Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 1 | 2023 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023
238 Tarixdan ma’lumki, sivilizatsiyalar katta saltanat xududlarida, iqtisodiy va
mintaqaviy barqarorlik humk surgan, uzoqni ko‘ra oladigan, xalq farovonligi yo‘lida
jiddu jahd ko‘rsatgan, ilm-fan homiysi bo‘lgan davlat rahbarlari davrida yaratilgan.
Barchamizga ma’lumki, Sharq va G‘arb savdo yo‘llari chorrahasida joylashgan, asrlar
davomida o‘troq ziroatkor va ko‘chmanchi chorvador aholi o‘rtasida mutanosiblik va
mushtaraklik mavjud bo‘lgan, qator bosqinlarni boshidan kechirganligiga qaramasdan
o‘zligini, vatanparvarligini saqlab qolgan, kulay jo‘g‘rofiy maskan sifatida ko‘plab
dinlar, madaniyatlarga joy bergan, jasur va bag‘rikeng, ikkinchi tomondan zahmatkash
va mehnatsevar aholisiga ega bo‘lgan o‘zbek zamini bashariyat tamadduniga katta
hissa qo‘shgan hududlardan biri bo‘lib hisoblangan. Mazkur ko‘hna zamindan jahon
ilm-fani, madaniyati rivojiga bekiyos hissa ko‘shgan qator alloma, olim, ulamolar
yetishib chiqqan.
O‘rta asrlar Sharq tarixida aynan ushbu hudud aksariyat davlatlarga beshik
sifatida geosiyosiy maydonda muhim mavqega ega bo‘lib kelgan. Zero Movarounnahr
zamini bir vaqtning o‘zida musulmon sharqida ham ma’naviymadaniy, ikkinchi
tomondan siyosiy va iqgisodiy markazlardan biri rolini xam o‘taganligini jahon ilm
axti hakli tarzda e’tirof etadi.
O‘zbek xalqi - tarixiy ildizlari deyarli uch ming yillikka borib taqaluvchi
davlatchilik an’analariga ega bo‘lgan xalkdir. Mamlakatimiz zaminidan nafaqat ulug‘
alloma zotlar, balki jahon ijtimoiy-siyosiy hayoti taraqkiyotiga ulkan hissa qo‘shgan
sarkarda, xukmdor, davlat arboblari ham yetishib chikqan. Shubhasiz, ular orasida
peshkadamlik millatimiz faxri va g‘ururi bo‘lmish Sohibkiron Amir Temurga
tegishlidir.
Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga
qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot,
me’morchilik, tarix hamda xarb ilmlarini o‘rgangan. Amir Temur bilan suhbatlashish
sharafiga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors
xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha
yaxshi o‘zlashtirganini ta’kidlagani ham bejiz emas.
Tarix zar varoqlariga nazar tashlasak Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelgan
paytda, Movarounnahr mo‘g‘ullar istibdodi ostida bo‘lib, Chingizxon va Botuxon
bosib o‘tgan shahar va qishloqlar vayronaga aylangan edi. Suv inshootlari buzib
tashlangan yoki ishga yaroqsiz holga keltirilgan, Chingizxon Movarounnahrni o‘zining
ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxonga suyurg‘ol sifatida in’om qilgan edi.
Amir Temur bobomizning xarb ilmini, o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi
navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning o‘zaro
kurashlarida qatnashib, jasorat ko‘rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini
oshirgan. Dong‘i butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu