Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

Muammoni qo‘yish
– ilmiy bilish jarayonining dastlabki bosqichi. 
Muammoni qo‘yishda, avvalo, ayrim holatni masala sifatida anglab etish, qolaversa, 
muammoning mazmunini aniq tushunish, ma’lum va noma’lum narsalarni ajratgan 
holda uni ta’riflash lozim.


153 
Nazariya (ilmiy) 
- voqelikning u yoki bu sohasidagi qonuniyatlar haqida 
yaxlit tasavvur beruvchi ilmiy bilimni tashkil etish shakli. 
Nazariya
– bu tabiat va jamiyat qonunlarining tushunishgagina emas, balki 
unga faol ta’sir etib aqliy asosda o‘zgartirishlar kiritish haqidagi ilmiy g‘oyalar 
to‘plami. 
Nomotetik metod (yunoncha nomothetike – «qonunchilik san’ati»)
-
qonunlarni umumlashtirish va belgilashga qaratilgan bo‘lib, tabiatshunoslikda 
namoyon bo‘ladi. 
Nanotexnologiya
-mitti texnologiya bo‘lib, uning prototipi tabiatning o‘zida 
mujassam. Ko‘zga ko‘rinmas bakteriyalar, chumoli, o‘rgimchak va shunga o‘xshash 
hasharotlar tabiiy nano jismlardir. 
Ongsizlik
-inson maxsus metodlarsiz anglay olmaydigan faol ruhiy holatlar, 
operatsiyalar va harakatlarning majmui. 
Paradigma
- ilmiy vazifalarni hal qilishda namuna sifatida olingan 
nazariy, metodologik va aksiologik ko‘rsatmalar tizimi. 
Peripatetizm 
- Aristotel va uning izdoshlari (Teofrast, Straton, Forobiy, Ibn
Sino va boshqalar)ning barcha bilim sohalari, shu jumladan ilmiy bilim 
sohalarini ilmiy ishlab chiqishga asoslangan falsafiy ta’limoti. 
Pozitivizm 
- pozitiv (haqqoniy) bilimni faqat ilmiy (lekin nofalsafiy) bilish 
asosida olish mumkin, degan qarashni ilgari suruvchi ta’limot. 
Postindustrial 
jamiyat
-sivilizatsiya taraqqiyotining hozirgi zamon 
bosqichini tavsiflovchi falsafiy-sotsiologik tushuncha. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin