‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


“muammo”  va  “muammoli vazivat



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

“muammo” 
va 
“muammoli vazivat 
" tushunchalari. 
Ayrirn hollarda ular sinonimdek tushunilsa-da, lekin bu atamalar 
bilan belgilangan obyektlar o‘z hajmi bilan farqlanadi. Muammo
184


muammoli masalalar ketma-ketligiga ajraladi. Muammoli ta'lim 
shunday shaklki, u ta’lim jarayoni subyektlarini muammoli izlanish 
asosida bilim olishiga asoslanadi. Bu jarayonda ular ilmning 
obyektiv qarama-qarshiliklariga, ijtimoiy va kasbiy amaliyot 
hamda ularni hal etishda, fikrlashda, samarali muloqotga kirishish 
va bilimlarni ijodiy o‘zlashtiradilar. 0 ‘qitishni bunday shakl- 
lanishining asosi muammoli vaziyatlar hisoblanadi.
Ko'plab olimlar (T.V.Kudryavsev, A.M.Matyushkin, S.L.Ru- 
binshteyn, I.Y.Lemer, M.N.Skatkin M.Maxmutov, R.A.Mavlo- 
nova va boshqalar) muammoli ta’limning afzal jihatlari haqida fikr 
yuritib, u shaxsda bilimlarni o‘zlashtirish, ijodkorlik, izlanuv- 
chanlik, tanqidiy fikrlash kabi xususiyatlami shakllantirishni, 
fikrlash va ta’limdagi muammoli vaziyatning chuqur psixologik 
xarakteristikasini ifodalaganlar.
Psixologlaming ta’kidlashicha, fikrlash doimo muammo yoki 
savoldan, ajablanish yoki tushuna olmaslikdan va ziddiyatdan 
boshlanadi (S.О.Rubinshteyn). Ana shularga ko‘ra, pedagogika 
nazariyasi va amaliyoti asosini о‘quv muammosi tashkil etadigan 
ta’limga muammoli yondashish tushunchasi faol lcirib kela 
boshladi. Bu muammoning mohiyati o‘quvchiga ma’lum ko‘nikma 
va malakalar bilan tushunish hamda tushuntirish uchun ilgarigi 
bilimlar kamlik qiladigan voqealar o‘rtasidagi didaktik ziddiyatlar- 
dan iboratdir. Bunday ziddiyat ijodiy o‘zgartirishga tartki bo‘ladi 
(M.Maxmutov).
M.N. Skatkin muammoli ta’limning quyidagi uchta asosiy 
turini alohida ifodalagan:

.Bilimlarni muammoli bayon qilish.
Bunday bayon qilishda 
o‘qituvchi o‘quvchilarga u yoki bu qoidalami faqat gapirib 
bermaydi, balki og‘zaki fikr yuritib, muammoni ham aytacli va uni 
hal qilish jarayonini ko‘rsatadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin