‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Maktabdan tashqari ta’lim



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

8. Maktabdan tashqari ta’lim
Maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida 
davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa 
yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilib, bolalar hamda o‘smirlaming ta’lim- 
ga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qon- 
dirish, ulaming bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida 
olib boriladi.
Fan 
- yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan 
foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab 
chiqaruvchi bo‘lib, “kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va 
jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental 
va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va il­
miy-pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’lim 
tizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash 
jarayonining ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta’lim­
ning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli 
sohalari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy 
tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlar- 
ning, ilmiy-pedagogik xodimlaming ijtimoiy mavqei va obro‘sini 
oshirishni va shu kabilami qamrab oladi”1. Kadrlar tayyorlash 
milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan, yana 
shuningdek, “ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim stan­
dartlari, ta’lim dasturlari, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar
1 Barkamol avlod orzusi //Tiizuvchilar Sh.Qurbonov, H.Saidov, R.Ahliddinov. Toshkent: Sharq 
nashriyot-m atbaa kontserni Bosh tahririyati, 1999. 172-bet.
66


tayyorlashda, ilmiy-metodik ta’minotni amalga oshirishda bevosita 
va bilvosita ishtirok etadi”1.
Ishlab chiqarish 
- kadrlarga bo‘Igan ijtimoiy ehtiyojni 
shuningdek, ulaming tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan 
qo‘yiladigan talablarni belgilovclii asosiy buyurtmaehi, kadrlar 
tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnika jihatdan 
ta’minlash jarayonining qatnashchisi.
“Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash 
tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb 
tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, 
malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning zamonaviy texnolo­
giyalari va shaldiarini tanlashni taqozo etadi.
Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlaming sifati va 
raqobatbardoshligiga baho beradi”2.
Ishlab chiqarishda muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida 
mutaxassislami tayyorlashni, guruhlarni va о‘quv yurtlarini moli- 
yalash jarayonida ishtirok etib, mutaxassislaming kasbiy rivoj­
lanishi va shaxsiy faolligini rag‘batlantiradi, ulami moddiy va 
ma’naviy jihatdan qoilab - quwatlashda bevosita ishtirok etadi». 
Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan 
foydalanuvchi iste’molchi sifatidagina faoliyat olib borgan boisa, 
bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o‘zgardi. 
Endilikda ishlab chiqarish kadrlami tayyorlash sifati va saviyasiga 
nisbatan o‘z talablarini qo‘ya oladi. Shu bilan birga sifatli hamda 
yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab yetishtirish yoiida uzluksiz 
taiim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik 
jihatdan qoilab-quvvatlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Shu 
asosida kadrlar tayyorlash tizimining faol ishtirokchisiga aylandi.
Milliy model Konsepsiyasining mazmuni o‘zbek xalqining 
milliy turmush tarzi va ma’naviy-axloqiy an’analari bilan ham- 
nafasdir. Zero, xalq orasida qadimdan «ma’rifatli inson» 
tushunchasi qoilanilib kelingan boiib, u o‘zida keng ma’noni 
ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma’rifatli boiish o‘zbek xalqi,
1 O 'sh a asar, 171-bet.
2 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi //Oliy ta’lim: 
m e ’yo riy
hujjatlar to ‘plami. - Toshkent: Sharq 
nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. 2001. 42-bet.
67


ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo'lish o‘zbek xalqi, 
millatining ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi. 
Ma’rifatlilik - faqatgina bilim va malakaga ega bo‘lish emas. ayni 
vaqtda chuqur ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson 
qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo‘ladi. 
Shuning uchirn ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun 
mohiyati o‘zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan 
bog‘lanib ketgan.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin