Faol shamollatish. Bu usulda havo butun mahsulot oralab, har bir donasini yalab o’tadi.
Natijada mahsulotni tez sovitishga (isitish, quritish va hokazolarga), barcha nuqtalardagi taxlari
uchun muayyan harorat, namlik va havo tarkibi bir xil bo’lishiga erishiladi. Faol shamollatishda
mahsulotning o’z-o’zidan qizib ketishi va terlab qolish xavfi tug’ilmaydi. Ko’plab g’aramlarda
saqlanayotgan mahsulotlarga havo bilan suvni tartibga soluvchi ekzogen moddalar yuborish
mumkin bo’ladi. Faol ventilyasiyaning eng muhim afzalliklari sifatli sog’lom sabzavot saqlashda
o’zini yaxshi ifodalaydi. Bunday omborlarda chetdan keltirilgan kartoshka saqlansa, haddan
tashsari ko’p chiqitlar bo’lishi mumkin.
Shu boisdan issiq mintaqalarda faol ventilyasiyali omborxonalar qurilsa, albatta, sun’iy
sovuq ham berib turilishni ko’zda tutish lozim. Sun’iy ravishda sovitish uchun odatda
kompressorli sovitgich qurilmalari qo’llanilib, bunda sovitgich sifatida ammiak yoki ko’pincha
freondan foydalaniladi.
Sig’imi kamida 100 tonnaga boradigan va muayyan haroratni tutib turadigan sovitgichning
mahsulot saqlash qismi, tovar mahsulot ishlanadigan bo’limlar, mashina bo’limi hamda
yordamchi binolardan iborat bo’ladi. Saqlash qismidagi xonalar (kameralar) radiator (quvur)
yoki havo vositasida sovitiladigan bo’lishi mumkin. Birinchi holda xonalarga radiatorlar
o’rnatilib, ulardan natriy xlorid yoki kalsiy xloridning sovitilgan eritmasi muntazam o’tib turadi.
Bu usulning kamchiligi shundaki, harorat u qadar bir xil da rajada bo’lmaydi, ya’ni xonaning
turli joylaridagy harorat 2
0
S ga va undan ko’proqqa farq qilishi mumkin. Ventilyator vositasida
xona (kamera) sovitilganda esa, unda mo’’tadil, bir xil sharoitda mahsulot tutish imkoniyati
yaratiladi.
Sovitish sur’atlari odatda mintaqaviy iqlim sharoitiga, saqlanadigan mahsulotning
xususiyatlariga, berilayotgan havoni taqsimlash tizimiga bog’liqdir. Ob-havo sharoitlari
mamlakatning o’rta mintaqasidagi tahlilga ko’ra, sentyabr-oktyabr oylarida mahsulotni sovitish
uchun tashqi havoning o’zi ham kifoya qiladi. Unda o’rtacha minimal tashqi harorat 5,8 va 0°S
atrofida bo’lganida, sovitish samaradorligi oshadi. Eng shimoliy xududlarda esa sovitish uchun
qulay sharoit yana ham barvaqtroq boshlanadi.
Bizning sharoitda havoni sun’iy ravishda sovitadigan stasionar qurilma o’rnatilgan faol
ventilyasiyali omborxonadan foydalanish mumkin. Shuning uchun ham faol ventilyasiyali
omborxona qurib olgan xo’jaliklarda yuborilayotgan havo sun’iy ravishda sovitilmasa,
mahsulotni saqlash uchun muqobil sharoit yaratish ancha qiyinlashadi.