yo'lovchi kabinasi
bor
yo'g'i uch kishiga mo'ljallangan bo'lib, unda hattoki oynalar ham yo'q
edi. Biroq shunga qaramasdan uchta joy ham sotildi. Yo'lda samol-
Uzoq va m ashaqqatli y o ‘l
47
yot kuchli momaqaldiroqqa uchrab, .•
parchalanib ketishiga sal qoldi, biroq
tajribali uchuvchi o‘z mashinasini Lon-
dongacha yetkazib borishga muvaffaq
bo'ldi. Qanchalik ajablanarli bo'lmasin,
uchala yo'lovchi ham parvozdan juda
katta zavq olishdi.
«Oregon Repid» avialayneri
Tez orada Fransiyaning «Farman»
firmasi, Angliyaning «De Xevilend» va Germaniyaning «Yunkers» firma-
lari
ixtisoslashtirilgan yo'lovchi samolyotlarini
ishlab chiqarishni
yo'lga qo'yishdi. Bir necha yil o'tib, Amerikaning «Boing», «Sikorskiy»
va «Kertiss» firmalarida ishlab chiqarilgan yo'lovchi samolyotlari pay
do bo'ldi. Urush yillaridayoq Germaniyalik konstruktor Xugo Yunkers
gofrirovka qilingan aluminiydan samolyot yasashni boshlagan edi.
1920-yillarda tinchlik shartnomasi shartlariga ko'ra Germaniyada o'z
aviasanoatini rivojlantirish taqiqlab qo'yilgan edi, shu sababli G-1 avi-
alaynerlari litsenziya bo'yicha Moskvada yasala boshlandi. Sovet
Ittifoqida birinchi yo'lovchi samolyotlari Yunkers litsenziyasi bo'yicha
yasala boshlangan bo'lsa, tez orada shu yerning o'zida ishlab chiqilgan
konstruksiya bo'yicha ham yo'lovchi samolyotlari kichik seriyalarda ish
lab chiqarila boshlandi. O'rni kelganda shuni ham aytib o'tish zarurki,
1930-yil mayda ilk marotaba «Boing-80» layneri bortida styuardessa
xizmat qila boshladi.
Orollarga boy Karib dengizida и oroldan bu
orolga I. Sikorskiy konstruksiyasi bo'yicha yasal
gan qulay uchar qayiqlar bortida borib kelish mumkin.
Dastlabki avialayner salonida jo y tiqilinch bo'lsada, qulaygina
edi: yo'lovchilar qulay yengil kreslolarda o'tirishar, ular istagan
paytlarida kichkina stolchalardan foydalanishlari mumkin edi.
|