O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   410
MIKRO MAKRO

 
E
2
 
S
2
 
P
2
 
P
2
 
Q
2
 
S
2
 
E
2
 


116 
aytish kerakki, Fyuchers ham, opsion ham tovarlar narxini vaqt bo‘yicha 
tekislashga yordam beradi. 
Xedjirlashtirish
- bu operatsiya bo‘lib, unga ko‘ra fyucherslar bozori va 
opsionlar bozori yordamida bir tavakkalchilik boshqa bir tavakkalchilik bilan 
qoplanadi. Ushbu operatsiyaning mohiyati shundan iboratki, narxlar o‘zgarishi 
bilan bog‘liq tavakkalchilik (yo‘qotishlar) savdogar zimmasiga yuklatiladi. 
Shunday qilib, savdogarchilikning ahamiyati shundaki, ular axborotlarni 
axborot egalaridan olib axborotga muxtoj bo‘lganlarga etkazadilar. 
 
Qisqa xulosalar 
Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega. Noaniqlik 
sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham 
sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi va bu qabul 
qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog‘liq 
bo‘lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, 
ortiqcha sarflarga, vaqtni yo‘qotishga olib keladi. 
Tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalning qiymati 
kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog‘liq ekan, demak u noaniqlik 
va risk (tavakkalchilik) bilan b o‘langan ekan. 
Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik, 
noaniqlik esa baholab b o‘lmaydigan holat. 
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to‘liq axborot 
bo‘lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to‘g‘risida 
axborot to‘liq bo‘lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni ma’lum 
yo‘qotishlarga olib keladi. Ushbu yo‘qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.
Tavakkalchilikni o‘lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog‘liq. 
Ehtimol ikki turga bo‘linadi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan 
ehtimol va statistik ehtimol. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin