‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Ko‘rgazmali metodlaming turlari



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/274
tarix22.12.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#189424
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   274
Umumiy-pedagogika-Mavlonova-R.A.

Ko‘rgazmali metodlaming turlari.
Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik 
tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. 
Inson miyasining 30 foiz hajmi ko'rishni, faqat 3 foizigina 
eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik- 
psixologik yo‘nalishda -olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan 
ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘ zlashtirilayotgan bilimlar- 
ning 85 foizi ko4rish retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. 
Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora qo‘llaniladigan «Yuz 
marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi» maqoli ilmiy asosga 
ega ekan.
156


Namoyish metodi o‘rganilayotgan obyekt UaraKat arnami&asim 
ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi 
ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida toiaqonli maiumot berishda 
keng qoilaniladi. Tabiiy obyektlami namoyish qilishda odatda 
uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, 
ulaming o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki 
tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. 
Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o£rganilayotgan obyektlaming subyekti 
yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf 
taxtasiga chizish yoki o‘qituvchining maxsus jihozlar yordamida 
ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba 
asosida yotuvchi tamoyillami tushunish osonlashadi.
Predmetlar, hodisa yoki jarayonlami tabiiy holatda namoyish 
qilish yanada ko‘proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namo- 
yishni amalga oshirish har doim ham mumkin boiavermaydi. Shu 
bois o ‘qituvchilar tabiiy predmetlami namoyish qilishda sun’iy 
muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot 
bogida, turli o'simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki 
sun’iy ravishda yaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet 
va boshqalar)dan foydalaniladi.
Bu metod yordamida o‘qituvchi o‘quvchilami mustaqil ravish­
da obyektlami o'rganish, zamriy oichov ishlarini olib borish, 
aloqadorlikni o‘matish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini 
anglab yetishga bir so‘z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo‘- 
naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko‘p jihatdan o'qituvchining 
bilish jarayoni mohiyatan o‘quvchilaming yoshiga mos holda 
to‘g‘ri tanlanishi hamda mumkin qadar ulaming diqqatini namo­
yish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo‘naltinshiga 
bogiiqdir.
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas 
bogiiq boisa-da, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya 
narsa, hodisalar va jarayonlami ulaming ramziy ko‘rinishlari -
chizma, rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqa;lar yordamida 
ko‘rsatishni taqozo etadi.
Namoyish va tasvir metodlari o‘zaro bogiiqlikda bir-birini 
toidirgan holda qoilaniladi. Agar hodisa va jarayonni o‘quvchi
157


yaxlit holda qabul qilishi zarur bo‘Isa namoyishdan foydalanish, 
agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o‘rtasidagi bog‘la- 
nishlami anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.
Tasviming samarasi ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatuv 
texnologiyasi qay darajada o‘zlashtirilganligiga bog‘liq boiadi. 
Ko‘rsatmalardan foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik 
ahamiyati o‘rganilayotgan obyekt mohiyatini to‘laqonli yorita 
olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar oldindan 
tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rmlarda kerakli hajmda 
ko‘rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi o‘quvchilami 
hodisa mohiyatini anglashda chalg‘itadi. Ayrim hollarda tarqatma 
materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy obyektlar va boshqalar) yoki 
texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka 
erishish uchun quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga mu- 
vofiqdir:
- ко ‘rgazmalilikning o‘quvchilar yoshi va rivojlanish daraja- 
siga mos kelishi;
- namoyish etilayotgan obyektlar barcha o‘quvchi!arga yaxshi 
ko‘rinib turishi;
- namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon 
(holat)laming ajralib turishi;
- tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba 
sxemasini chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi;
- namoyish va illyustratsiya o‘quv materialining mazmuni 
bilan uyg‘un bo‘la olishi lozim.
Amaliv ishlar metodlari o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan 
nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko‘nikma va malakalami 
hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin