O‘zbеkiston rеspublikаsi


Tovarlar kategoriyasiga ko‘ra narx differentsiasiyasi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   410
MIKRO MAKRO

Tovarlar kategoriyasiga ko‘ra narx differentsiasiyasi. 
Ushbu turdagi narx 
differentsiatsiyasi xaridorlarni ularning talab chizig‘iga ko‘ra ikki yoki undan ortiq 
guruhlarga bo‘ladi, demak, har bir guruhning o‘z talab chizig‘i bo‘lib, bu talab 
chizig‘i boshqa guruhlarnikiga qaraganda yotiqligi bilan farq qiladi. Bunga misol 
tariqasida samolyotga, paroxodga sotiladigan chiptalarning klasslarga bo‘linib, har xil 
yo‘lovchilarga turli narxlarda sotilishini, bir xil spirtli ichimliklarning ham har xil 
sortlari turli xil narxlarda sotilishini, muzqaymoqlar (bolalar uchun, kattalar uchun), 
talabalar, nafaqadagilar va nogironlar uchun qilinadigan imtiyozlarni keltirish 
mumkin. 
Iste’molchilarni kategoriyalarga bo‘lish turli xil mezonlarga asoslanadi. 
Bularning ichida asosiy mezon xaridorlarning daromadlaridir. Masalan, shahar 
transportiga sotiladigan kartochkalar narxi oddiy fuqarolar uchun bir xil, talabalar 
uchun narxi pastroq, o‘quvchilar uchun esa yanada pastroq. Xuddi shunday hayvonot 
bog‘iga kiruvchilar ham: bolalarga sotiladigan chipta narxi kattalarga sotiladigan 
chipta narxidan ancha past. Yoki spirtli ichimliklarni olsak, ularning etiketkalarining 
o‘zi xaridorlarni kategoriyaga bo‘ladi (bir xil turdagi ichimlikni har xil etiketkali 
shishalarga quyilishi va ularga har xil narxlarni o‘rnatilishi: "O‘zbekiston" arog‘i, 
"Ekstra" arog‘i, "Kristall" aroqlari). 
Endi biz tovarlar kategoriyasiga qarab ularga narx belgilashni ko‘rib chiqamiz. 
Buning uchun quyidagi ikkita shart bajarilishi zarurdir. 
Birinchi shartga ko‘ra ishlab chiqarish hajmidan qat`iy nazar, umumiy 
hajmdagi tovarni xaridorlar guruhlariga shunday taqsimlash kerakki, har bir birlik 
tovarni sotishdan olinadigan chekli daromad 


MR
ning qiymati bir xil bo‘lsin. 
Masalan, ikki xil sortdagi mahsulotni sotish kerak bo‘lsin. Birinchi guruhga 
sotiladigan har bir mahsulotning chekli daromadini 
MR
1
va ikkinchi guruhnikini 
MR
2
deylik. Agar 
MR
MR
1
2

bo‘lsa, firma birinchi sortdagi mahsulotni ishlab 
chiqarishni oshiradi va ikkinchi sortdagi mahsulotni kamaytiradi. Nima uchun 
deganda, birinchi sort mahsulotni bir birligidan tushadigan foyda ikkinchi sortdagi 
mahsulotnikidan katta. Bunday holda (
MR
MR
1
2

bo‘lganda) firma umumiy foydani 
oshirish uchun birinchi sort mahsulot narxini tushirib, ikkinchi sort mahsulotnikini 
ko‘taradi. Chekli daromadlar bir-biriga teng bo‘lmaganda firma o‘z foydasini 
maksimallashtira olmaydi. Shuning uchun firma mahsulot kategoriyalariga narxlarni 
shunday tanlash kerakki har xil kategoriyadagi mahsulotlarni sotishdan tushadigan 
chekli daromadlar teng bo‘lsin. 
Ikkinchi shart - har bir sort bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi 
foydani maksimallashtiradigan hajmga teng bo‘lsin. Biz bilamizki, ishlab chiqarish 
hajmi foydani maksimallashtiradi, qachonki u chekli daromadni chekli xarajatga 


209 
tenglashtirsa. Demak, har bir sort bo‘yicha sotiladigan mahsulotning chekli daromadi 
uni ishlab chiqarishdagi chekli xarajatga teng bo‘lsa. Ikki xil sortdagi mahsulot uchun 
ikkinchi shart quyidagicha yoziladi: 
MR
MC
1
1

va 
MR
MC
2
2

. Agar bu tenglik 
bajarilmasa firma o‘z foydasini maksimallashtirish uchun umumiy ishlab chiqarish 
hajmini ko‘taradi yoki pasaytiradi (mahsulotlar narxini oshirish yoki kamaytirish). 
Endi matematik jihatdan bu qanday bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. 
Faraz qilaylik birinchi sort mahsulot narxi 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin