47
MIKROBLAR EKOLOGIYASI.
Ekologiya er yuzidagi har qanday moddiy narsa geografik unsurlarning
evolyusion rivojiga, ularni o‘rab turuvchi muhitning ko‘rsatgan ta’sirini
o‘rganadigan va bu jarayonni boshqarishga yo‘naltirilgan faoliyat sohasidir.
Respublika aholisining salomatligiga atmosfera havosining shaharlarda
sanoat va transport chiqindilari, qishloq xo‘jalikda pestitsid va mineral
o‘g‘itlarning qo‘llanilishi katta ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa Orol atrofida ekologik
vaziyat juda og‘ir. Qoraqalpog‘istonda tekshirilgan suvning 70% i sanitar-
kimyoviy ko‘rsatkichga, 30% i mikrobiologik ko‘rsatkichga javob bermaydi.
Vodoprovod suvi bilan kanalizatsiya sistemasi va sanitar tozalash sistemasi etarli
emas.
Biosfera – tirik organizmlar yashab turgan er qatlami – erdagi hayot
muhitidir.
Ekologik tizim (ekosistema) – tirik mavjudotlar va tirik bo‘lmagan
elementlar yig‘indisining tabiiy birikmasidir.
Biotsenoz – aniq bir joyni (territoriyani yoki yashash joyini) egallagan
populyasiyalar yig‘indisidir. Biotsenozda o‘simliklar va hayvonlar hayoti uchun
kerak bo‘lgan moddalarning tabiatda aylanishida qatnashadigan bir nechta guruh
organizmlarni ajratishadi:
Produtsitlar-
hosil
qiladigan
planetaning
yashil
o‘simliklari
va
fotosintezlaydigan mikroorganizmlar;
Konsumentlar- o‘txo‘r hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar, odam
parazitlari;
Redutsenlar (bakteriyalar) organik birikmalarni minerallarga parchalaydi.
Uchala guruh organizmlarining o‘zaro ta’siri natijasida bioyenozda doimiy
modda va energiya aylanishi – kichik biologik aylanish - bo‘lib turadi.
Har bir yuqumli kasallik uchun xarakterli bo‘lgan epidemik jarayonning
shakllanishi aniq bir ekologik tizim biotsenozida amalga oshadi. Bu shakllanish
parazit + xo‘jayin o‘zaro ta’siri jarayonlarining aksidir.
Mikroorganizmlarni ekologik tuzumdan majbur chiqarib yuborish, u egallab
48
turgan joyni bo‘shashiga olib keladi. Ekologik jarayonlarga ko‘ra u joy bo‘sh
qolmaydi, boshqa biotsenoz a’zolari yashash uchun kurashga kiradi.
Aniq bir ekosistemani (suv, tuproq, havo, odam organizmi) egallagan
mikroflora ikkiga bo‘linadi:
1.
Autoxton mikroflora – shu ekosistema biotsenozining bir qismi bo‘lib,
ular unda ko‘payadi va to‘liq rivojlanish siklini o‘taydi.
2.
Allaxton mikroflora – biotsenoz qismi hisoblanmaydi, ular biologik
kontaminatsiya mahsulotlari bo‘lib, odam, hayvon chiqindilari, murdalar,
o‘simlik qoldiqlari bilan ajralishadi.
Atrof-muhit iflosganligini tashqi muhit ob’ektlarini odamdan ajralgan
chiqindi bilan ifloslanganligiga qarab aniqlashadi. Mazkur ob’ektlarda mikroblarni
aniqlash sanitar ko‘rsatkichi yomonligini bildiradi, mikroblarni esa sanitar
ko‘rsatkichli mikroblar deyiladi. Ular quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
1.
Ular odam va hayvon chiqindilarida doim bo‘lishlari va atrof-muhitga
ko‘plab ajralishi kerak.
2.
Ular tashqi muhitda ko‘paymasliklari kerak.
3.
Indikatsiya, identifikatsiya va miqdoriy hisob, zamonaviy, sodda,
iqtisodiy foydali mikrobiologik usullarda aniqlash mumkin bo‘lsin.
Ana shu talablarga binoan, hozirgi vaqtda, har xil ob’ektlar uchun quyidagi
sanitar-ko‘rsatkichli mikroorganizmlar
ajratilgan:
Suv – ichak tayoqchalari guruhi bakteriyalari (ITGB), enterokokklar,
stafilokokklar;
Havo – tillarang stafilokokklar, gemolitik streptokokklar;
Tuproq – ITGB, klostridiylar (perfingens), termofillar;
Ovqat mahsulotlar – ITGB, stafilokokklar, protey, enterokokklar;
Ro‘zg‘or buyumlar – ITGB, stafilokokklar, enterokokklar.
Turlar o‘rtasidagi munosabatlar murakkab va xilma-xil tarzda kechadi, bu
munosabatlarni o‘z navbatida bir necha turlarda turlicha bo‘lish mumkin.
Munosabatlarning
simbioz
shaklida har ikkala populyasiya yashash davrida bir-
biridan foyda ko‘radi. Simbiotik munosabatlar darajasi turli xil ko‘rinishda bo‘lib,
49
kuchsiz hamkorlikdan to‘liq mutualizmgacha bo‘lishi mumkin. Agar simbiontlar
yashash
davrida
bir-birining
hayotiy
funksiyalarini
to‘ldirib
tursa,
munosabatlarning bu shakli
mutualizm
deb ataladi.
Kommensalizm
, bu simbiozning shunday ko‘rinishiki, ya’ni kommensallar
xo‘jayin organizmi uchun zarur bo‘lmagan qoldiq chiqindi oziq moddalar bilan
ovqatlanadi va unga zarar etkazmaydi.
Antogonizm
- bir populyasiya tomonidan ikkinchi populyasiya hayot
faoliyatining to‘xtatilishi.
Parazitizm
– bir tur organizmning ikkinchi tur organizm hisobiga yashab, unga
ziyon keltirishi.
Metabioz
- biri boshlangan jarayonni ikkinchisini davom ettirishi.
Sinergizm
- ikkita simbiont birgalikda fnziologik vazifalarining kuchayishi (achitqi
va sut - qatiq bakteriyalari).
Mexanizmi turlicha:
tashqi muhit omillarini ta’sirga chidamlilik darajasi xar xil;
bioenergetik faollik darajasi turlicha;
bakteriotsinlar ajratishi (ichak tayoqchasi enteropatogen esherixiyalarga qarshi
kolitsin ajratadi) va nihoyat antibiotiklar ajratishi;
Mikroorganizmlar orasidagi antagonistik munosabatni Paster kuzatgan. U
kuydirgi tayoqchasi chirituvchi mikroblar bilan aralash hosilada tezda halok
bo‘lishini kuzatgan.
Antagonizm hodisasidan patogen mikroblarni yo‘q qilish uchun
foydalanishni rus olimi YA.I.Mechnikov taklif qilgan. U qatiqdagi sut-qatiq
bakteriyalaridan
ichakdagi chirtuvchi bakteriyalarni
yo‘q qilish
uchun
foydalanishni taklif qilgan. Penitsill mog‘orni davolovchi xususiyatga ega
ekanligini rus olimlari V.A.Manasein va A.T.Polotebiovlar o‘tgan asrning 70
yillarida yozib o‘tishgan.
Bir mikroblarning boshqasiga xalokatli ta’siri, mikrob-antagonistlar
tomonidan maxsus kimyoviy moddalar, atrofdagi mikroblarga o‘ldiruvchi ta’sir
ko‘rsatadigan va ma’lum mikroblarga tanlab ta’sir kiladigan moddalar ajratishiga
50
bog‘liq ekanligi aniqlandi. Bunday moddalar antibiotiklar deb ataldi.
Keyinchalik ko‘plab mikrobiolog olimlar antagonizm hodisasini o‘rganishi
natijasida aktinomitsetlarning, mog‘or zamburug‘larning, bakteriyalarning va
boshqa mikroblarning antagonistik xususiyatlari aniqlandi va antibiotiklar olishga
asos bo‘ldi. Masalan, V.brevis Gram+ bakteriyalarga, V. mesentericus bo‘g‘ma
tayoqchasi, V.mycoides sil tayoqchasiga, V.subtilis sil, ich terlama tayoqchalariga
antagonistik ekanligi aniqlandi. Aktinomitsetlar pnevmokokklar, streptokokklar,
stafilokokklar, ko‘k yiringli tayoqcha uchun antagonist hisoblanadi, mog‘or
zamburug‘lari turli zamburug‘larga va bakteriyalar uchun antagonist hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |