‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Ta’limda sinf-dars tizimming vujudga kelishi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

2.Ta’limda sinf-dars tizimming vujudga kelishi
Ta’limni boshqarishning asosiy tashkiliy shakli quyidagi 
ma’lum belgilarga ega boigan mashg‘ulotlar guruh yo‘sunida 
o‘tkaziladi:
- mashg‘ulotlaming har yili va har bir o'qish kuni bir paytda 
boshlanishi;
- mashg‘ulotlar va ular orasidagi tanaffuslaming ma’lum vaqt 
davom etishi;
- guruhlardagi bolalarning yoshi va soni jihatdan baravarligi;
- material o‘rganish sur’atining bir xilligi;
123



о‘quv 
mashg‘ ulotlarining 
ma’lum 
tashkiliy 
shaklda 
o‘tkazilishi.
Guruhli mashg‘ ulotlarning sinf-dars tizimi deb atalgan bunday 
shakli keng tarqaldi, mustahkamlandi va hozir ham ancha 
takomillashgan holda mavjuddir.
Maktab rivojlanishi tarixida 20 yillarda ta’limning yakka 
tartibdagi shakli notanqidiy yo‘sinda qabul qilindi va amaliyotga 
ta’limning brigada - laboratoriya metodi bilan kiritildi. Unda bir 
guruh (5-6 nafar) o‘quvchilar o‘qituvchi tavsiya etgan materialni 
mustaqil holda o‘rganganlar. 0 ‘qituvchi maxsus tushuntirishlar 
bermay, faqat yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatgan. Hamma narsa uchun 
brigadir javob bergan. Bunday ta’lim bolalarning o‘quv faoliyati 
uchun mas’uliyatini pasaytirgan. Maktab barham topishining 
noto‘g‘ri pedagogik konsepsiyalari davrida taiimning “loyihalar 
metodi” deb atalgan shakli vujudga kelgan. Unda o‘quvchilar 
o‘qituvchining topshirig‘i bo‘yicha qandaydir obyektning loyi- 
hasini tayyorlaganlar. Mazkur g‘oyalar mualliflarining aytishicha, 
o‘quvchilar loyihani tuzishda o‘quv rejasi bo‘yicha o‘tiladigan 
predmetlarga doir kompleks bilimlami o‘zlashtirgan.So‘nggi 
yigirma yil mobaynida pedagogika nazariyasi kombinatsiyalashgan 
darsni o‘rganishdan darsni elementlari bo‘yicha bosqichma- 
bosqich o‘zlashtirishga, undan sintetik va nihoyat, muammoli 
o‘rganishga o‘tdi. Tadqiqotlaming uzviyligi va uzviy yondashi 
to‘g‘risida juda ko‘p ilmiy adabiyotlar mavjud. Masalan, 
M.I.Maxmutov, T.D.Kirilova, F.F.Korolyov va E.G.Yudinlaming 
hozirgi zamon darsi, uni tashkil etish, kamol toptimvchi ta’lim 
sharoitidagi dars nazariyasi va amaliyoti, muammoli dars va 
hokazolarga doir kitoblarida darsga sistema sifatida qaralsagina, 
uni chuqur tushunish mumkinligi qayd qilingan. Lekin pedagoglar 
70 yillardagina darsni o‘rganish va tushuntirishga sistemali 
yondashish zarurligini to'la angladilar. Fanlar rivojlanishining 
hozirgi bosqichida darsni qanday tushunish kerak?
Dars nazariyasida hozirgacha bu tushunchaning yangi ta’riflari 
yo‘q. Ko‘p ta’riflarda xuddi ilgarigidek, dars ma’lum vaqt 
mobaynida tarkibi o‘zgarmaydigan o‘qituvchilar va o‘quvqhilar 
faoliyatini tashkil etishning shakli bo‘lib, u bolalami o‘qitish,
124


tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish uchun 
muntazam 
qoilanishi 
ifodalangan. 
Darsda 
o‘quv-tarbiya 
ishlarining barcha komponentlari: maqsad, mazmun, vositalar, 
metodlar, tashkil etish va boshqarish faoliyati hamda uning hamma 
didaktik elementlari mujassamlangan, deb hisoblash qabul 
qilingan. Tabiiyki, dars yaxlit ta’lim jarayonini o‘quv-tarbiya 
ishining boshqa tashkiliy shakllari - uy vazifalarini bajarish, 
predmet to‘garakIarining mashg'ulotlari, sayrlar va hokazolar bilan 
uzviy birlikda aks ettiradi. “Darsni ikki jihatdan: umuman, taiim
jarayoni va ta’limni tashkil etish shakli sifatida ta’riflab uni foydali 
deb hisoblash taklifi bor (М. I. Maxmutov). Taiimga umumiy 
jarayoni dars o‘qitish harakatining taiim mazmuni, prinsiplari va 
metodlari 
bilan 
belgilanadigan, 
maium 
makon-zamon 
chegaralarida o‘qituvchi rejalashtiradigan hamda boshqaradigan 
birgalikdagi obyekt o‘qituvchi va o‘quvchilar amalga oshiradigan 
asosiy shaklidir.
Mazkur tushuncha ikkinchi nuqtayi nazardan quyidagicha 
ta’riflanadi: dars maium tarkibdagi o‘qituvchilar (muallimlar) 
bilan о‘quvchiiarning maqsadga muvofiq o‘zaro ta’siri (faoliyatlari 
va aloqalari) jarayonini tashkil etishning, ta’lim mazmuni, 
shakllari, metodlari, vositalarini o‘z ichiga oladi, taiim jarayonida 
o‘qitish, kamol toptirish va tarbiyalash vazifalarini amalga oshirish 
uchun (bir xil vaqt ichida) muntazam qoilanadigan boy va 
o‘zgaruvchan shaklidir”. (Qarang: M.LMaxmutov. “Современный 
урок”.)

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin