‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Boshlang'ich bosqich
o‘quvchilar bilan ulaming yoshiga mos, 
tushunarli, ijodiy yo‘sindagi tayyorgarlik ishlarini olib borishdir. 
Ana shu ishlar orqali o‘yinlar o‘quvchilarda o'z xalqining tarixiga, 
an’analariga: xalq ijodiga, shu jumladan, 
0
‘yinlariga^ o‘zbek 
xalqining qahramonona, inqilobiy o‘tmishiga qiziqish hamda 
mehnatga hurmat va muhabbat uyg‘otishi lozim. Shuningdek, 
ularda respublikamizning mehnatdagi yutuqlari bilan faxrlanish 
hissini; xalq yaratgan go'zal narsalarga muhabbat tuyg‘usini, 
tabiatdagi boyliklami qo‘riqlash ehtiyojini tarkib toptirish zarur.
Nazorar uchun savol va topshiriqlar
1. Ta’lim usullari haqida umumiy ma’lumot bering .
2. 0 ‘qitishning og'zaki va ko£rgazmali metodlari haqida 
fikringiz.
3. Ta’lim usullarining mazmun mohiyatini ochib bering.
4. 0 ‘qitishning amaliy metodlari nimalardan iborat.
5. Milliy o‘yinlar, ulaming turlarini ayting.
169


VII BOB. TA’LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR
l.Ta’lim texnologiyasi
Texnologiya - bu berilgan parametrlarga mos keladigan 
mahsulot olishga yo‘naltirilgan dastlabki materiallami o‘zgartirish 
jarayoni va uslublarining yigindisi.
Pedagogik texnologiya - bu faqat kompyuter va texnologik 
vositalami qoilash emas, bu ta’lim samaradorligini oshiradigan 
faktorlami talilil qilish yo‘li bilan umumta’lim jarayonini 
optimallash usullarini ishlab chiqish va prinsiplarini aniqlash.

Texnologiya” - yunoncha so‘z bo‘lib,”tehnos”-mahorat,
san ’a t ”logos ’ ’ -ta ’limot, fan та ’nolarini anglatadu
Texnologiya - bu sifat jihatdan yangi masalalarni yechish 
uchun ta’lim evolutsiyasi bosqichini tayyorlagan obyektiv jarayon.
“Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot natijasida paydo 
boiadi va uning lug'aviy ma’nosi (kasb, fan, tushuncha, ta’lim, 
san’at) materiallaming ishlash usul va uslublaridan iboratdir.Fan va 
texnika taiaqqiyoti inson imkoniyatlarining kengayishiga olib 
keldi.
Yangi texnologiyalar katta ta’lim imkoniyatlarini ochdi. Ro‘y 
berayotgan sifat o‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, odat boigan 
tushuntirishda “o‘rgatish” jarayonlari o‘qituvchilarning kasbiy 
imkoniyatlari chegarasidan tashqari chiqib keta boshladi. Vujudga 
kelgan yangi texnik, axborot, bosma, eshitish va ko‘rgazma 
vositalari o‘ziga xos tarzda yangi metodikalar bilan taiim
jarayoniga ko‘pgina yangiliklar kiritib, uning ajratilmas qismi 
b oiib qolmoqda. Biroq, pedagogik texnologik jarayonning o‘ziga 
xosligi, uning an’anaviy shakllaridan ustuvorligi va hozirgi zamon 
ta’limi muammolari real yechish usullari hali to ia o‘rganilmagan.
170


Bu haqda chet ellik va o‘zbek avtorlari ko‘p yozmoqdalar. 
Lekin barchalari pedagogik texnologiyalar kelajakda ustuvor 
o‘ringa ega bo‘lishiga ishonadilar.
1950 yillarda, o‘quv jarayoniga texnik vositalami joriy etish 
boshlanganda, “ta’lim texnologiyasi” termini vujudga keldi, 
so‘ngra u TTV qo'ilanish metodikasi bo‘yicha keyingi yillarda 
“pedagogik texnologiyalar” ga aylandi.
1960 yillar o‘rtasida bu tushuncha mazmuni xalqaro anju- 
manlar va chet el pedagogik bosma nashrlarida keng muhokama 
qilindi.
1967 yillar PFA qoshidagi ochilgan institutni “Maktab jihozlari 
va texnik vositalari ITI” deb atashdi. Shunday bo‘lsada institut 
olimlari ta’lim texnologiyasi muammolari bilan shug‘ullanishar 
edi.
1970 yillar boshida rivojlangan kapitalistik davlatlar: AQSh, 
Angliya, Yaponiyada pedagogik texnologiyaga oid jumallar nashr 
qilindi, keyinchalik bu muammo bilan maxsus muassasalar shu- 
g‘ullana boshladi. Masalan, AQSh, Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘t- 
gan pedagogik texnologiya bo‘yicha milliy kengashlar bunga 
misoldir.
Budapeshtda 1977 yilda YUNESKO tomonidan tashkil qilin- 
gan xalqaro seminarda ta’limdagi texnologik jarayonning asosiy 
xususiyatlari ko‘rsatib o‘tildi;
1. Texnikani mukammal bilish va ishlatish.
2. Audiovizual materiallar fondi bilan tanishish.
3. Ulaming samarali ishlatish metodikasini egallash va ijodiy 
yondoshish. Hozirgi zamon chet el va vatanimiz tajribasini tahlil 
qilish asosida, bugun ta’lim jarayonini shakllantiruvchilar doirasi 
kengaytirilmog‘i lozim.
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasiga ta’lim maqsadlarini 
tahlil qilish va rejalashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonini ilmiy tashkil 
qilish, ta’lim samaradorligini ta’minlaydigan vosita, material va 
metodlar tanlanadi.
Hozirda ta’lim texnologiyasi yordamchi vosita bo‘lib qolmay 
balki, о‘quv jarayonining rivojlanishida katta rol o‘ynab, uning 
tashkiliy shakllari, metodlari, mazmunini o‘zgartiradigan yangi
171


sistema deb tushunilmoqda. Bu esa, o ‘z navbatida, o‘qituvchi va 
o‘quvchining pedagogik tafakkuriga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Texnologiyani bunday tavsif qilish ta’lim jarayonidagi barcha 
tuzuvchilar orasidagi uzviy bogianishning muhimligini, pedagog 
va o‘quvchining o‘zaro hamkorligini ko‘rsatadi. 0 ‘quvchi passiv 
ta’lim obyektidan faol shaxs ta’lim va tarbiya subyektiga aylanadi 
va aktiv subyekt sifatida o‘qituvchi bilan bu jarayonda qatnashadi, 
mustaqil bilim olishga intiladi. Fikrimizcha, yangi pedagogik 
te?mologiyanmg boshlang‘ich maktabdagi roli va vazifalarini ko‘r- 
satish zarur.
Metodika asosiga qurilgan taiimga qaraganda “ta’lim texno- 
logiyasi” ko‘p qirralidir.
Birinchidan, texnologiya asosida tub mahsulotlami aniq tavsifi 
turadi. Texnologiyada maqsad markaziy komponent hisoblanib, bu 
holat unga erishish darajasini aniq topishga olib keladi.
Ikkinchidan, tub va oraliq maqsadlari aniqlangani uchun 
texnologiya maqsadga erishish va nazorat obyektiv usullarini ishlab 
chiqishga y o i ochadi.
Uchinchidan, texnologiya o‘qituvchining pedagogik ekspe- 
riment qilishga majbur qiiadigan holatlarini kamaytiradi.
To‘rtinchidan, texnologiya o‘qituvchi va uni faoliyat turlariga 
yo‘naltirilgan dars ishlanmalari o‘miga, o‘quvchilaming o‘quv- 
o‘rganish faoliyati mazmuni va tuzilishini aniqlaydigan o‘quv 
jarayonining loyihasini beradi. Metodik dars ishlanmasi har bir 
o‘qituvchi tomonidan turlicha o‘zlashtiriladi, dars va o‘quvchilar 
faoliyati ham turlicha tashkil qilinadi. О ‘quvchilaming o‘quv 
faoliyatini loyihalashtirish esa, programmalashtirilgan ta’lim 
tajribasi ko‘rsatganidek o‘quvchilaming o‘zlashtirish darajasini 
ko‘taradi. Inson - bu murakkab tizim va unga kuchi va yo‘nalishi 
har xil yoki qarama-qarshi boigan ko‘p sonli tashqi kuchlar ta’sir 
etadi, shuning uchun u yoki bu ta’siming samarasini oldindan aytib 
berish qiyin. Ijtimoiy texnologiya bu borada katta samaraga ega, 
chunki u qayta aloqaga kirisha oladi.
Masalan, o‘qituvchi doimiy nazoratni tashkil qilib, o‘quv ma­
terialini o‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan o‘quvchilami 
aniqlaydi va ular bilan qo‘shimcha ish olib boradi. Bunday paytda
172


o‘qituvchi yangi materialni tushuntirish va mustahkamlash texno- 
logiyasini qo‘llaydi. Ya’ni, bu narsa materialni yetarli darajada 
o‘zlashtira olmaganlar uchun o‘tkaziladi. Endi texnologiyaning 
yana bir turi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Bu tushuntirish metodi va 
mustahkamlashdir.
Masalan, dars boshida o‘qituvchi 4-5 daqiqa savol-javob qilib, 
o‘tgan darsdagi qaysi savollami qaysi o‘quvchi qay darajada 
o‘zlashtirganini aniqlaydi. So‘ngra, o‘qituvchi mavzuni boshqatdan 
tushuntirib o‘tirmay, so‘rash davomida sinf diqqatini aynan ф и 
savollarga qaratadi. Savolga to‘Iiq javob qaytargan o‘quvchilar 
tinglanadi va sinfdagi barcha o‘quvchilar о ‘ zlashtirmaganlarini 
bilib oladilar. Bu usul o‘qituvchilarga mashg‘ulotidagi muam- 
molami aniqlab, tezda ularni yechish, ya’ni o‘quvchilarga yordam 
berishga imkon yaratadi.
Bunday texnologiya jarayoni vaqtni tejab, o‘tilgan materialni 
so‘rash metodi orqali mustahkamlashga ko‘maklashadi. Ijtimoiy 
texnologiya muayyan barcha sharoitlarga tezda moslashi$hi bilan 
ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Ta’limda joriy etilayotgan texnologiyaning asosiy o‘ziga 
xosligi, ulaming insonparvarlikka yo‘naltirilganligidadir. Shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’lim ta’limning insonparvarlikka yo‘naltirilganligi 
bilan bog‘liq bo‘lib, bunda bolalaming axborotlar bilan ishlashdagi 
kasbiy yondashuvi, har bir o‘quvchi olingan ma'lumotni 
tizimlashtira olishi, fikrlashda mantiqiy izchillikka rioya qilishi 
bilan xarakterlanadi.
Shaxsga yo'naltirilgan ta’lim jarayonining asosiy kompo- 
nenti ta’ limiy vaziy at bo ‘ lib, ta’ lim oluvchilaming kasbiy fimksiya- 
lari to‘rt asosiy texnologiya asosida taWil qiladi:
1) “Masala bilan yondashuv texnologiyasi” shaxsga yo‘nalti- 
rilgan ta’lim mazmunini belgilovchi elementlardan tuzilgan turli 
darajadagi masalalardan iborat;
2) “0 ‘quv dialogi texnologiyasi” didaktik kommunikativ mu- 
hitni yaratish bilan bogiiq, subyektiv fikrlovchi muloqotni ta’min- 
lovchi, refleksiya va shaxsni mustaqil o'z-o'zini tashkil etishi;
3) “Imitatsion ta’limiy о'yin texnologiyasi” musobaqa 
shartlarini ta'minlovchi bellashuv;
173


4) 
“Taiimning moslashuvchanlik texnologiyasi” intellektual 
tizimlaming o‘ziga xosligiga asosan vujudga keladi, mazmun, jara­
yonlami o‘zaro bogiiqligi va o‘zaro ta’ sir bosqichlaridan 
iborat.Ta'liin faoliyatining ko‘p qirrali aniqlanishi, har bir bosqich 
doirasida ish tarkibining sikl modeli moslashuv algoritmi yorda­
mida, operativ tahlil asosida va ta’lim oluvchining kasbiy rivoj- 
lanish darajasi korreksiyasi misolida aniqlanadi. Ta’lim jarayonini 
chiziqsiz tashkiliy va boshqaruv texnikasidan foydalanish kam vaqt 
ichida maqsadga erishishni ta'minlaydi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin