Основы пакета



Yüklə 3,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/357
tarix21.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#188477
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   357
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA tarmoqlari111

 
63
ustida bajariladi. Bu SSE (Streaming SIMD Extensions) texnologiya MP 
modellarining keyingi modellarida o‗z rivojini topdi. SIMD buyruqlari audio va 
video axborotlarga ishlov berishga yo‗naltirilgan; 

ikki hissa oshirilgan (32 Kbaytgacha) L1 kesh-xotira; 

qo‗shimcha 64 bitli sakkizta registrlar mavjud

Pentium Pro va boshqa mikroprotsessorlardan olingan shoxlanishlarni 
bashorat qiluvchi yangi blok. 
Bu mikroprotsessorlarni samarali ishlatish uchun barcha eski dasturlarga 
(shu jumladan, Windows 95, Windows NT operatsion tizimiga ham) 
moslashtiruvchi dastur qismini qo‗shish zarur bo‗lgan; to‗g‗ri busiz ham Pentium 
MMX mikroprotsessori oddiy Pentium mikroprotsessoridan biroz unumdorliroq. 
Odatdagi ilovalarni bajarishda Pentium MMX 10–15% Pentium tezroq
multimediali ilovalarni yangi 57 buyruqlarni ishlatilganda u 30% ga samaraliroq 
(taqqoslash uchun: odatiy ilovalarni bajarishda Pentium Pro mikroprotsessori 
Pentium mikroprotsessoridan taxminan 20% ga o‗zib ketadi). Pentium MMX 
xususiyatlarini hisobga olib yozilgan dasturlar oddiy Pentium mikroprotsessorli 
ShK da ishlamaydi. Pentium MMX mikroprotsessorlari uchun BIOS li Socket 7 
razyomli tizimli plata MMX ni quvvatlashi ta‘lab etiladi va ikkita manba 
kuchlanishi (3,5 va 2,8 V) zarur. 
Pentium II mikroprotsessori qolgan boshqa mikroprotsessorlarga qaraganda 
boshqacha konstruksiyaga ega, xususan, katta bo‗lmagan kartridj-plata (g‗ilofi 
SECC), unga protsessorning o‗zi (7,5 million tranzistori bo‗lgan, Pentium Pro 
MPda 5,5 million) va to‗rtta 2-bosqichli kesh-xotira mikrosxemasi, umumiy hajmi 
512 Kbayt, 1-bosqich kesh-xotirasi protsessorning mikrosxemasida joylashgan 
bo‗lib, 32 Kbayt hajmga ega, Pentium Pro MPda esa 16 Kbayt, lekin 2-bosqich 
kesh-xotirasi MP ichki chastotasida emas, ikki hissa kam tashqi chastotada 
ishlaydi.



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   357




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin