‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

“Innovatsion” 
terminiga yaqin bo‘lgan tushunchalar “o‘zga- 
rish”, “mukammallashtirish”, “isloh qilish” tushunchalari hisobla­
nadi. Ammo ular o‘rtasida ma’lum fikrlar ham mavjud. Yangilik- 
pedagogik tekshirishlami baholash asosiy o‘lchovlaridan biri 
bo‘lib, u iqtisodiy jarayonning asosiy natijasi, bu har qanday 
yangilik kiritishning mustaqil qimmati va xususiyatidir. “Yangi” 
tushuncha innovatsion pedagogikada markaziy tushunchalardan 
biri hisoblanadi. Agarda birinchi - “birinchi yaratilgan” - ta’rifi 
ilgari umuman ma’lum bo‘lmagan biror narsa haqida tasawur 
bersa, keyingi yaqindan beri va ayniqsa “yangitdan ochilgan” - 
ta’riflar esa yangilikda qandaydir darajada “eskilik” elementi, 
nimadir, ilgari bo‘lgan biror narsa borligini ifodalaydi. Shu tariqa 
yangilikning ikki turi haqida gapirish mumkin.
1. Birinchi marta yaratilgan yangilik. Bu yangilik ixtiroga 
teng, ya’ni yana o‘matilgan yangi haqiqat demakdir.
2. Awalgi mavjud bo‘lgan nazariyani yanada takomillashtirib, 
zamonaga moslashtirishdan iborat.
4.Ta’Iimda muammoli va axborot texnologiyalardan
foydalanish
Muammoli ta’lim bu - o‘quvchiga beriladigan bilimning qaysi 
qismini, qanday yo‘l bilan berish muammosini samarali hal qilishga 
qaratilgan o‘qituvchi faoliyatidir. Muammoli ta’lim darsda bir
183


vaqtning o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchilaming hamkorlikdagi 
Ъягакяй boiib, u o‘quvchi shaxsidagi muhim belgi ijodiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlantiradi. N.G.Dayri aytganidek, darsda o‘rganila- 
digan mazmunning murakkab qismini o ‘zlashtirishda o‘qituvchi- 
ning faoliyati qanday boisa, o‘quvchi faoliyatini ham shu darajaga 
yetkazish muammoli ta’limning asosiy maqsadidir.
Muammoli ta’lim - o‘quvchilaming erkin fikrlasblariga, 
o‘zining fikrini erkin bayon qila olishlariga va fikrlarini yanada 
rivojlantirishga ta’sir etishidir. Muammoli taiim o‘qituvchidan 
aniq harakat qilishni, darsning har bir minutini hisobga olishni, 
ushbu vaqtda kerakli samara hosil boiishi uchun o‘zining barcha 
imkoiiiyatlarini va mahoratini ishga solishni talab etadi. Bu 
masalani hal etishning muhim sharti o‘qituvchining boiajak o‘quv 
mashg‘ulotiga tayyorgarligidir.
Tayyorgarlik jarayonida muammoli ta’limning barcha ko‘ri- 
nishlarini hisobga olish va uning uslubini ishlab chiqish zarur. 
Muammoli taiimga tayyorgarlik ko‘rishda o'qituvchilar qator qi- 
yinchililclarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklami yengishda o‘qi- 
tuvchini innovatsion ijodiy laboratoriyasining ahamiyati katta.
Muammo -
ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalash- 
ning subyektiv shaklidir. U muammoli vaziyatda, ya’ni jamiyat 
rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida obyektiv 
ravishda vujudga keladigan ziddiyat. Muammoli taiim deganda 
o‘quv materialini o‘quvchilar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash 
bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yo‘sinda 
o‘rgatish tushuniladi. 0 ‘quvchining fikrlash faoliyatida muammoli 
vaziyatlar wjudga keladi va ular bolani obyektiv ravishda izla­
nishga va mantiqan to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishni o‘rganishga 
da’vat etadi.
Muammoli taiim an’anaviy taiimning salbiy jihatlarini 
bartaraf etish maqsadida yuzaga kelgan insonni fikrlash, xotirasini 
mustahkamlash ekspluatatsiya qilish asnosida yuzaga kelgan. 
Fanda muammoli o‘qitish bilan aloqador ikkita tushuncha 
ishlatiladi: 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin