153
Nazariya (ilmiy)
- voqelikning u yoki bu sohasidagi
qonuniyatlar haqida
yaxlit tasavvur beruvchi ilmiy bilimni tashkil etish shakli.
Nazariya
– bu tabiat va jamiyat qonunlarining
tushunishgagina emas,
balki
unga faol ta’sir etib aqliy asosda o‘zgartirishlar kiritish haqidagi ilmiy g‘oyalar
to‘plami.
Nomotetik metod (yunoncha nomothetike – «qonunchilik san’ati»)
-
qonunlarni umumlashtirish va belgilashga qaratilgan bo‘lib,
tabiatshunoslikda
namoyon bo‘ladi.
Nanotexnologiya
-mitti texnologiya bo‘lib, uning prototipi tabiatning o‘zida
mujassam. Ko‘zga ko‘rinmas bakteriyalar, chumoli, o‘rgimchak va shunga o‘xshash
hasharotlar tabiiy nano jismlardir.
Ongsizlik
-inson maxsus metodlarsiz anglay
olmaydigan faol ruhiy holatlar,
operatsiyalar va harakatlarning majmui.
Paradigma
- ilmiy vazifalarni hal qilishda
namuna sifatida olingan
nazariy, metodologik va aksiologik ko‘rsatmalar tizimi.
Peripatetizm
- Aristotel va uning izdoshlari (Teofrast, Straton, Forobiy, Ibn
Sino va boshqalar)ning barcha
bilim sohalari,
shu jumladan ilmiy bilim
sohalarini ilmiy ishlab chiqishga asoslangan falsafiy ta’limoti.
Pozitivizm
- pozitiv (haqqoniy) bilimni faqat ilmiy (lekin nofalsafiy)
bilish
asosida olish mumkin, degan qarashni ilgari suruvchi ta’limot.
Postindustrial
jamiyat
-sivilizatsiya taraqqiyotining
hozirgi zamon
bosqichini tavsiflovchi falsafiy-sotsiologik tushuncha.
Dostları ilə paylaş: