liberalizmdir. U 1920-1930- yillarda, awalroq, Angliyada (F. Xayek), so‘ngra M. Fridman va V. Oyken tomonidan ishlab chiqildi. «Liberalizm» - erkinlik, erkin faoliyat ma’nolarida qo‘llaniladi, u o ‘z nomiga monand erkin iqtisodiy faoliyatga keng yo‘l berish, iqtisodiyotda bozorning boshqaruv-chilik roliga yo‘l qo‘yib iqtisodiy muvozanatga erishishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu nazariya ilmiy jihatdan keynschilikka muholifat, monetarizmga monandroq, yaqinroq turadi. Liberalizm ta’limoti uning yirik vakili F. Xayek asarlarida rivojlantirildi. U o ‘z tadqiqotlarini iqtisodiyot muammolari bilan birga falsafiy, tarixiy, huquqiy, psixologik masalalari doirasida olib bordi. U o ‘z e ’tiborini iqtisodiyot sohasida pul muomalasi, iqtisodiy sikl, ishsizlik, davlatning iqtisodiyotdagi o‘mi kabi masalalarga qaratdi. U faqat bozor mexanizmigina iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni ta’minlaydi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi faqat qisqa muddatlardagina iqtisodiy o'sishga olib kelishi mumkin, uzoq kelajak uchun u faqat inflyatsiya va ishsizlikka giriftor qiladi, degan fikrda qat’iy turdi. F. Xayek o‘zining «Qullikka yo‘l» asarida sotsializmga, undagi rejali iqtisodiy boshqaravga qattiq qarshi chiqdi va ta’kidlaydiki, agar jamiyat utopik sotsializm g‘oyalariga ergashar ekan oqibatda u «qullikka yo‘l oladi». Faqat hozirgi zamon bozor iqtisodigina sivilizatsiyaga olib keladi, iqtisodiy erkinlikni cheklash jamiyatni siyosiy va ijtimoiy tutqunlikka olib boradi, deb ta’lim beradi. U davlatning iqtisodiyotga aralashuvi oqibatlari nimalarga olib kelishini asoslashga harakat qildi. Uning fikricha, daromadlar va boylikni davlat vositasida qayta taqsimlash odamlarni boqimandalikka va kafolatlangan daromadga ko‘niktirib qo‘yadi, natijada, mustaqillik, mustaqil xo'jalik