Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 1 | 2023 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023
239 zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Xizr
Yasovuriy va amir Qazag‘on bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi
Amir Tarag‘oy Amir Temurni avval 1355 yilda amir Joku barlosning qizi Nurmushk
og‘oga, so‘ngra o‘sha yili Qazag‘onning nabirasi va amir husaynning singlisi O‘ljoy
Turkon og‘oga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir
Husayn o‘rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo‘g‘ullarga qarshi kurashadilar.
XIV asrning ikkinchi yarmi XV asr Vatanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy
tarixiy ijtimoiy saboq davri hisoblanadi, chunki bu davrda mo‘g‘ullar hukmronligi va
feodal tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning vayronagarchiliklari va bir yarim asrlik
zulmlari oqibatida iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy turg‘unlik holatiga tushib qolgan
mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qayta tiklashga kirishdi. Bu mintaqada Amir Temur
(1336-1405 yillar) boshchiligida yagona tug‘ ostida markazlashgan, kuchli va mustaqil
davlat tashkil topdi. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan bu tarixiy jarayonda
shubhasiz Sohibqiron Amir Temurning xizmatlari buyukdir.
Bu aqlli va bilimli inson o‘z davlatining kuch-qudratini oshirish va
mustahkamlash uchun birinchi navbatda harbiy va eng muhim iqtisodiy islohotlar
o‘tkazdi. Bu islohotlar zaminida avvalgi davr donishmandlarining aql-idroki, g‘oyalari
mujassam edi, ayniqsa, taraqqiyot uchun yagona davlat, o‘zaro totuvlik,
ishbilarmonlarga qulay mulkiy va huquqiy sharoit yaratishga, ayniqsa savdo-sotiqni
rivojlantirishga alohida e’tibor berildi.
Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Birinchi davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul xonligidan ozod qilib, yagona
markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro urushlarga barham berish. Ikkinchi davri (1386-
1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa mamlakatlarga
yurishlari bilan xarakterlanadi.
1360-yillardan boshlab Amir Temur Movarounnahrdagi ichki nizo, urushlarda
ishtirok eta boshladi va Mo‘g‘uliston hukmdori Tug‘luq Temurxon, uning o‘g‘li
Ilyosxo‘jaga qarshi kurashlardan so‘ng, Amir Husayn ustidan g‘alaba qozongach, 1370
yilda Movarounnahr taxtining haqiqiy sohibi bo‘ldi va Samarqandni hokimiyat
poytaxti etib belgiladi.
Amir Temur taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha yerlariga o‘zini voris
deb bildi va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Toshkent viloyatini, Farg‘ona
vodiysini, Xorazmni o‘z hukmronligi ostiga kiritdi. Natijada, Movarounnahr va
Xurosonda yirik markazlashgan davlat vujudga keddi. Sohibkiron so‘nggi yillarda
Eron, Iroq, Zakavkaze mamlakatlari, Hindiston, Oltin O‘rda va Turkiya bilan bo‘lgan
janglarda g‘olib chiqib, saltanat hududini sharqda Xitoy devoriga qadar, g‘arbda O‘rta
yer dengiziga, janubda esa Hindiston chegaralariga qadar kengaytirdi.