv chechakda epiteliy
xujayrasida hosil bo‘ladi.
Viruslarning hujayra bilan o‘zaro munosabati.
Virionnning
sintezi organizmda, moyil hujayra ichida ketadi.
Viruslar
reproduksiya mexanizmi murakkab bo‘lib, bir necha davrdan iborat:
1.
Viruslarni yutilishi (adsorbsiyasi) (murakkab viruslarning o‘simtalari,
kapsidning oqsillari orqali)
2.
Virusning hujayraga kirishi, bu to‘g‘risida ikki xil fikr bor:
a) virus hujayra tomonidan “ushlanib”
yutib yuboriladi,
bu jarayon
viropeksis deyiladi
b) virus oqsilli qavatdan hujayra yuzasidan halos bo‘ladi.
3. Virusni tuzadigan komponentlarining sintezlanishi
43
4. Virus oqsillarining sintezi
5. Virionning shakllanishi (morfogenezi)
6. Viruslarning hujayradan chiqishi:
a) “portlash” yo‘li; b) sizib chiqish, kurtaklanish yo‘li
Virus hujayra bilan o‘zaro munosabatining quyidagi turlari tavofutlanadi:
1.
Produktiv tur yangi virionlar hosil bo‘ladi, hujayra o‘ladi;
2.
Abortiv tur hujayra funksiyasi normallashadi, virus esa o‘ladi;
3.
Virogeniya virus bilan
hujayra birgalikda yashaydi,
bir necha nasldan
so‘ng hujayra o‘ladi, yangi virionlar hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: