‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

161


0 ‘qitish 
metodlarini 
tanlash. 
Pedagogika 
fanida, 
o‘ qituvchilaming amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish 
asosida taiim metodlarini tanlashga 
o‘quv-tarbiya jarayoni 
kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bogiiq muayyan 
yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyi- 
dagi holatlar inobatga olinishi lozim:
- zamonaviy didaktikaning yetakchi g'oyalari, ta’lim, tarbiya 
va rivojlantirishning umumiy maqsadlari;
- o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari. mavzularining 
o‘ziga xosligi;
- xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdi- 
daktik metodlami saralashga qo‘yiluvchi talablaming o‘zaro alo- 
qadorligi;
- muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;
- u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt;
- o‘quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, dara- 
jasi;
- o‘quvchilaming darsga tayyorgarlik darajasi;
- o‘quv muassasalari, auditoriyalaming moddiy ta’minlan- 
ganlik darajasi, jihozlar, ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalaming 
mavjudligi;
- o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan 
kasbiy tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;
- o‘quv muassasalari da fanlararo hamkorlikning o‘matil- 
ganligi.
0 ‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma- 
ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlami, reproduktiv 
yoki mustaqil ishlami boshqarish metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini 
nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.
4 .0 ‘qitishning indaktiv va deduktiv metodlari
0 ‘qitishning induktiv va deduktiv metodlari - o‘quv materiali 
mazmunming xarakteri va mantiqini yoritish usulidir.
0 ‘qitishning induktiv metodi - o'qituvchi va o‘quvchining turli 
variantlardagi faoliyatidir. Bunda o‘qituvchi avval dalillami
162


tushuntiradi, tajribalami, ko‘rsatmali qoilanmalarni namoyish 
qiladi, umumiashtirish va tushunchalami ta’riflash bo‘yicha 
mashqlar bajarishni tashkil etadi. 0 ‘quvchilar oldin xususiy 
faktlami o‘zlashtiradilar, keyin xulosalar chiqaradilar va o‘quv 
materialini umumlashtiradilar. Yoki o‘quvchilar oldiga xususiy 
qoidalardan umumiy 
xulosalargacha mustaqil 
mushohada 
yuritishni talab qiladigan muammoli topshiriqlar qo‘yiladi. 
0 ‘quvchilar esa dalillar ustida mustaqil holda fikrlaydilar va 
tegishlicha xulosalar chiqaradilar hamda umumlashtirish qiladilar.
Deduktiv metod - o‘qituvchining avval umumiy qoidalami, 
ta’riflami aytishi, keyin asta-sekin xususiy hollami, muayyan 
vazifalami keltirib chiqarish usulidir. Bunda o‘quvchilar umumiy 
qoidalami idrok etadilar, formulalami o'zlashtiradilar, keyin esa 
ular dan kelib chiqadigan natijalami egallaydilar.Agar mana shu 
metodlar taqqoslansa, o‘quvchilar ma’lum mushohadalami keltirib 
chiqaradigan faktlar va materialni o‘zlashtirishlariga ko‘ra induktiv 
metod foydaliroqdir. Masalan, o'qituvchi matematik masalaning 
yechimini yoritadi, keyin o‘quvchiIarga ana shu xildagi masalani 
mustaqil holda yechishni tavsiya qiladi, lekin bunda fikrlash tez 
rivojlanmaydi va materialni o‘rganishga ko‘p vaqt ketadi. Deduktiv 
metod materialni tezroq o'tishga yordam beradi va bunda mavhum 
fikrlash faolroq rivojlanadi. 0 ‘qitishning induktiv va deduktiv 
metodlarida uning og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metodlari, 
shimingdek, reproduktiv yoki muammoli izlanish metodi ham 
qoilaniladi.Ta’limning 
reproduktiv 
xarakteri, 
asosan, 
o‘quvchilaming ijodiy faoliyatidir. Fikrlashning xarakteri -
o‘qituvchi bergan o‘quv axborotini faolroq idrok etish va eslab 
qolish, o‘qitishning og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metodlaridan 
hamda usullaridan foydalanmay, mazkur metodlami qoilab 
boimaydi. Reproduktiv metodda o‘qituvchi faktlami, isbotlami, 
tushunchalax ta’rifini to ia bayon qiladi, asosiy masalaga alohida 
e’tibor beradi.О‘qitishning reproduktiv metodida ko‘rsatmalilik 
ham qoilaniladi. Reproduktiv yo‘sindagi amaliy ishlar o‘quv- 
chilaming namuna bo'yicha ilgari yoki endigina o‘zlashtirilgan 
bilimlami qoilashi bilan farqlanadi. Ammo bunday ishlar da
163


bilimlarni mustaqil holda boyitish amalga oshmaydi. O'qitishning 
muammoli izlanish metodi muammoli ta’limda qo‘llaniladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin