4. D. Rikardoning iqtisodiy ta’limoti.
David Rikardo (1772-1823) klassik iqtisodiy maktab namoyandasi
hisoblanadi. U tarixga katta ta’sir o‘tkazgan iqtisodchilardan bin edi.
Angliyada tug'ilgan, London fond biijasida zo‘r muvaffaqiyat bilan faoliyat
ko'rsatgan. Bu yerda to'plangan boylik unga fan bilan shug'ullanishi va
Angliya parlamentinig quyi palatasi ishida ishtirok etish imkonini bergan.
Uning eng mashhur asari «Siyosiy iqtisod va soliq solish qoidalari» deb
ataladi. U bu asami 1847- yilda yozgan. Bu asar uni mumtoz siyosiy
iqtisod g‘oyalarining Adam Smitdan keyingi eng taniqli ifodalovchisi
darajasiga ko‘tardi.
Rikardo, ayniqsa, xalqaro iqtisodiyotdagi savdo erkinligi afzalliklarini
tadqiq etish borasida dong taratdi. Erkin savdo mamlakatlar o‘rtasida
savdoni yo‘lga qo‘yishdagi tariflar va boshqa to'siqlar bartaraf etiladigan
siyosatni nazarda tutadi. Bu nuqtayi nazarni isbotlash uchun Rikardo biz
hozir nisbiy afzalliklar qoidalari deb ataydigan konsepsiyani ishlab chiqdi.
Ushbu afzalliklami tahlil etish orqali u shunday xulosa chiqardi: tovarlami
import qiluvchi bir mamlakat eksport qiluvchiga nisbatan kamroq
harakatlar bilan ishlab chiqara olsa ham, ulami boshqa mamlakatga import
qilishi mumkin.
Nisbiy afzalliklami David Rikardo quyidagi tarzda izohlab bergan edi.
Portugaliya ham Angliya ham vino va kanop mato ishlab chiqaradi,
ular bir-birlari bilan ushbu mahsulotlarni ayirboshlashdagi afzalliklami
ко‘rib chiqadilar.
109
Faraz qilaylik:
-Vinoning X barreli qiymati kanop matoning u yarddagi qiymatiga
teng (demak, shunday ayirboshlanadi ham).
-Portugaliyada 80 nafar ishchi bir yilda X barrel vino tayyorlashi
mumkin. Shu miqdordagi vinoni 120 nafar ingliz ishchisi tayyorlashi
mumkin.
-90 nafar portugal ishchisi bir yilda Y yard kanop mato ishlab
chiqarishi mumkin. Shu vaqt ichida xuddi shuncha yard kanop matoni
100 nafar angliyalik to‘qishi mumkin.
«Fahmlaganimizdek, — deya fikrini davom ettiradi Rikardo, — garchi
Portugaliya vinoni ham, kanop matoni ham Angliyaga nisbatan ancha
samaraliroq ishlab chiqara olsa, u vinoni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi
va kanop matoni Angliyadan import qiladi. Buning boisi shundaki,
Portugaliya tumanli Albion bilan savdo qilib, o ‘zi 90 kishini ishlatishi
orqali bir yilda ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan miqdordagi kanop
matoni bir yilda 80 kishi ishlashi evaziga olishi mumkin. Bunday
ayirboshlashdan Angliya naf ko‘radi. U kanop mato ishlab chiqarishga
ixtisoslashib, bir yilda 120 nafar kishi emas, balki 100 kishini ishlatish
evaziga vino sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Parlament a’zosi sifatida Rikardo hukumatni an’anaviy proteksionizm
savdo-sotiq siyosatiga o'zgarish kiritishiga majbur qilish maqsadida unga
ta’sir o‘tkazdi. Garchi u bu maqsadga erishguncha qadar yashamagan
bo‘lsa-da, uning kuch-g‘ayrati o ‘z samarasini berdi: 1840- yilda Angliya
erkin savdo siyosatini ma’qullagan birinchi sanoatlashgan mamlakat bo‘ldi.
Shundan keyingi 70 yil mobaynida jo‘shqin iqtisodiy o‘sishuni jahondagi
eng boy mamlakatga aylantirdi.
Mashhur klassik siyosiy iqtisod namoyandasi David Rikardo iqtisodiy
fanda ilmiy tadqiqotlar usulini ham ishlab chiqdi. D. Rikardo asarlarida
siyosiy iqtisod jamiyatning iqtisodiy bazasi haqidagi bilimlar tizimi sifatida
tashkil topdi.
D. Rikardoning jamiyat moddiy boyligini o'stirish uchun ishlab
chiqarish va taqsimot sohalarida optimal shart-sharoitlar vujudga keltirilishi
lozim, degan fikrlari hozir ham ahamiyatini yo‘qotmagan.
D. Rikardo o ‘z iqtisodiy merosida qiymatning mehnat nazariyasini
eng rivojlangan va o ‘z zamonasining eng to‘gri nazariyasi sifatida
shakllantirdi. D. Rikardo kapitalistik jamiyat a’zolarini bir-biriga qarama-
qarshi manfaatlari asosida o'rgandi. U o‘zidan awalgi iqtisodchi olimlarga
nisbatan tizimlashgan, juda ilg‘or siyosiy iqtisodni yaratishga muvaffaq
110
bo‘ldi. Uning ilmiy qarashlari ham A. Smitniki kabi muayyan sinflar
manfaatiga qaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, millat
boyligini o'stirish nuqtayi nazaridan o‘iganildi. D. Rikardo ilmiy merosidan
klassik siyosiy iqtisodning quyidagi tizimlangan holatini yaqqol sezish
mumkin.
1. Ilmiy abstraksiya usulidan foydalanib, iqtisodiy hodisa va
jarayonlaming chuqur asoslariga yetib borishlari bilan bu jarayonlarning
tahlili juda katta holislik bilan olib boriladi.
2. Klassik siyosiy iqtisod ta’limoti asosida qiymatning mehnat nazariyasi
yotadi. Siyosiy iqtisod binosining poydevori qiymatning m ehnat
nazariyasiga asoslangandir. Shuni ta’kidlash lozimki, klassik iqtisod
namoyandalari kapitalizmni yagona va abadiy tuzum deb o'rgatishlari
oqibatida uning qonuniyatlarini to‘la yorita olmadilar.
3. Klassik maktab ishlab chiqarishni taqsimot ma’lumotlarini sinfiy
nuqtayi nazardan o'rgandi.
4. Klassik maktab namoyandalari ortiqcha ishlab chiqarish va krizislami
inkor etadilar.
5. Klassik siyosiy iqtisod savdo erkinligi uchun kurashadi.
Demak, klassik siyosiy iqtisod iqtisodiy fikrlar tarixida juda muhim
o‘ringa egadir. Unda o‘sha davming ilg‘or, ilmiy-iqtisodiy fikrlari va ayni
vaqtda, tarixan cheklanganliklar o‘z ifodasini topgandir.
D. Rikardo iqtisodiy qarashlarida renta va ish haqi nazariyalari ham
ilgari surilgan. D. Rikardoning renta haqidagi fikrlari A. Smitning renta
haqidagi fikrlaridan farqli bo'lib, o‘ziga xos holda talqin etilgan.
D. Rikardo tabiat va kapitalning qiymatni ko'paytirish xususiyatini
inkor etadi. M asalan, uning nazariyasida yer rentasi (yerdan
foydalanganligi uchun ijara haqi) bu tabiat natijasi emas, balki ijtimoiy
omillaming qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bahosiga bo‘lgan ta’siri
natijasidir. Odamlar, birinchi navbatda, eng unumdor yerlarda ishlaydilar.
Ammo aholi sonining ko'payib borishi yomon yerlarda ham ishlashga
majbur etadi. Chunki yaxshi yerlarda yetishtirilgan mahsulotlar o ‘sib
borayotgan aholining ehtiyojlarini qondira olmaydi.
Faraz qilaylik, unumdorligi yaxshi muayyan yer uchastkasida ishlashga
10 soat ketadi va bozorda mahsulot bahosi 10 pul birligiga teng. Aholining
o‘sishi oziq-ovqat tovarlari bahosining oshishiga olib keladi. Bu esa ishlab
chiqruvchilami yomon yerlarda ham ishlashga majbur qiladi. Bu yerlardan
ko'rsatilgan miqdorlardagi hosilni olish uchun 10 soat emas, balki 15
soat ish vaqti ketadi. Shunga muvofiq mahsulotning bahosi ham 15 pul
111
birligiga oshadi. Bozor bahosi bu summadan kam bo‘lmasligi kerak, aks
holda yomon yer uchastkalari ishlatilmasdan qolib ketadi. Yaxshi
uchastkada ishlovchi fermerlar ishlab chiqarishga 10 pul birligiga teng
mehnat sarflaydilar, o‘z mahsulotlarini esa 15 pul birligiga sotadilar.
0 ‘rtadagi 5 birlik farq yer egasiga tegadi. D. Rikardo nazariyasi bo'yicha,
ana shu renta hisoblanadi. Uning tasdiqlashicha, keyinchalik aholini yanada
o'sishi kishilami yanada yomonroq yerlarda ishlashga majbur etadi, bu esa
qishloq xo'jaligi mahsulotlari qiymatining o‘sishiga va rentaning ko‘payishiga
olib keladi.
Shunday qilib, yer rentasi miqdori tuproq unum dorligiga va
uchastkaning bozorga uzoq-yaqin joylashishiga bog'liq bo'ladi. Bu qoida
keyinchalik differensial renta konsepsiyasi nomini oladi.
A.
Smit ta’limotiga ko‘ra ish haqi mehnat unumdorligi natijasi, renta
esa- yer unumdorligi natijasidir. D. Rikardoda ish haqi mehnat sarflari
natijasi, renta esa- kamyoblik va yer uchastkalarining har xilligi natijasi
hisoblanadi. Renta qiymat yaratmaydi. Aksincha, renta miqdori bozor
bahosi darajasiga bog'liq bo'ladi. «Renta to‘langani uchun non qimmat
emas, balki non qimmat bo‘lgani uchun renta to'lanadi... Agar, hatto,
yer egalari barcha rentalardan voz kechganfarida ham nonning bahosi
hech kamaymagan bo‘lar edi», -deb yozadi D. Rikardo.
Dostları ilə paylaş: |