O‘zbеkiston rеspublikаsi


Ma’naviy tavakkalchilik (yo‘qotish)



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   410
MIKRO MAKRO

Ma’naviy tavakkalchilik (yo‘qotish)
- yo‘qotishlar sug‘urta kompaniyasi 
tomonidan to‘liq qoplanishiga ishonib vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar 
ehtimolini ongli ravishda oshirishga intiluvchi shaxslarning hatti-harakati. 
Insonlar o‘z hayotini, mulkini sug‘urtalagandan keyin, o‘zining hayotiga, 
mulkining saqlanishiga ko‘pincha befarq qaray boshlaydilar. Ular sug‘urtalashgacha 
qilinadigan ehtiyot-choralarni bajarmay qo‘yadilar. Bunday holat tavakkalchilikni 
kuchaytiradi va inson o‘zini sug‘urta qilgan voqea-hodisalarning sodir bo‘lish 
ehtimolini oshishiga olib keladi. 
Ba’zi bir nopok insonlar yuqori sug‘urta haqi olish maqsadida, ongli ravishda 
o‘zining eski uyini yoqadi, mulkini yaroqsiz holatga keltiradi va hatto o‘z 
qarindoshlarini o‘ldirishgacha boradilar. 
Ma’naviy yo‘qotishlarni quyidagi yo‘llar orqali kamaytirish mumkin: 
̶
sug‘urtalanadigan shaxslarni yaxshiroq tekshirish, mijozlarni yo‘qotishlari 
bo‘yicha klassifikatsiya qilish asosida sug‘urta badalini differentsiatsiyalash (ya’ni, 
yo‘qotishi yuqori bo‘lgan shaxs uchun yuqori sug‘urta badali belgilash); 
̶
yuqori yo‘qotishga ega bo‘ladigan shaxslar bilan sug‘urta shartnomasini 
tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil haydaydigan shaxslar); 
̶
yo‘qotishni qisman qoplash sharti bilan sug‘urtalash. 
Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo‘qotish yo‘llari. 
Bozor signallari
. Bozorda sotiladigan tovar to‘g‘risida, tovarni ishlab 
chiqaruvchi firmaning nomi to‘g‘risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, 
firmaning obro‘i, tovar sifati va kafolati to‘g‘risidagi axborotlar bozor signallari 
bo‘lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. 


114 
Masalan, siz sotib olmoqchi bo‘lgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab 
chiqaradigan firmaning mahsuloti bo‘lsa, siz mahsulotni yo‘qotishsiz sotib olasiz. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin