Mutaxasislikka kirish


Sovitgichlardan foydalanish



Yüklə 359,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix22.12.2023
ölçüsü359,27 Kb.
#190387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
portal.guldu.uz-Mutaxasislikka kirish

Sovitgichlardan foydalanish. 
Sovitgichlar uchun zarur haroratga etkazib tez sovitish asosiy 
qoidadir. Noz-ne’matlar tez sovitilsa zararli mikroorganizmlarning rivojlanishi bartaraf etiladi
mahsulot saqlash muddati uzayadi va nobudgarchilik kamayadi. Buning uchun katta hajmli 
sovitgichlarda maxsulotni dastlab tez sovitib oladigan xonalari bo’ladi. Bu tartib qo’shimcha 
xarajatlarga olib kelganligi uchun hozirda mahsulotni doim saqlanadigan kameralarga to’g’ridan-
to’g’ri joylash tobora odat tusiga kirib bormoqda. 
Sabzavot va mevalarning’ ba’zi turlari ancha uzoq muddatda doimo sovitilgan holatda 
turishga muhtoj. Bu, ayniqsa, to’la etilmagan kartoshkaga taalluqlidir. Yig’ishtirish paytida 
yog’in-sochinda qolgan piyoz va sarimsoq piyozni saqlash joylari oldindan quritib olinishi kerak. 
Kameralar qanday usulda sovitilishidan qat’i nazar, harorat va muhit namligi keskin 
o’zgarmasligiga hamda mahsulot terlamasligiga e’tibor berish lozim. Katta hajmdagi 
kameralarga mahsulot joylashtirish 10-15 kun davom etadi. Har kuni kamera sig’imiga nisbatan 
taxminan 10 foiz miqdordagina mahsulot joylanadi. Agar sovitilgan kameraga tashqaridan 



ko’plab iliq mahsulot kiritilsa, u erdagi meva va sabzavotnnng terlashiga yo’l qo’yilib, kasallik 
avj olishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Shuni hisobga olib, tez sovitishga bardosh bera olmaydigan mahsulot turi va navlari avval 
kameraga to’liq joylanib, so’ngra sovitish tizimi ishga tushiriladi. Sovitish uskunalarining 
qudrati aynan shu turdagi mahsulotni sovitishga mos bo’lishi kerak. Sovitgich xonalaridan 
sabzavotlarni olib chiqish paytida, ular terlamasligi hamda xarorat tez o’zgarishi natijasida 
aynimasligi uchun, sovitilgan mahsulotni ham darxol issiq binoga ko’chirib bo’lmaydi, Shu 
sababli qishga saqlanayotgan sabzavot va mevalarni savdo do’konlariga yuborishdan oldin 
haroratning yarmicha past bo’ladigan oraliq kameralarda yoki yuk chiqarish yo’laklarida 
birmuncha ilitib olinishi lozim. 
Sabzavot va mevalar sovitgichlarga, albatta idishlarda joylanadi. Hozirda qo’llab 
kelinayotgan idish turlari har xil bo’lib, transportlarda tashishda va uncha uzoq turmaydigan 
mahsulotlarni saqlashda foydalaniladigan kam sig’imli qutilar, o’rtacha xajmli qutilar, 
urinmaydigan mevalarni saqlash va transportda tashish uchun ishlatiladigan katta hajmli 
konteynerlardan iboratdir. 
Sovitgichda bir xil tagligi bo’lgan idishlardan foydalanish kameralarga maxsulot joylash 
ishlarini soddalashtiradi. Andoza kattaligi 800×1200 mm keladigan ikki to’shamali tagliklar juda 
qulaydir. Taglik ustiga mahsulotlar qutilarda joylanib, blok paket hosil qilinadi. Katta sig’imli 
konteynerlar kartoshka, piyoz, sarimsoq, ildizmevalar karam va mevalarning ba’zi turlari uchun 
juda qulaydir. Konteynerlarning afzalligi ularning dalaning o’zidayoq yuklab, hech qaerda qayta 
ag’darmay bevosita saqlash joyiga etkazilishidadir. Faqat omborxonalardagina emas, balki 
dalada ham yuklash-tushirish mexanizmlari etarli bo’lsa katta tejamkorlikka erishish mumkin. 
Paketlar ham, konteynerlar ham 3-5 qavat qilib bir-birining ustiga joylanadi. Bunda sun’iy 
sovitiladigan mavjud kameraning hajmidan samarali va oqilona foydalanish ko’zda tutiladi. Ayni 
vaqtda mahsulotning holatini nazorat qilib borish, har bir paketni shamollatib turishga imkon 
tug’iladi. Mo’’tadil havoning erkin yurib turishi uchun har bir paketning atrofidan 5 sm joy 
qoldirilishi kerak. Maxsulot taxlari orasida ham shunday masofa bo’lishi lozim. Sovitish 
kameralaridan mahsulot chiqarib yuklashda unda qolayotgan qismining terlashiga yo’l 
qo’ymaslik kerak. Hamma mahsulot birdaniga olinsa, harorat asta-sekin ko’tarilib, saqlash 
kamerasining o’zida, qisman olinsa, kamera yo’laklarida ilitib olish kerak. 

Yüklə 359,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin