O‘zbеkiston rеspublikаsi


-bob. FIRMA VA UNING TASKILIY-IQTISODIY ASOSLARI



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   410
MIKRO MAKRO

9-bob. FIRMA VA UNING TASKILIY-IQTISODIY ASOSLARI 
 
9.1. Firma tushunchasi va uning turkumlanishi 
Bozor xo‘jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Ammo 
amaliyotda ko‘pincha korxona so‘zi ko‘p ishlatiladi. Eng avvalo korxona va firma 
so‘zlarining terminologik farqlarini ko‘rib chiqsak. 
1. Korxona – bu zavod, fabrika, ferma va boshqa ko‘rinishdagi tashkilot bo‘lib, 
u asosan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda taqsimlash bilan shug‘ullanadi. 
2. Firma esa, egaligida alohida mol-mulki bo‘lgan va o‘ziga qarashli bo‘lgan 
korxonada (korxonalarda) mustaqil xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik 
tashkilotdir. Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish 
maqsadida resurslarni birlashtiradi.
Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining 
2012 yil 3 mayda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari 
to‘g‘risida”gi 
qonunining 3-moddasida “Tadbirkorlik faoliyati” 
tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) – 
tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) 
olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” hisoblanadi. 
Firmalarni turli mezonlar bo‘yicha turkumlash mumkin (9.1-rasm): 
1.
 
Huquqiy mаqоmi bo‘yichа: 
-
jismоniy shахs;
-
yuridik shахs. 
2. Mulkchilik shаkli bo‘yichа:
-
хususiy mulk egаligidа; 
-
hаmkоrlik mulkidа; 
-
kоrpоrаtiv mulkdа. 
3. Bаnd bo‘lgаn хоdimlаr sоni bo‘yichа:
-
yakkа tаdbirkоr;
-
mikrоfirmа; 
-
kichik kоrхоnа;
 
-
yirik kоrхоnа.
 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin