Bunda eng ingichka shtrix birlik sifatida olinadi. Har bir raqam (yoki razryad)
ikki shtrix va ikki probeldan iborat bo’ladi (3 va 4- rasmlar).
Razryadli kodning tarkibida quyidagi kodlar ko’rsatiladi:
davlat kodi ("davlat bayrog’i");
korxona (firma) - tayyorlovchi kodi;
mahsulotning kodi;
nazorat soni.
EAN assotsiatsiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan bo’lib, ushbu
kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda litsenziyalar tavsiya etadi.
Masalan, Frantsiya uchun doalat kodi sifatida 30-37, Italiya uchun 80-87 oraliqlari
tavsiya etilgan. Ba’zi davlatlarning kodlari uch xonali sondan iborat. Masalan,
Gretsiya -520, Rossiya - 460, Braziliya - 789. Ilova 2 da ba’zi
bir davlatlarning
litsenziya asosida olingan kodlari keltirilgan.
EAN razrayadli shtrix kodning hisoblash ketma-ketligi. Misol tariqasida 3-
rasmda keltirilgan shtrix kodning raqamlaridan foydalani
va quyidagi amallarni
bajariladi.
1. SHtrix kodning juft o’rindagi raqamlarining yig’indisi 7+0+1+5+0+1=14
2. Hosil bo’lgan yig’indini 3 soniga ko’paytiramiz 14*3=42
3. SHtrix kodning toq o’rindagi raqamlarining yig’indisi (faqat nazorat soni
hisoblanmaydi) 4+8+0+5+0+0=17
4. 2 va 3 bosqichdagi hosil bo’lgan sonlarni qo’shamiz 42+17=59
5. Yig’indadan o’nlik soni ayiramiz 59-50=9
6. 10 sonidan 5 bosqichda hosil bo’lgan soni ayiramiz 10-9=1
Demak, oxirgi olingan natija 10-9=1nazorat soni 1ga teng bundan ko’rinadiki,
shtrix kodi to’g’ri tuzilgan.
Четки штрихлар
Марказий штрихлар
Давлат
коди
Тайёрловчи
коди
Маҳсулот
коди
Назорат сони
Dostları ilə paylaş: