Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

Falsifikatsiya tamoyili
–mazkur tamoyilga binoan, faqat inkor etish orqali 
tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘lgan bilimgina ilmiy bilim bo‘lishi mumkin. 
Fakt (ilmiy)
- ob’ektiv-haqqoniy deb isbotlangan va mazmuni hamisha 
o‘zgarishsiz qoladigan hodisa haqidagi ilmiy bilim. 
Fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida
- insoniyatning dunyo haqida haqiqiy, 
aniq bilim olish va yaratishga bo‘lgan muayyan ehtiyojiga javob tariqasida yuzaga 
kelgan va o‘z mavjudlik jarayonida jamiyat hayotining barcha jabhalari 
rivojlanishiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Shubha
– bu insonning ijodiy izlanishlari oqibatida ilgari egallagan bilimlarini 
qayta ko‘rishga, qadriyatlarni qayta baholashga undaydigan emotsional holatdir 
Eksperiment
–o‘rganilayotgan jarayonga faol va izchil aralashish
eksperimentning maqsadlariga muvofiq maxsus yaratilgan hamda nazorat ostiga 
olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan ob’ektni tegishli tarzda o‘zgartirish yoki uni 
aks ettirish. 
Eksteriorizatsiya
- yangi axborot yaratish borasidagi faoliyat 
Eksternalizm
- fan rivojlanishining ijtimoiy sharoitlariga tayangan holda 
mazkur rivojlanish sabablarini tushunish mumkin emasligini ta’kidlaydilar. 
Erkin tadqiqot (izlanish)
- odatda individual xususiyat kasb etadi yoki ish 
maqsadini mustaqil belgilash va unga zarur bo‘lgan mablag‘larni o‘z ixtiyoriga 
ko‘ra tasarruf etish imkoniyatiga ega bo‘lgan olim tomonidan boshqariladi.
Ehtimoliy-statistik metodlar
- barqaror takroriylik bilan tavsiflanadigan 
ko‘plab tasodifiy omillarning ta’sirini e’tiborga olishga asoslanadi. 
Ehtiros
- ijod jarayoniga tegishli bo‘lgan biror narsani qadriyat sifatida 
baholash yoki bilish usuli
Yaxlit xossalar
– ontologik maqomi immanent, emerjentdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin