‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

didaktikos),
“o‘r- 
gatuvchi”, 
didasko
esa “o‘rganuvchi” ma’noni anglatadi. Ushbu 
tushuncha pedagogik atama sifatida nemis olimi 
Ratke
(Ratixiem) 
(1571-1635) tomonidan kiritilgan boiib, u didaktikani taiim berish 
sanhati, yahni amaliy ko‘nikma sifatida ko‘rgan. Mazkur tushuncha 
turli tarixiy davrda turlicha talqin qilib kelingan:
YA.A. Komenskiy
(1592-1670) o‘zining “Buyuk didaktika” 
asarida didaktika “barchani barcha narsaga o ‘qitishning universal 
sanhati”, “ma’naviy qadriyatlami shakllantirish” vazifasini 
bajaradi, degan g‘oyani ilgari surgan;
I.F.Gerbart
(17762-1841) didaktikaning nazariy asoslarini 
ishlab chiqishda taiim va tarbiya, o‘qitish va o‘qish jarayonlarini 
birlashtirgan holda “tarbiyalovchi ta’lim” deb tushungan;
D.Dyui
(1859-1952) taiim jarayonida asosiy e’tibomi o‘quv- 
chining faolligiga, shaxsiy tajriba va aqliy faoliyat qobiliyatini 
shakllantirish asosidagi amaliy faoliyat tamoyillariga qaratgan.
Mazkur pedagogik yondashuvlar va konsepsiyalar didaktikani 
o‘qitish va o‘rganishning nazariyasini tavsif qiluvchi fan sifatida 
tushunishga o‘zining jiddiy ta’sirini o‘tkazdi. Bir vaqtning o‘zida 
didaktika umumlashgan ijtimoiy va madaniy tajribani keyingi 
avlodga tizimli yetkazish bilan bogiiq fan sifatida shakl- 
langanligiga ehtibor qaratish mumkin. Shu bilan birga, taniqli 
bolgar faylasufi va pedagog olimi I.Marev didaktikaning tarixiy
73


rivojlanish davriarini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga 
ajratgan.
Birinchi bosqich
- YA.A.Komenskiygacha bo‘lgan davr. 
Ushbu bosqich o‘rta asr sxolastikasi hukmronlik qilgan sharoitda 
ilmiy 
asoslamnagan 
“pedagogik 
va 
didaktik 
ijodiyot” 
shakllanganligi, didaktik jarayonni anglash, “tarbiya an’analari va 
udumlari” rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Ikkinchi bosqich —
YA.A.Komenskiydan kibemetika fani 
(boshqaruv jarayonlciri nazariyasi)
kirib kelgungacha bo‘lgan 
davmi (1950) o‘z ichiga oladi va ushbu bosqichda pedagogik va 
didaktik nazariyalaming rivojlanishi, ulaming asosiy qonun va 
qonuniyatlarining shakllanishi bilan ajralib turadi.
Uchinchi bosqich -
kibemetika fani kirib kelishidan hozirgi 
kungacha bo‘lgan davrdir. Ushbu bosqich hal qiluvchi bosqich 
bo‘lib, pedagogika va didaktikaning dolzarb vazifalarini yechish, 
yangi didaktik materiallami yaratish va ulardan samarali 
foydalanish, o‘qitishning texnik vositalarini, o‘rgatuvchi va nazorat 
qiluvchi dasturlaming yaratilishi bilan bog‘liq.
Didaktikaning fan sifatidagi ko‘p asrlik tarixi davomida 
“pedagogika” va “didaktika” ilmiy kategoriyalar o‘rtasidagi 
munosabatlami aniqlashga doir turli yondashuvlar shakllandi.
I.Marev va boshqa mutaxassislar fikricha pedagogika va didaktika 
o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi konseptual yondashuvlar 
asosida talqin etilishi mumkin:
- pedagogika va didaktika o‘xshash tushunchalar;
- pedagogika va didaktika o‘rtasida yaxlitlik va uning tashkil 
etuvchisi (bir qismi) sifatida munosabatlar shakllanganligi;
- “didaktika” - “pedagogika” nisbatan hajm jihatidan 
kengroq tushuncha;
- pedagogika va didaktika alohida mustaqil fanlar;
Yevropa va Amerika, sobiq ittifoq hamda sharqiy Yevropa
pedagog olimlari tomonidan ham mazkur ilmiy sohalar (pedago­
gika va didaktika) o‘rtasidagi mimosabatlar va o‘zaro bog‘liqliklar 
turlicha talqin qilib kelingan, yagona yondashuv va konseptual
74


pozitsiyaga kelinmaganligining asosiy sababi “didaktika” tushun- 
chasining o‘zini talqini turlicha bo'lganligidadir. Bu boradagi 
an’anaviy yondashuvga asosan didaktika pedagogikaning bir qismi 
sifatida qaraladi1.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin