‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


(akademik bilimlarga ega bo'lishni



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

(akademik bilimlarga ega bo'lishni
), balki ularda yangi ko‘nik- 
malami 
(XXI asr ко nikmalari ham deb yuritilmoqda
) shakllan- 
tirishni talab qilmoqda. Avvalgi asrda insondan fanlarga oid 
bilimlami egallashi, kasbiga oid tushunchalami yaxshi bilishi 
yetarli boigan boisa, hozirgi davrda inson o‘z hayotini muvaffa- 
qiyatli qura olishi uchun awallari tasawurimizda boimagan 
hayotiy ko‘nikmalarni egallashlarini taqozo etmoqda. Bunday 
hayotiy ko‘nikmalar haqida keyingi boblarda batafsil to‘xtalib
0
‘tamiz.
Taiimning maqsadlari nimalardan iborat? Yosh avlodga 
qanday taiim va tarbiya berish va nimalami va qanday o‘qitish 
kerak? Ushbu azaliy savollar pedagog-olimlarni, o‘qituvchilami,
101


jamiyat va davlat arboblarini, va umuman har qanday ongli 
insonlami o‘ylantirib kelgan.
Ijtimoiy hayot ishtirokchilarining har biri o‘ziga xos talablarni 
qo‘yadi: ota-onalar o‘z farzandlari baxtli bo‘lishlarini, kerakli bilim 
va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini xohlaydilar; hukumat vakillari 
esa jamiyat a’zolari davlat qurilishida faol fiiqarolik pozitsiyasiga 
ega bo‘lgan, demokratik va insonparvarlik g‘oyalarini hayotga joriy 
etadigan, ijtimoiy munosabatlami faol qura oladigan insonlar 
yetishib chiqishini xohlaydi; iqtisodiyot o‘zining talablariga javob 
beradigan, raqobatga bardosh bera oladigan, tegishli kasbiy 
tayyorgarlikka ega boigan yetuk mutaxassislarga ehtiyoj sezadi. 
Bunday sharoitda, ya’ni jamiyat a ’zolari ilgari surgan talab va 
ehtiyojlaming
xilma-xilligi sharoitida, ta’lim maqsadlarini 
belgilashda yagona konsensusga kelish mumkinmi?
Bu savollarga to‘g‘ri javob topish nafaqat pedagogik 
hamjamiyatning asosiy muammolariga, balki global miqyosda 
ko‘tarilayotgan va yechimini kutayotgan, insoniyat oldidagi katta 
chaqiruvga aylangan masaladir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
(BMT: un.org) hamda uning ta’lim, fan va madaniyat masalalari 
bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO: unesco.org), yirik jamoat 
tashkilotlari, xalqaro hamkorlik tashkilotlari (Global Partnership 
for education: gpe.com, ASCD: ascd.org, Partnership for 21st 
Century skills: p21.org, Technology, Environment and Design -
TED Education Talks: ted.com), yirik universitetlar va ulaming 
olimlari ham XXI asrda ta’limning maqsad va vazifaiari qanday 
belgilanishi kerak, degan savollarga o‘zlarining aniq taklif va 
tavsiyalarini berib kelmoqda.
Turli davrlarda ta’limning maqsad va vazifalariga nisbatan 
turli, hattoki qarama-qarshi g‘oya va yondashuvlar, mavjud 
bo‘lganki bizning davrimiz ham bundan mustasno emas.
Pedagogik hamjamiyat bu masalada bir nechta yo‘nalish 
tarafdorlariga boiinadi. Birinchi yo‘nalish tarafdorlari, ya’ni 
“ta’limda pragmatizm” tarafdorlari, ta’limning 
masqadlarini 
belgilashda asosiy tezis sifatida ishlab chiqarish, sanoat va mehnat 
bozori talablariga javob beruvchi malakali mutaxassislami 
tayyorlash g‘oyasini ilgari suradi. Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari
102


“gumanistik ta’lim”, ya’ni ta’limni insonparvarlashtirish g‘oyasini 
ilgari surishadi. Gumanistik ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy 
qonuniyati shaxsni rivojlantirishga, uning shaxsiy sifatlarini 
shakllantirishga qaratilgan. Bunday g‘oyaga asoslangan ta’lim 
maqsadlarining mazmunini belgilashda jamiyatning madaniy 
qadriyatlari yadro sifatida xizmat qiladi.
Pedagogik nazariyada o‘qitish maqsadlarini belgilashda 
alohida o‘rin egallagan, ushbu masalada yetuk mutaxassis bo‘lgan 
amerikalik mashhur pedagog va psixolog B.Blum taksonomiyasini 
keltirish mumkin....
Uchinchi g‘oya tarafdorlari (Ken Robinson, Dayana Xalpem, 
Edgar de Bono) awalgi yo‘nalish tarafdorlaridan tubdan farq 
qilgan holda ta’limning asosiy maqsadi inson qobiliyatini ro‘yobga 
chiqarishdan iborat ekanligini, har bir insonga tabiat tomonidan 
ma’lum bir yoki bir nechta qobiliyat in’om etilganligi va o‘zining 
hayot y o ii va mehnat faoliyatini belgilashda ana o‘sha qobiliyatni 
ro‘yobga chiqarish nuqtayi nazaridan amalga oshirishdan iborat, 
deb hisoblashadi.
Ushbu qarashlar awalgi boblarda ko‘rilgan ta’limning falsafiy 
tamoyillari (

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin