Menejmentning tadqiqot usullari


Tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalari -



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

Tadqiqotchilik loyiha-konstruktorlik ishlanmalari -
amaliy tadqiqotlardan 
farqli o‘laroq loyiha konstruktorlik ishlanmalari konkret texnik vazifani bajarish.
Talqin qilish - 
dalilning muhim unsuri bo‘lib, u har xil shakllarda amalga 
oshiriladi. 


155 
Tarixiylik tamoyili
– ob’ektni kelib chiqishi va rivojlanishiga bog‘lab, uni 
mufassal o‘rganish. Mazkur tamoyilning shakllanishi va mohiyati to‘g‘risida maxsus 
bo‘limda so‘z yuritiladi.
Tizimli yondashuv
– umumilmiy bilimning tarmoqlangan sohasi bo‘lib, uning 
predmetiga reduksiya, yaxlitlik va kontrreduksiyaning metodologik muammolari 
ham kiradi.
Tushuntirishning bosh maqsadi
– o‘rganilayotgan predmetning mohiyatini, 
rivojlanish sabablari, shartlari va manbalarini, harakat mexanizmlarini aniqlashdan 
iborat. 
To‘ldiruvchanlik 
tamoyili
.- 
tadqiqotning 
ko‘pgina 
ob’ektlari 
(mikrodunyoning elementar zarralarga o‘xshash eng oddiy ob’ektlaridan tortib to 
inson va jamiyat singari murakkab ob’ektlargacha) har xil, hatto qarama-qarshi 
bilimlar (nazariyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar)ni birlashtirish asosida nisbatan 
to‘la tavsiflanadi. 
Tanqidiy fikrlash 
- ilmiy g‘oyalarni har xil nuqtai nazardan hamda mavjud 
barcha muqobil yondashuvlarga taqqoslab va solishtirib faol ko‘rib chiqish jarayoni. 
Texnologik usul 
- ilmiy ishning tuzilishiga va ilmiy izlanish natijalarini 
asoslashga qo‘yiladigan talablar majmui. 
Tizimga 
solish
-ilmiy nazariyalar, ta’limotlar va hokazolarning elementlari, 
aloqala va tuzilmalarini bir tizimga keltirish. 
Tolerantlik 
- o‘zganing fikri, e’tiqodi va diniga bag‘rikenglik. 
Transsendensiya 
- hissiy tajriba bilan tasdiqlanmaydigan aqliy mushohada 
ob’ektlarining oliy turini ifodalovchi falsafiy tushuncha. 
Umumlashtirish
–predmetning umumiy xossa va belgilarini aniqlash jarayoni 
bo‘lib, mavhumlashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Bunda har qanday umumiy 
(abstrakt-umumiy) yoki muhim (muayyan umumiy, qonun) belgilar ajratilishi 
mumkin.
Falsifikatsiya 
-eksperimental yoki nazariy ma’lumotlarga muvofiqligini 
empirik yoki nazariy tekshirish asosida u yoki bu ilmiy gipotezaning soxtaligini 


156 
aniqlovchi konsepsiya. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin