‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


* Michael Uljcns School Didactics



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

* Michael Uljcns School Didactics 
and 
Learning; A School Didactic 
Model Framing 
an Analysis o f Pedagogical Implications o f Learning Theory
IVM
y ,
104


faoliyat va ongning o‘zaro bog‘liqligi nazariyasini islilab chiqish, 
mustaqil o‘quv bilish ishlari, o‘qishni faollashtirish, ta’lim jarayon- 
larini optimallashtirish, faol ta’limning shakl va metodlaridan 
foydalanish kabi muammolar asosiy o‘rin oladi. Ularni ishlab 
chiqish mamlakat pedagogika va psixologiya fonlarida jahonda 
haqli ravishda e’tirof etilgan turli yo‘nalish va maktablar vujudga 
kelishini oldindan bilish imkonini yaratdi.
Ta’lim jarayon bo‘lib, u natija va tizimdir. Ta’lim jarayon 
sifatida bilimlar, ko‘nikma va malakalarning ma’lum yig£indisini, 
faoliyat va munosabatlaming tegishli tajribasini o‘zlashtirishga 
qaratilgan maxsus ishlaming tashkil qilinishidir. Ta’lim natija 
sifatida bilimlarni, faoliyat va munosabatlar tajribasini o‘zlash- 
tirishda erishilgan darajadir. Ta’lim tizim sifatida davlat 
muassasalari va boshqarish organlarining majmuasi bo‘lib, ular 
doirasida insonni tarbiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Shu tariqa, 
ta’lim doimo bir yo‘la tarbiyalash jarayonini ham, o‘qitish 
jarayonini ham ifodalaydi.Yosh avlod haqida gap borar ekan, 
shaxsning kamol topishi, o‘z mavqeyini anglash va o‘zini 
ko‘rsatish masalalari birinchi o'rinda turadi. Bu masalalar butun 
jamiyat va maxsus yaratilgan ijtimoiy institutlar va insonning o‘zi 
tomonidan tasodifiy ravishda ham, maqsadga muvofiq yo‘sinda 
ham hal qilinishi mumkin. Ta’lim tizimida shaxsning ijtimoiy- 
lashuvi, kasbni egallashi va moslashuvi jarayonlarini maqsadga 
muvofiq tarzda boshqarishga ham da’vat etilgan.Bugungi kunda 
har bir xalqning faqat o‘z milliy madaniyati asosida o‘qishi va 
tarbiyalanishi yetarli emasligi, u jahon madaniyati boyliklarini ham 
anglashi zarurligi to‘g‘risidagi fikrlar tasdiqlanmoqda. Bilimdon 
kishilami tarbiyalashdek an’anaviy vazifa o‘miga atroflicha fikr 
yuritadigan ijodkor kishilami kamolga yetkazish vazifasi olg‘a 
surilmoqda. Ilgari ma’lumotlilik darajasi o'rganilgan qoidalar, 
tahlil qilingan asarlar, yodlangan she’rlaming soni va bir xil 
masalalami yechish ko‘nikmasi bilan belgilangan boisa, hozirgi 
kunda bu daraja miqyosi kengaydi. Eng muhim masalalami qo‘ya 
bilish har qanday ishga ijodiy yondashish kabi xislatiar 
ma’lumotlilik darajasini ko'rsatadi.
105


Aw algi vaqtlarda o‘quvchilami axborotlardan xabardor 
qilingan boisa, endi ularda hayotni o‘zgartirish, uni yaxshi 
tomonga burish ko‘nikmalari va qobiliyatlarini shakllantirishga 
jiddiy ahamiyat berish zarur. Eng muhimi, butun tarbiyaviy 
jarayonni insonga qaratishdir. Taiim insormi bilimlar bilan 
qurollantiribgina qolmasligi, balki uni shaxs sifatida kamol 
toptirishi va takomillashtirishi ham kerak.
Boshqacha aytganda, jamiyatda ta’limni insonparvarlashtirish 
g‘oyalari tobora keng yoyilmoqda. Shubhasizki, jamiyat va 
maktabni insonparvarlashtirish muammosi ta’limning og‘zaki 
axborot usulini unumli, yaratuvchilik usuliga aylantirish bilangina 
hal bo‘lmaydi. Mazkur jarayonning eng muhim yo‘nalishi taiim
mazmunini insonparvar qilishdir. Bu tadbir, birinchidan, shaxsda 
madaniyatni shakllantirishda fanlarning rolini oshirishdan, xalq 
milliy 
madaniyatining barqaror boyliklarini tushunishdan, 
ikkinchidan, tabiiy ilmiy va texnika fanlarini ekologik hamda 
ijtimoiy ahamiyatli jihatlar bilan boyitishdan iboratdir.
Ta’Iimni insonparvarlashtirishning eng zarur tomonlaridan biri 
maktab o‘quvchi!arga faqat ma’lum hajmdagi bilim, ko‘nikma va 
malakalami o‘zlashtirishda yordam berib qolmay, balki ulami 
madaniyati, uning boyliklari va xilma-xilligiga jalb etishi kerak. 
Hozir o‘zbek maktabining milliy xarakteri muammosi g‘oyat 
jiddiydir.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin