32
Ushbu maqsadda ko‘kalamzorlashtirishdan ham foydalaniladi. Turar-joy
binolariga rang tanlash
ham katta ahamiyatga ega, ya’ni har - xil qoramtir va kul
ranglarni ishlatishdan saqlanish kerak, chunki ular binoga xunuk ko‘rinish
berishi
bilan birga bu ranglar quyosh nurini yaxshi qaytara olmaydi va xonalarning isib
ketishiga sabab bo‘ladi. Bu yerda och va issiq ranglarni ishlatish zarur. Xalq
me’morchiligining usullari, xalq an’analari, urf-odatlarini
inobatga olgan holda
Turar-joy binolarining me’morchiligini jonlashtirish mumkin. Andozali Turar-joylar
bilan o‘ziga xos orginal va har-xil ko‘rinishdagi Turar-joylarni yaratish me’morlardan
mohirlikni va ijodiy yangi usullarini talab etadi. Turar uy-joy,
jamoat binolarini
muvaffaqiyat bilan uyg‘unlashtirib mikrorayon va Turar-joy hududlarini
joylashtirish, kompozitsion har-xil siluetlar hosil qilish, rang va fakturalardan to‘la
foydalanish, yer sathi bilan to‘la uyg‘unlashib ketishi, ko‘kalamzorlashtirish
va suv
bilan to‘g‘ri ta’minlash qurilishdagi loqayd ko‘rinishlarni yo‘qotishga olib keladi.
Tipik loyihalarga har-xil yangi usullarni kiritish yo‘li bilan turar-uylar badiiy
yechimini boyitish lozim. Me’morlar bu usullardan to‘g‘ri foydalanib kompozitsion
tizimga ega bo‘lgan
Turar-joy, bekatlar va uylar loyihasini tuzadilar. Shunday qilib
me’morlar muvaffaqiyatli loyihalar uchun har xil usullarni qo‘llab Turar-joy
massivlarini
boyitishi, tajriba va ijodiy yondoshish orqali har - xil kompozitsion
vazifalarni hal etishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: