yuklangan muqaddas vazifadur... Negaki fikming quwati, ziynati,
kengligi, muallimning tarbiyasiga bog'liqdur”1.
Ayni zamonda muallif ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liq ekanini
ham ta’kidlaydi: “Dars ila tarbiya orasida biroz farq bor bo‘isa ham,
ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan
jon ila tan kabidur”2 deydi. Abdulla Avloniyning fikricha, inson
butun borliqning ko‘rki va sharafidir. Inson o‘z go‘zalligi va
murakkabligi bilan Koinotdagi barcha mahluqotlardan afzaldir.
Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak, chunki inson uning
sohibidir. Chunki insonning aqli bor. U shu aql yordamida ilm
egallaydi, ilm tufayli dunyoni boshqaradi.:
“Aql, — deydi Avloniy, ~ insonlaming piri komili, murshidi
yagonasidur, ruh ishlovchi,
aql boshlovchidur.
...jnsonni
hayvonlardan so‘z va aql ila ayirmishdur. Lekin inson aql va idroki
soyasida o'ziga keladirgan zarar va zulmlardan saqlanur. Yer
yuzidagi hayvoniami asir qilib, bo‘ynidan boylab, iplarining uchini
qo‘llariga bergan insonlaming aqlidur”. Avloniy insonga va uning
aqliga ana shunday yuksak baho beradi. “Ilm insonlarning madori,
hayoti, rahbari najotidur. Agar aqlingni qo‘li nafsingni jilovini
ushlasa. sani yomon yo'llarga kirmoqdan saqlar. Har narsa ko‘p
bo‘lsa, bahosi arzon bo Mur, ammo aql esa ilm va tajriba soyasida
qancha ko‘paysa, shuncha qimmatbaho bo‘lur”.
“Turkiy guliston yoxud axloq” kitobi ma’rifatparvarlik
g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Abdulla Avloniy kitobda ilm to‘g‘risida
bunday deydi: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm
inson uchun g‘oyat oliy, muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga
o‘z axvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni,
fikrimizni qilich kabi
0
‘tkur qilmoq,... Ilmsiz inson mevasiz daraxt
kabidur...”. Avloniy ilmni mnuman emas, balki uning amaliy va
hayotiy foydalarini aytib, “Bizlami jaholat, qorong‘ulikdan
qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma’rifat dunyosiga chiqarur,
yomon fe’llardan, buzug1 ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob
sohibi qilur... Alhosil butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz,
Dostları ilə paylaş: