‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

salohiyatini
aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish hamda 
yangi bilimlarni o‘zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi.
Yakuniy suhbat o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni 
umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat - о‘quvchiiarning boshlan- 
g‘ich bilim darajasi hamda ulaming yangi o‘quv metodikasini 
o‘zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun tajiibali o‘qituv- 
chilar tomonidan dars awalida yohud o‘rganilgan materialni 
mustahkamlash uchun dars so‘nggida qo‘llaniIadi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga 
yo‘naltiriladi. Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi 
zarurki, natijada ularga «ha» yoki «yo‘q» tarzidagi javoblami oUsh 
emas, aksincha, o‘quvchilami mustaqil fikrlash, ularda faollikning 
yuzaga keiishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillami 
ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Demak, evristik suhbat jarayonida o‘quvchilar bilimlarni 
o‘zlarmmg tirishqoqliklari va -mustaqil fikr yuritish layoqatiga 
egaliklari bois o‘zlashtira olsinlar.
154


Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umum- 
lashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga 
nisbatan birmuncha keng qoilaniladi. Undan odatda, nazariy 
materiallar hamda murakkab masalalami o‘rganishda foydalani- 
ladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin 
unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati 
ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining 
ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bogiiq boiadi.
Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon 
qilish metodi sanalib, uning o ‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan 
iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlaming 
ko‘p!igi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi 
mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, 
ulaming sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil 
etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinfiardagina 
qoilaniladi. Chuuki u butun dars jarayonini qajnrab olishi mumkin. 
Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib 
borishidan vujudga keladi va bir vaqtda o‘quvchilami qisqacha 
yozib olish (konspektlash)ga o'rgata boradi.
Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari’ 
quyidagilardan iborat:
- o‘qituvchi tomonidan eng maqbul ma’ruza rejasining 
tuzilishi;
- rejadan o‘quvchilami xabardor etish, ulami ma’ruza 
mavzusining maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;
- rejada aks etgan barcha bandlaming mantiqiylik va ketma- 
ketlikda bayon etilishi;
- rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha 
uxnumlashma asosida xulosalanishi;
- ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o‘tishda ular o‘rtasi- 
dagi mantiqiy aloqalaming o‘matilishini ta’minlash;
- bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb 
etishi;
1 Подласый И.П. Педагогика. Новый курс. Кн. 1. - Москва, Владос, 2002. - с. 491.
155


- jonli til, o‘z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan 
foydalanish;
- auditoriya, muloqot jarayoni, shuningdek, o‘quvchilaming 
aqliy faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarish;
- ma’ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib 
berilishi;
- ma’ruzaning asosiy qismlarini o‘quvchilar tomonidan qayd 
etib (yozib) borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish 
tezligi;
- zarur (yozib olinadigan) o‘rinlami oldindan ajratib qo‘yish;
- o‘rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida, qabul qilish va 
ulaming mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko‘rgazmalar 
(namoyish, illyustratsiya, videofilm va boshqalar)dan foydalanish;
- alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma’ruzani 
seminar, amaliy mashg'ulotlar bilan uyg‘unlashtirish.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali 
metodlar ham alohida ahamiyatga ega.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin